TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ishonchraqam

⚡️Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati

Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz
📲 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;
💻 Kadastr.uz sayti;
📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

Yuborilayotgan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

🔹videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
🔹videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
🔹videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

❗️Videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol

⚡️ Kadastr jamoasida gʼalaba

⚽️ Korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida Toshkent viloyatidagi boshqarma, korxona va tashkilot hodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha "Viloyat hokimi kubogi" musobaqalariga start berilgan edi.

Mazkur musobaqada Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi yigitlari ishtirok etib, boshqarma sharafini himoya qilishmoqda.

✔️Kuni kecha Nurafshon arena sport majmuasida boshqarma jamoasi Markaziy bank jamoasiga qarshi to‘p surib, 5:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Navbatdagi baxsda yaʼni bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiya boshqarmasiga qarshi maydonga tushadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur sport musobaqalarida viloyatdagi turli tashkilotlardan 31 jamoa g‘oliblik uchun baxs olib bormoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida maydon jihatdan eng katta hudud qaysi ?
Anonymous Quiz
32%
Ohangaron tumani
63%
Bo‘stonliq tumani
6%
Parkent tumani
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07


📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol

🏆Jamoa hisobida navbatdagi g‘alaba

Kecha, 7-avgust kuni Nurafshon arena sport majmuasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi Oliy taʼlim, Fan va innovatsiya jamoasiga qarshi to‘p surib, 9:1 hisobida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoa chorak final uchrashuvida ATB “Agrobank” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Angren #yernazorati

⚡️Angrenda yer nazorati

Avval xabar qilganimizdek, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi prokuratura organlar bilan hamkorlikda hududlarda yer qonunchiligiga rioya etilishi ahvolini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan Angren shahrida nazorat tadbirlarini boshlagan edi.

Tadbir davomida shahar hududida jami 6,0 gektar yer maydonida 63 ta yer qonunbuzilish holati aniqlangan. Mazkur holatning barchasida yer maydonlari o‘zboshimchalik egallab olingan. Jumladan,

🔹5 ta holatda 0,2 gektar turar-joylar qurilgan
🔹28 ta holatda 1,4 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹28 ta holatda 4,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan (yengil konstruksiyali qurilmalar o‘rnatilgan).

📌
Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan 63 ta holat to‘liq “Yer-nazorati” tizimiga kiritilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #Chirchiq #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Chirchiq shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Chirchiq shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 11-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Chirchiq shahar, A.Navoiy ko‘chasi, Iqbol MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin qancha muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak ?
Anonymous Quiz
35%
15 kun ichida
24%
7 kun ichida
41%
1 oy ichida
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 495 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Boʼka #yernazorati

⚡️Tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang !

🔎 Bo‘ka tumani Jag‘albayli MFY, Markaziy ko‘cha, Y.Xojimetov massivida davlat zaxirasiga tegishli bo‘lgan yer maydoni fuqaro Z.I tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yer uchastkasiga nisbatan qonuniy hujjatlai mavjud bo‘lmagan holda foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tegishli tartibda maʼmuriy bayyonnoma rasimylashtirilib, qurilmaning bartaraf etilishi taʼminlangan.

📌 Yo‘l bo‘ylarida mavsumiy tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ko‘chma savdo joylarini barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda, davlat organlari va inson omilisiz, elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tizimi yaratilganligini va savdo uchun mo‘ljallangan joylarni e-auksion.uz portali orqali olishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

❗️Ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

Shundagina sizning faoliyatingiz qonuniy va dahlsiz bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM