TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
9.04K photos
964 videos
10 files
7.22K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Angren shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
27%
Namunali
28%
Yaxshi
14%
Qoniqarli
31%
Qoniqarsiz
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 375 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Subsidiyalar —
daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag‘lar

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Samarqand #ziyorat

⚡️ Samarqand - madaniyatlar chorrahasi !

Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin!

Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.

Kuni kecha tizim xodimlari Samarqand shahriga tashkil qilingan ekskursion tur ziyoratida bo‘lib qaytishdi.

🕌 Ekskursiya davomida Samarqand shahrining eʼtiborga sazovor joylari, Go‘ri Amir maqbarasi va Bibixonim madrasasini ziyorat qilib, mazkur meʼmoriy obidalar tarixi bilan tanishishga muvofaq bo‘lishdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizning_faxriylar

⚡️ Faxriylar – faxrimiz !

Keksalarni qadrlash, ularga hurmat-eʼtibor ko‘rsatish borasida o‘zbek xalqidek bag‘rikeng, mehr-muruvvatli xalq bo‘lmasa kerak.

Mamlakatimizda inson qadr-qimmati va shaʼnini ulug‘lash, manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator amaliy islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, kadastr tizimi faollari ham sohada uzoq yillar mehnat qilgan va kadastr rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan faxriylardan bo‘lmish Valentin Georgiyevich tavalludining 90 yilligi munosabati bilan qutlab, ish faoliyati davrlari yodga olindi.

Zero, faxriylaridan xabar olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy madad bo‘lishdek savobli ishlar hayotni qadrlashga o‘rgatadi. Ularning hayotiy tajribasi esa qo‘llanmadek asqotadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizning_faxriylar
⚡️Faxriylar – eʼtibor va eʼzozda

Kuznetsov Valentin Georgiyevich
- 1933-yil 1-iyunda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

V.Georgiyevich 1941-1951 yillar davomida tumanning 23-maktabida tahsil olgan va 1951-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya intitutining Gidromelioratsiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan, biroq hayot tashvishlari va oilaviy sharoit talaba yigitni o‘qishni tashlab ishlashga majbur qilgan. O‘sha davrdayoq V.Georgiyevich Oqqo‘rg‘on tuman sovxozi yer tuzuvchisi sifatida ishlay boshlagan.

1956-yilda V.Georgiyevich yana bir bor talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi, bu gal intstitutning hozirgi "Yer tuzish va yer kadastri" fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi.

V.Georgiyevich 1961-yillardanoq o‘z mehnat faoliyatini yer tuzuvchi sifatida boshlagan va faoliyatining so‘nngi yillarida (1999-2002 y.) Toshkent viloyati yer tuzuvchisi lavozimida ishlagan.

Kuni kecha V.Georgiyevich 90 yoshni qarshi oldi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad