TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.4K photos
915 videos
10 files
6.75K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Yer ajratish tartibida o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 137-son qarori bilan Dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔹yer uchastkalarini elektron tanlovda ijaraga olishda to‘lanishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarning eng yuqori chegarasi belgilandi (eng yuqori ball 36 ball);

🔹dehqon xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqib ijaraga olish muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lov stavkalari belgilandi:

– 1 barobariga teng - 10 ball
– 2 barobariga teng - 20 ball
– 3 barobariga teng - 30 ball
– 4 barobariga teng - 36 ball

🔹ishsiz oila aʼzolari soni haqidagi maʼlumot mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan kiritiladi;

🔹talabgorning agrar sohadagi oliy yoki o‘rta maxsus maʼlumoti uchun avtomatlashtirilgan tartibda ball beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚡️Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 31-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Quyi_Chirchiq

⚡️Quyi Chirchiq tumanida aholi murojaatlari o'rganilmoqda

Ayni damda Quyi Chirchiq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Ahrorov boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#infografika #yernazorati

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat #dehqon_xojaligi #PQ_20

⚡️O‘Z DAROMAD MANBAINGIZGA EGA BO‘LING !

☝️Dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yilga ijara oling va o‘z daromadingizni yo‘lga qo‘ying.

❗️"Yoshlar", "Ayollar" va "Temir" daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti
— ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlarni va obyektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr

⚡️Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi qanday tuzilishini bilasizmi ?

🔹Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi uning maydonidan kelib chiqib, kadastr yig‘majildida tasvirlash uchun qulay masshtablarda tuziladi. Bunda aholi punktlaridagi yer uchastkasining kadastr rejasi 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha, aholi punktlaridan tashqarida joylashgan qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari yer uchastkasining kadastr rejasi 1:5000 masshtabda yoki 1:10000 masshtabda tuziladi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr

⚡️Davlat yer kadastri mazmun jihatdan quyidagi vazifalarni bajaradi:

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹yer uchastkalarini elektron hisobga olish;

🔹yerni qiymat jihatidan baholash;

🔹yer kadastri maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash

🔹Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

▪️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shamansurov boshchiligida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

▪️Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi

▪️Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Facebook Instagram Telegram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyatining fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 6-may kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Navroʻz MFY Samarqand koʻchasi 190-uy,

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram