TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

‼️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️E-AUKSION platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish

Auksionda qatnashib yer uchastkasi olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi ?

⬆️ Dastavval, siz E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim bo‘ladi.

✔️Keyingi harakat esa elektron raqamli imzo kalitini olishdir. Mazkur videorolik orqali E-AUKSION platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish tartibi ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Bekobod_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Bekobod tuman boʼlimiga kelib tushayotgan murojaatlar boʼlimning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Tayinlov

Abidov Aziz Xamidullayevich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tuman filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Aziz Xamidullayevich - 1986-yil Toshkent shaharida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Aziz Xamidullayevichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulklar
— yer uchastkalari, binolar, inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov

Umaraliyev Jaloliddin Noriman o‘g‘li - Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Angren shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jaloliddin Umaraliyev - 1998-yil Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida tug‘ilgan. 2021-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universtitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Jaloliddin Umaraliyevga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #yernazorati

⚡️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik uchun javobgarlik mavjud

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik

🔹BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos:
Mjtk 67-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bekobod tumani kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
41%
Yaxshi
23%
Qoniqarli
44%
Qoniqarsiz
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati

⚡️Kadastr xizmati: Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (165 000 ming so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumiy munozaralaridagi ishtiroki doirasida Tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM409

⚡️Test sinovlaridan o‘ta olmagan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolati cheklanadi

Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra,

‼️Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malaka oshirish kurslarida qayta o‘qib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tguniga qadar ularning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish vakolati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan cheklanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malaka oshirish kurslari yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlaridan takroran o‘ta olmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir oy muddat ularni boshqa ishga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi.

📌 Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar olti oy davomida malaka oshirish kurslarida qayta o‘qitiladi.

✔️Bunda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Bekobod

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Raxmonov Farxod Ravshanbekovich
Filial rahbari - Xakimov Umidjon Muratovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zafar shaharchasi, Toshkent ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-29

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Chirchiq #yernazorati

⚡️Chirchiq shahrida o‘tkazilgan yer nazorati monitoring natijalari

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahrida olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijalari maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 0,2 gektar yer maydonida 12 ta holatlar aniqlangan, ushbu holatlarning barchasida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va qurilish ishlari amalga oshirilgan. Jumladan,

🔹1 ta holatda 0,03 gektar turar-joylar qurilgan
🔹7 ta holatda 0,04 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹4 ta holatda 0,15 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
.

📌Kadastr agentligining Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan mazkur aniqlangan 12 ta holatdan 4 tasiga 115 500 000 so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilib, 7 ta yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan va 1 ta holatda sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram