TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
8.32K photos
910 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent

⚡️Piskent binosi - bunyodkorlik nishonasi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #tanlov

⚡️TANLOV NATIJALARI YAQIN !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tuman bo‘limlari orasida "Namunali tuman bo‘limi" sovrinli tanlovini eʼlon qilgan edi.

Ayni paytda hududiy bo‘limlarning yer nazorati yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari va natijalari tahlil qilinmoqda va tez fursatlarda g‘oliblar nomi maʼlum bo‘ladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

🥇1 - o‘ringa - muzlatgich;
🥈2 - o‘ringa - televizor Lcd 32";
🥉3 - o‘ringa - mikroto‘lqinli pech.

BARCHAGA OMAD TILAYMIZ !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ko‘ra,

✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 1-sentyabr — Mustaqillik kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

Mehnat
kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 31-avgust kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#mustaqillik #eʼtirof

⚜️ Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun !

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i R.Payziyev soha xodimlarini eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘nggida rahbariyat tomonidan tizimda samarali mehnati bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir qator hodimlar taqdirlandilar.

Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram