TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.95K photos
956 videos
10 files
7.17K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#seminar #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

Bugun Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi maʼmuriy binosida Toshkent viloyati Hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar, Sud, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari hamkorligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda mansab vakolatini suisteʼmol qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olishga qaratilgan ishlar hamda 2023 yil 2-yarim yillikdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi.

Seminar davomida eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan korrupsion holatlar, unga sabab bo‘luvchi omillar hamda ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_agentligi #rasmiy_munosabati

RASMIY MUNOSABAT

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi masalasi yuzasidan axborot tarqalmoqda.

🔴Axborot yuzasidan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

🟢 Axborotda kadastr hujjatlari yo’qligi deganda mulk va egalik huquqini belgilovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan ko’chmas mulklar nazarda tutilgan. Yer ajratish hujjati bo‘lmaganligi sababli kadastr organlari huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazolmaydi.

🌟Kadastr agentligi tomonidan uy-joylarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan xonadonlarni mahallabay xatlov qilinib, elektron ro‘yxatini shakllantirilgan.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

⚡️27-iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan qutlar ekanmiz, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang deymiz. Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz. Qalamingiz bundanda o‘tkir, aytar so‘zingiz yana-da keskir bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 28-iyun - Qurbon hayitining ilk kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 27-iyun kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #muhim

⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚜️ Qurbon hayiti muborak bo‘lsin !

Muhtaram va aziz yurtdoshlar!

Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yana-da mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Siz azizlarni hamda siz orqali oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizni o‘zida islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etuvchi bayramimiz Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga oilaviy baxtu saodat, sihat-salomatlik, dinu dunyo ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Kelasi shu oy, shu kunlarga sog‘-salomat, ilmu taqvoda ziyodalik bilan yetib borishlikni nasibi ro‘z aylasin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 795 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yer_ajratish #PF_6243 #bilasizmi

⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida;

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (825 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 375 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #bilasizmi

⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47 - modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

Prezident Farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

🔹yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

🔹jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bo‘stonliq tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
23%
Namunali
22%
Yaxshi
12%
Qoniqarli
43%
Qoniqarsiz