TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
9.04K photos
964 videos
10 files
7.22K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️26-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni

Shu munosabat bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi mamlakatimizda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan bojxonachilarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #bilasizmi

⚡️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

✍️ Tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

🏬 Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshken tuman bo‘limi tomonidan jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Kadastr agentligining Toshkent tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari anqilangan. Shundan

🔹5,91 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash,
🔹2,57 gektar yerlardan maqsadsiz foydalanish va
🔹0,14 gektar yer maydonlarida ruxsatsiz qurilishlar qilish holatlaridir
.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent #OAV_biz_haqimizda #brifing #yernazorati

⚡️Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan yer nazorat tadbirlari yuzasidan bo‘lim rahbari Z.Xayitov axborot berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

❗️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️Yig‘ilishda o‘zboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Bunda, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi.

Komissiya muntazam ravishda hududlarning aero va kosmik suratlarini olib, tahlil qiladi va oldingi suratlar bilan tafovutlarni aniqlaydi va noqonuniy qurilishlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 170 ta, kelasi yilda esa kamida 300 ta shahar va shaharchaning bosh rejasini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Shuningdek, har bir ishlab chiqilgan rejani aholi bilan muhokama qilish va ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhimligi taʼkidlandi.

Buning uchun “Mening hududim” platformasi ishga tushirilib, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish va ovoz berish mexanizmini joriy qilish topshirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda kadastr hujjatlari va ularning nusxalari talab etilmaydi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan:

🔹shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🔹shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
🔹mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
🔹kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
🔹soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
🔹diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);
tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
🔹“Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.


➡️Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, MJtKning 215-5-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Asos: PF–6191-son va PF–6269-son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?
Anonymous Quiz
26%
Kadastr idoralariga
69%
Davlat xizmatlari markaziga
5%
Mahalla fuqarolari yig‘iniga
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Subsidiyalar — daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag‘lar

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#huquq #bilasizmi

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Qibray

⚡️Bizning manzillar: Qibray tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Qibray tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Qibray tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Tolipov Ziyodulla Xusniddinovich
Filial rahbari - Abdullayev Kamolliddin Shavkatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Charos koʼchasi, 16 uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-08

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov #Boʼstonliq_tumani

Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li – Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mamadaliyev Abdulaziz - 1992-yil Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan. 2015-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mamadaliyev Abdulazizga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram