TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.43K photos
916 videos
10 files
6.79K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Dehqonchilik uchun yerlar aholiga qancha muddatga ijaraga beriladi?
Anonymous Quiz
15%
15 yilga
50%
30 yilga
28%
49 yilga
7%
cheksiz muddatga
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Bunyodkor MFY, 20-tor ko‘cha, 17A-uyga tutash bo‘lgan yer maydoni fuqaro D.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 80 m.kv yer maydonda omborxona qurilgan holati aniqlandi.

Qurilma bo‘lim tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng fuqarolar tomonidan belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📌Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#infografika #kadastr

⚡️Viloyatda 125 mingga yaqin ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan 124 918 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mazkur yo‘nalishda yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

🔹Toshkent tumani - 8 693 ta;
🔹Zangiota tumani - 7 190 ta;
🔹Qibray tumani - 6 931 ta.


Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Yer uchastkasi olib qo‘yilganda uning egasiga bir martalik to‘lov beriladi

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 68 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 90 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 15 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 245 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 222 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 27 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 27 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 38 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 22 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 402 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 84 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 140 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 72 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 11 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 48 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 68 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 211 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 18 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayoli_ulugʼlangan_yurt

⚡️Ayol — jamiyat mezonini belgilovchi kuch !

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni eʼzozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!

🎥 Mazkur videorolik Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tayyorlangan va respublika videoroliklar tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

Bosh qahramon: Ruxshona Xusanova - Davlat kadastrlari palatasi Chirchiq shahar filiali kadastr muhandisi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Qibray

⚡️Bizning manzillar: Qibray tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Qibray tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Qibray tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Tolipov Ziyodulla Xusniddinovich
Filial rahbari - Abdullayev Kamolliddin Shavkatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Charos koʼchasi, 16 uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-08

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UzKad #seminar

⚡️Yer hisobini yuritish ishlari tahlil qilindi


Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tahlil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda 2024-yil 1-yanvar holatiga yer hisobotini tasdiqlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi VM-578-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Bundan tashqari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Milliy yer hisoboti —
har yil yakuni bo‘yicha yer hisoboti asosida tayyorlanadigan hamda butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yerlarning miqdori, yerlarning toifalar va turlarga bo‘linishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yer kadastriga oid boshqa axborotlar majmui.

✍️ Yer hisoboti Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yer hisobot” AAT orqali yil davomida yuritiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Nanaylik aholi murojaatlari o‘rganildi


Bo‘stonliq tumani Nanay qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiyshtirishda kelib chiqayotgan eʼtiroz va muammolarini o‘rganish yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

👉 Batafsil oʼqish uchun

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_shahri #aholi_fikri

⚡️Kadastr xizmatlari haqida aholimiz qanday fikrda ?


Joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari hamda kadastr idoralarining ish faoliyati yuzasidan bekobodlik F.Abduraxmonova fikri tinglandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram