TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.95K photos
956 videos
10 files
7.17K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;

🔸davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

🔸muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kochmas_mulk #javobgarlik

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

📌Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

fuqarolarga BHMning 10 baravari,

mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Konstitutsiyaga_31yil

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

📌 15-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tanqid #ijro

❗️Siz imzolagan har bir hujjat - tashkilot yuzidir !

Maʼlumki, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» da 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan yil boshidan barcha tashkilot va idoralarda ish hujjatlari yurituvi lotin alifbosida amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi boshqarmalari va ularning hududiy bo‘limlarida ham.

Biroq, lotin alifbosiga o‘tilganiga mana 11 oy bo‘libdi hamki, rahbar hamda xodimlar orasida ish hujjatlarida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Bir jumlaning o‘zini ham lotin ham kirill alifbosida yozish, orfografik va grafik xatolar, bosh harflarni qo‘llash va imlo xatolari shular jumlasidandir.

☝️Chiqish xatlarining mazmuniku alohida bir mavzu.


Vaqtida tanqidni o‘zimizga o‘zimiz qilmasak, xato va kamchiliklarimiz haqida avval o‘zimiz gapirmasak, ertaga tashqaridan qilingan tanqidning toshi og‘ir bo‘ladi.

📌Hurmatli rahbarlar, har qanday hujjatni imzolab, tasdiqlashdan avval uning mazmuniga, imloviy xatolariga va hujjatning har bir so‘zi lotin alifbosida yozilganiga eʼtibor qarating. Xodimingiz xato qilishi, tajribasizlik qilishi mumkindir, lekin rahbar sifatida sizning bunday xato qilishga haqqingiz yo‘q. Siz - o‘zingiz rahbarlik qilib, faoliyat olib borayotgan tashkilot obroʼsi uchun masʼul shaxsiz !

❗️Unutmang, siz imzolagan har bir hujjat - tashkilot yuzidir !

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov

Ro‘zmatov Shuhrat Izatullayevich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Izatullayevich - 1968-yil Chinoz tumanida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi komplayens xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuhrat Izatullayevichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Konstitutsiyaga_31yil

O‘zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

📌 19-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yer_nazorati

⚡️Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima

🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov

Kasimov Saidabror Saidjafarovich - Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Saidabror Saidjafarovich - 1986-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 2013-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Saidabror Saidjafarovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#zakovat_turniri

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O'YINI NATIJALARI

Kadastr agentligi tomonidan kadastr xodimlari o'rtasida tashkil qilingan Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

🥈Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining “Ishonch” jamoasi 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔸Birinchi o'rinni - Kosmos, uchinchi o‘rinni UZKAD jamoalari egallashdi.

🔸G'olib jamoalarga Kadastr agentligining qimmatbaho va estalik sovg'alari topshirildi.

🔸Shunindek, “Eng faol ayol”, “Faxriy ishtirokchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlanganlar bo‘ldi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 71 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 91 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 13 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 245 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 222 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 23 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 27 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 40 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 21 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 401 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 82 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 140 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 72 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 11 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 47 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 55 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 211 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 18 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Konstitutsiyaga_31yil

⚡️Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.

Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.

📌 21-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash

🔹Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

▪️ Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

▪️Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi.

▪️Yig‘ilish so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Facebook Instagram Telegram