TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.67K photos
938 videos
10 files
6.98K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Bekobod_shahri #ayni_dam #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Bekobod shahrining 3-sonli umum taʼlim maktabi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda tuman masʼullari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer fondi necha toifaga ajratiladi ?
Anonymous Quiz
28%
6 ta
50%
8 ta
11%
12 ta
11%
5 ta
#infografika #yernazorati

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_shahri #sayyor_qabul

⚡️Bekobod shahrida sayyor qabul oʼtkazildi

Bugun aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Bekobod shahrining 3-sonli umum taʼlim maktabi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil qilindi.

Qabulda har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Shu o‘rinda ko‘pchilikni qiynayotgan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga egalik huquqini berish masalasiga doir yangi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qilamiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Zangiota #sayyorqabul

⚡️Ayni damda Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni damda aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Zangiota tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov hamda viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?
Anonymous Quiz
27%
Kadastr idoralariga
70%
Davlat xizmatlari markaziga
3%
Mahalla fuqarolari yig‘inlariga
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #sayyorqabul

Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari va viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarnii aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi.

Qabul davomida auksion, soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, aholini qiziqtirgan turli sohada berilgan savollar bo‘yicha batafsil javoblar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️SHOSHILING! MAVSUM YAQIN!

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 1 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 42 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 5 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 36 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumanida 96 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 7 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 64 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 179 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 125 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 413 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 46 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Boʼstonliq #yernazorati

✔️Bo‘stonliq tumanida yer qonunbuzilish holati bartaraf etildi

Kadastr agentligi Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan monitoring davomida Bo‘stonliq tumani Sijjak MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining muhofaza hududiga qarashli yer maydoni fuqaro E.Dj tomonidan o‘zboshimchalik bilan beton to‘siqlar bilan egallab olingani aniqlandi.

Mazkur holat MJTKning 60-modda 3-qismi bilan rasmiylashtirilib, fuqaroga 15 kunlik muddatda holatni bartaraf etish yuzasidan tushuntirildi.

✔️Natijada yer qonunbuzilishi 15 kunlik muddat ichida fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi


Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi #Oʼrta_Chirchiq

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan O‘rta Chirchiq tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM