TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️"Aholiga dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qaroriga (PQ-62, 01.02.2024-yil.) muvofiq,

✔️qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish maqsadida yaxlit konturlar asosida yer maydonlarining yer tuzish loyihalari ishlab chiqiladi;

🖥 elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;

🖥qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish uchun yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha “E-auksion” platformasida alohida toifa (kategoriya) ochiladi.

🔼Bunda yer maydoni hajmi kamida 5 gektar bo‘lgan yaxlit konturlar tanlab olinadi.

⚠️Yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirmagan subyektlardan yer maydoni belgilangan tartibda davlat zahirasiga qaytarilib, auksionga chiqarish choralari ko‘riladi.

📊Ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari konturlariga hokim yordamchilari biriktirilib, "Onlayn mahalla" elektron platformasi orqali monitoring qilinadi va kutilayotgan hosil hisobini yuritish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining kadastr pasportini tayyorlash va hujjatlarini rasmiylashtirish to‘lovi qancha ?
Anonymous Quiz
45%
BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m)
28%
BHMning 1 baravari (340 000 so‘m)
27%
Bepul
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Davlat reyestridagi yozuvlar Komissiya yoki sud qaroriga ko‘ra bekor qilinadi

✍️ Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄 Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

✔️ Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#bu_kun

🗓 9 fevral (1441 yil)

Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Boʼka #rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

NazoratUz | Rasmiy kanaliga mazkur kanal kuzatuvchilaridan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Parkent mahallasida joylashgan haykal atrofidagi yer fuqaro tomonidan egallab olingani mazmunida yuborilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Bo‘ka tumani Parkent MFY Markaziy ko‘chada o‘rnatilgan "Nomaʼlum askar" haykali va unga tutash bo‘lgan yer maydoni Madaniy meros agentligiga qarashli bo‘lib, bugungi kun holatiga mazkur yer maydonlari haqiqatda fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan yog‘och to‘siqlar bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs bilan suhbat olib borilib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, holat Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan rasmiylashtirilib, bartaraf etilishi taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

❗️Shuningdek, fuqarolarimizdan shu va shu kabi holatlarga guvohi bo‘lganlarida Kadastr agentligining hududiy bo‘limlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #rolik

⚡️Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmang !

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #statistika

⚡️Toshkent viloyati mulkdor ayollari respublikada ikkinchi o‘rinda !

Ma‘lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 149 933 tani tashkil etadi.

➡️ Toshkent viloyatidagi mulkdor ayollar 243 481 tani tashkil etib, respublikada ikkinchi o‘rinni egallashmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
🛰 Кадастр агентлиги тизимида 2023 йилда амалга оширилган ишлар сарҳисоби, долзарб вазифалар ижроси

АОКАда Кадастр агентлиги, Давлат кадастрлари палатаси, Республика аэрогеодезия маркази раҳбарияти иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

🎸 Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️〰️〰️


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol:
- Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?


Javob:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

⚡️Bugun, 14-fevral O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 541 yil to‘ldi.

➡️Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM