TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
8.3K photos
909 videos
10 files
6.66K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Bostonliq #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️ Bo‘stonliq tumanida aholi murojaatlari o'rganildi

Bugun Bo‘stonliq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat #boshqarma #palata

⚡️BOSHQARMA FAOLIYATI BILAN TANISHING

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi belgilangan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

🔹Bundan tashqari viloyatning 22 ta tuman va shaharlaridagi filiallar aholi uchun xizmat qilib kelmoqda.

🔹Boshqarma o‘z faoliyatini haftaning dushanbasidan jumasigacha soat 9.00 dan 18.00 ga qadar amalga oshiradi.

📍Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Nurafshon shahrining Sportchilar ko‘chasida joylashgan.

☎️Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-07, (95) 199-1773

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillar:
Telegram Facebook Instagram
#auksion #chorvoq

⚡️CHORVOQDAN YER KERAKMI ?

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududidan 7 ta yer uchastkalari savdoda turibdi.

🔹 Lot-1 (2,5 ga) 3,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-2 (1,2 ga) 1,6 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-6 (4,1 ga) 5,4 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-8 (4 ga) 5,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-10 (3 ga) 3,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-16 (0,4 ga) 457 mln so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-17 (1,1 ga) 1,2 mlrd so'mdan (ko'rish)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼstonliq #bizningmanzillar

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Karimov Djamshid Abdullajanovich
Bosh muhandis - Xoldorov Otabek Karim o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat #tanlov #yernazorati

⚡️⚡️DIQQAT TANLOV !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tuman bo‘limlari orasida "Namunali tuman bo‘limi" sovrinli tanlovini eʼlon qiladi.

G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida yer nazorati yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari va natijalari tahlil qilinishi orqali aniqlanadi.

Tanlov uchun qo‘yilgan sovrinlar:

🥇1 - o‘ringa - muzlatgich;
🥈2 - o‘ringa - televizor Lcd 32";
🥉3 - o‘ringa - mikroto‘lqinli pech.

Barchaga omad tilaymiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Oqqoʼrgʼon

⚡️Oqqoʼrgʼon tumanidagi monitoring natijalari

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Oqqoʼrgʼon tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijalari maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 6,5 gektar (shundan 0,7 gektar suvli) yer maydonida 44 tа holatlar aniqlangan, shundan 34 tа holatda 5,3 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Jumladan,

🔹4 tа holatda 1,2 gektar turar-joylar qurilgan
🔹17 tа holatda 2,8 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹7 tа holatda 0,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik билан egallab olingan
🔹12 ta holatda 1,2 gektar yer maydonida loyihasiz qurilishlar qilngan
🔹6 ta holatda 0,64 gektar boshqa holatlar

Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan

✔️12 ta holat joyining o‘zida bartaraf qilindi
🔹3 ta holatda prokuratura organiga qoʼshma tartib asosida maʼlumot kiritildi
🔹26 ta holatda 305 160 000 so‘m maʼmuriy jarima qo‘llanildi

📌Qolgan barcha holatlar to‘liq “Yer-nazorati” tizimiga kiritilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

⚡️"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer fondi necha toifaga ajratiladi ?
Anonymous Quiz
25%
7
27%
5
37%
8
11%
6
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️DEHQON XO‘JALIGI YERLARI ENDI AUKSIONDA !

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 81 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 211 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 196 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 261 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 342 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 28 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 61 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 104 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 397 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 115 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 180 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 78 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 3 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika

⚡️Toshkent viloyatining jami yer maydoni va tuman-shaharlar ulushi to‘g‘risida maʼlumot

📍Unga ko‘ra, viloyatning eng katta tumani bu Bo‘stonliq tumani bo‘lib, uning jami yer maydoni 493,42 gektarni tashkil etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

📌Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,3 mln so‘m),

🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,95 mln so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #infografika

⚡️Toshkent viloyatida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan maʼmuriy jarimalar to‘g‘risida maʼlumot

2023-yil 1-avgust holatiga

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #kadastr_xizmati #OʼRQ728

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔹uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

📌Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM