TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #statistika

⚡️Toshkent viloyatida qancha uy (kvartira) bor?

Toshkent viloyatida 01.05.2023 yil holatiga 5,076 ta ko'p qavatli uylar mavjud bo'lib, ushbu ko'p qavatli uylarni 164,900 ta kvartiralar tashkil etadi.

Hududlar boʻyicha uylar (kvartiralar) soni:
▫️Oqqo‘rg‘on tumani - 940 ta;
▫️Ohangaron tumani - 3 313 ta;
▫️Bekobod tumani - 885 ta;
▫️Bo‘stonliq tumani - 7 769 ta;
▫️Bo‘ka tumani - 767 ta;
▫️Quyichirchiq tumani - 793 ta;
▫️Zangiota tumani - 6 006 ta;
▫️Yuqorichirchiq tumani - 1 361 ta;
▫️Qibray tumani - 6 082 ta;
▫️Parkent tumani - 2 690 ta;
▫️Piskent tumani - 645 ta;
▫️O‘rtachirchiq tumani - 932 ta;
▫️Chinoz tumani - 2 101 ta;
▫️Yangiyo‘l tumani - 4 170 ta;
▫️Toshkent tumani - 2 098 ta;
▫️Nurafshon shahri - 3 716 ta;
▫️Olmaliq shahri - 25 096 ta;
▫️Angren shahri - 25 904 ta;
▫️Bekobod shahri - 15 385 ta;
▫️Ohangaron shahri - 7 907 ta;
▫️Chirchiq shahri - 37 812 ta;
▫️Yangiyo‘l shahri - 8 528 ta;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️ Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Bo‘sh yer uchastkasini auksionga chiqarish tartibi qanday ?

▪️Talabgor auksion orqali bo‘sh yer uchastkasini sotib olgandan so‘ng qanday jarayon amalga oshiriladi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tahlil #VM_71

⚡️Toshkent viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish ahvoli qanday ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha jami 2746 ta ariza kelib tushgan. Shundan

🔹855 ta arizaga ijobiy xulosa berilgan va mazkur yer uchastkalari xususiyshtirilgan;
🔹1876 ta ariza rad etilgan;
🔹15 ta ariza hozirda jarayonda qolmoqda.

Arizalarning rad etilish sabablari asosan yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masalasi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar bo‘lmoqda.

📌Maʼlumot qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bugungi kun holatiga

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Yangiyoltumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman filiali

Bo‘lim boshlig‘i - Maxmudov Adxam Baxtiyarovich
Filial rahbari - Pulatov Oybek Xasanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor SHFY, Ko‘kalamzor MFY, Yoshlik ko‘chasi

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Auksion - ovoragarchiliklarsiz yer olish platformasi edi aslida !

Yoshlar kundaligi rasmiy kanalida o‘z puliga yer ololmayotgan yigit murojaati eʼlon qilindi. Murojaatda 60 kun, 90 kun, 100 kun o‘tsa hamki natija yo‘qligi, 2 yildirki eshikma-eshik sarson yurganligi, auksiondan o‘z puliga yer sotib olmoqchiligi, qonuniy yo‘l bilan yer olish nega bunchalar muammo bo‘layotgani qayd etilib, kadastr tizimidagilardan javob izlagan.

❗️Mazkur holat yuzasidan hozirda boshqarma ishchi guruhi ish boshlaganligini va o‘rganish natijalari asosida yana qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz.

Maʼlumot o‘rnida esa auksionga chiqarilishi taklif etilayotgan yer uchastkalari “Yerxususiylasntirish” AATga kiritilgandan so‘ng, tegishli tashkilotlar muhokamasidan o‘tishi, ijobiy xulosa olingandan so‘nggina auksion savdolariga chiqarilishi, ushbu jarayonda esa Kadastr idoralarining vazifasi mazkur yer uchastkasini zaxiraga olinganligini tekshirish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan iboratligi va shu yerda kadastr ishtirokining tugashi hamda jarayonning keyingi bosqichlarida esa talabgor inson omilisiz elektron tarzda onlayn auksionda qatnashishi lozimligini eslatib o‘tamiz.

Yana shuni taʼkidlash lozimki, yurtboshimiz tomonidan yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish maqsadida 2021 yil 8 iyun kuni PF-6243-sonli farmoni imzolangan edi. Mazkur farmon bilan mahalliy davlat hokimliklarining yerga oid bir qator vakolatlari (yer ajratish, foydalanishga berish, zahiralash va x.k) bekor qilinib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilab qo‘yildi.

💻 Bu tizim tabiiyki, yerga oid munosabatlarda shaffoflikni taʼminlash, korrupsion holatlarni oldini olish va fuqarolarning tashkilot va idoralar orasida sarson bo‘lishini bartaraf etishga qaratilgan maqbul tizim edi aslida !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Yer uchastkasi olib qo‘yilganda uning egasiga bir martalik to‘lov beriladi

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Yangiyol_shahar

⚡️Yangiyo‘l shahridа aniqlangan holat bataraf etilmoqda

Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Bog‘bon hududida noqonuniy ravishda qad rostlagan qurilma aniqlandi.

Mazkur qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan qurilma egalari bilan olib borilgan suhbat natijasida obyekt ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlanib, yer o‘z holatiga qaytarilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Parkentlik bo‘lajak yosh tadbirkor murojaati yuzasidan

Tadbirkorlik maqsadida yer olmoqchi bo‘lib muammolarga duch kelayotgan Parkentlik bo‘lajak yosh tadbirkor murojaati boshqarma masʼullari tomonidan o‘rganib chiqildi va o‘rganish natijalari esa quyidagicha:

Мurojaatda qayd etilgan va auksionga qo‘yilishi so‘ralayotgan oydin MFY hududidagi 0,015 gektar yer maydoni taklifi 2023 yil 15 fevral kuni MG1727249049/1 unikal raqami bilan “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimiga kiritilgan.

Yuqorida izoh berganimizdek, mazkur vaziyatda yaʼni yer uchastkasini auksionga qo‘yilishi jarayonida kadastr idorasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bajarilgan.

Ayni paytda taklifi kiritilgan mazkur yer maydoni “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimi bazasida “Loyihalash” jarayonida turganligini maʼlum qilamiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #yernazorati #Orta_Chirchiq

⚡️Mebel do‘konlari tartibga keltirilmoqda

Kadastr agentligining O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan tumanning Qorasuv hududida faoliyat olib boradigan mebel do‘konlari egalariga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish bo‘yicha rasmiy ogohlantirishlar berilib, qurilmalarni bartaraf etilishi lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan edi.

Ayni paytda do‘kondorlar ixtiyoriy ravishda noqonuniy bo‘lgan qurilmalarni bartaraf etishmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish
🔹 fuqarolarga BHMning 150 baravari

🔹 mansabdor shaxslarga esa — 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 68 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 122 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 21 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 246 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 43 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 24 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 351 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 90 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 154 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 76 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 15 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 53 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 83 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 217 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 35 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 6 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Nurafshon_shahar

⚡️Do‘konlarni tartibga keltirish ishlari davom etmoqda

Kadastr agentligi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan Nurafshon shahar To‘ytepa MFY hududidagi do‘konlar faoliyati davomida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish holatlari aniqlanib, rasman ogohlantirishlar berilgan edi.

Natijada fuqarolar aniqlangan holatlarni bir kunlik muddat ichida o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf etish choralarini ko‘rganliklarini guvohi bo‘lmoqdamiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram