TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyagaqarshi #Ohangaron

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Ohangaron tuman hamda shahar bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishni kuchaytirish va ularni ogohlantirish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

🔹 korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;

❗️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:

🔹ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
🔹og‘ir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
🔹o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#OAV_biz_haqimizda #UzA #murojaatlar

⚡️Murojaatlar bilan ishlash sifati oshmoqda

Aholi murojaatlari bilan ishlash borasida kadastr sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullarda bildirilgan 203 ta murojaatning 55,6 foizi ijobiy hal etildi.


👉 Batafsil Uza maqolasida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Chirchiqshahri

⚡️Bizning manzillar: Chirchiq shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Chirchiq shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Parpiyev Davron Nasritdinovich
Filial rahbari - Akromov Aziz Sabirjanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar ko‘chasi, 10-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-715-21-53

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Davlat reyestridagi yozuvlar Komissiya yoki sud qaroriga ko‘ra bekor qilinadi

✍️ Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄 Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

📨 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Ohangaron shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
40%
Namunali
20%
Yaxshi
10%
Qoniqarli
30%
Qoniqarsiz
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qonunchilikda belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da ko‘tariladi va soat 22 da tushirib qo‘yiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_shahri #aholi_fikri

⚡️Kadastr xizmatlari haqida aholimiz qanday fikrda ?


Joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari hamda kadastr idoralarining ish faoliyati yuzasidan bekobodlik A.Voxidov fikri tinglandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
Anonymous Quiz
51%
1992-yil 18-noyabr
9%
1991-yil 10-dekabr
7%
1992-yil 17-noyabr
33%
1991-yil 18-noyabr
#korrupsiyagaqarshi

⚡️Toshkent viloyatida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi

Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabridan 14-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi.

Mazkur oyda jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududlarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida bu illatning oldini olishga qaratilgan seminar, tadbir, davra suhbatlari hamda ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilishi belgilangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#infografika #kadastr_pasport

⚡️Eng ko‘p kadastr pasporti Toshkent tumanida shakllantirilgan

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hududiy filiallariga joriy yil boshidan kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 104 346 ta murojaat kelib tushgan, shundan 56 317 tasi ijobiy yakunlangan.

Eng ko‘p kadastr pasportlari quyidagi tumanlarda shakllantirilgan:

🔸Toshkent tumani - 5 988 ta
🔸Zangiota tumani - 4 955 ta
🔸Yuqori Chirchiq tumani - 4 515 ta

📌
Maʼlumot 2023-yil 1-noyabr holatiga

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati

⚡️Kadastr xizmati: Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (165 000 ming so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar:

🔹O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;

🔹avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;

🔹O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram