TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.92K photos
955 videos
10 files
7.15K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bizningmanzillar #Piskent

⚡️Bizning manzillar: Piskent tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Piskent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Piskent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qarshiboyev Akmal Shirinboyevich
Filial rahbari - Aliyev Akrom Saxobitdinovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani, Muminobod MFY, X.Olimjon kuchasi, 66 uy

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlar boshqa shaxsga berilishi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

🔹Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🔹Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yer_kadastri

⚡️Toshkent viloyatida 26 mingdan ortiq gektar yer maydoni boshqa toifaga o‘tkazilgan

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmаsi tahlillariga ko‘ra, viloyatda 2019-2023 yillarda jami 37 ta holatda 26 068,0 gektar yer maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining tegishli Farmon va Qarorlari asosida boshqa toifaga o‘tkazilgan.
Ajratilgan yer maydonlarining

🔹1087,3 gektari sug‘oriladigan ekin yer maydonlari,
🔹76,6 gektari lalmi,
🔹248,2 gektari bog‘ va uzumzorlar,
🔹20 266,9 gektari yaylov va pichanzorlar,
🔹4389,1 gektarini boshqa turdagi yerlar tashkil etadi.


❗️Maʼlumot uchun, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan boshqa toifaga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Yer fondi toifalari haqida bilasizmi ?

Yer kodeksiga muvofiq, yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;
🔹 sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
🔹 o‘rmon fondi yerlari;
🔹 suv fondi yerlari;
🔹 zaxira yerlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent #yernazorati

⚡️Parkent tumanida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda

Parkent tumanining Krasnogorsk hududida aniqlangan o‘zboshimcha egallash hamda noqonuniy qurilmalar Kadastr agentligining Parkent tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, ularni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#muhim

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer fondi necha toifaga ajratiladi ?
Anonymous Poll
25%
7 ta
23%
6 ta
54%
8 ta
11%
12 ta
#bilasizmi #huquq

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #savol_javob

⚡️Savol:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?

Javob:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun arizachi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etish lozim bo‘ladi.

📲 davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun esa my.gov.uz portalida yoki Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish yo‘li bilan murojaat etishi lozim.

Huquqiy asos: VM-535, 02.09.2020 yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #chorvoq

⚡️CHORVOQDAN YER KERAKMI ?

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududidan 27 ta yer uchastkalari savdoda turibdi.

🔹 Lot-8 (4 ga) 5,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-10 (3 ga) 3,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-23 (1,8 ga) 894 mln so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-27 (1,6 ga) 1,2 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-36 (3,1 ga) 4,1 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-39 (2,9 ga) 3,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-42 (3,2 ga) 3,6 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-45 (6,4 ga) 4,8 mlrd so'mdan (ko'rish)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Facebook Instagram Telegram