TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#huquq #kadastr_xizmati #OʼRQ728

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔹uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

📌Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Olmaliq shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Olmaliq shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-noyabr kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Sahovat MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#bilasizmi #qonun
⚡️Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

🔹Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

🔹Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

🔹Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

🔹Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.

🔹Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #reportaj #aholi_fikri #intervyu

⚡️ Kadastr sohasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar. Kadastr va DXM

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Olmaliq_shahri

⚡️Ayni damda Olmaliq shaharining Sahovat MFY binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash

▪️Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J. Axrorov boshchiligida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

▪️Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

▪️Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 24 oktyabridagi 02-07/5125-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” ham o‘tkazildi.

Facebook
Instagram Telegram
#yer_ajratish #PF_6243 #bilasizmi

⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida;

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;

🔸davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

🔸muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram