TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.39K photos
914 videos
10 files
6.75K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun "22-aprel - Butunjahon yer kuni" munosabati bilan yurtimizda yagona bo'lmish Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida tizimi qoshidagi tashkilotlar tomonidan ishtirokchilar uchun sohaga oid maxsus ko'zgazmalar hamda el suygan san'atkorlar ishtirokida bayram dasturi tashkil etildi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Toshkent viloyati maktablari UZKAD tizimiga kiritilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 yildagi 198-son farmoni ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2-bosqich yaʼni davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy obyektlarni tizimga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda Toshkent viloyatida mavjud barcha maktablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar sohaning 8 ta yo‘nalishidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tomonidan o‘rganilib, tizimga kiritilishi taʼminlamoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar UZKAD tizimi orqali yuritilib, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

❗️Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yil yakuni bilan viloyat hududidagi jami 5,076 ta ko‘p kvartirali uylarni tizimga yuklash ishlari yakunlangan edi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ayni_dam #Olmaliq

⚡️Ayni damda Olmaliq shahar A.Yassaviy hududida aniqlangan noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyatida nechta tuman va shaharlar mavjud ?
Anonymous Quiz
60%
A) 7 ta shahar 15 ta tuman
24%
B) 5 ta shahar 15 ta tuman
16%
S) 3 ta shahar 19 ta tuman
#savol_javob #huquq

Savol:
- 6 sotixli yer maydoni sotib oldim. Yerning faqat orderi bor, kadastr hujjati yo‘q. Men order bilan yerni o‘z nomimga rasmiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:
- Mazkur holatda fuqaro yer uchastkasini xususiylashtirib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan order olishi kerak. So‘ng uni kadastr agentligidan ro‘yxatdan o‘tkazib, ko‘chirma oladi. Shundan so‘ng istalgan notarial idoraga murojaat qilib, yer uchastkasini o‘z nomiga rasmiylashtirishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi #Qibray_tumani

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Qibray tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#2023yil1_maydan #bilasizmi

⚡️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, O‘zbekiston hududida:

▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Quyi Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28 aprel kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Quyi Chirchiq tumani, Madaniyat uyi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Yer ajratish tartibida o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 137-son qarori bilan Dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔹yer uchastkalarini elektron tanlovda ijaraga olishda to‘lanishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarning eng yuqori chegarasi belgilandi (eng yuqori ball 36 ball);

🔹dehqon xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqib ijaraga olish muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lov stavkalari belgilandi:

– 1 barobariga teng - 10 ball
– 2 barobariga teng - 20 ball
– 3 barobariga teng - 30 ball
– 4 barobariga teng - 36 ball

🔹ishsiz oila aʼzolari soni haqidagi maʼlumot mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan kiritiladi;

🔹talabgorning agrar sohadagi oliy yoki o‘rta maxsus maʼlumoti uchun avtomatlashtirilgan tartibda ball beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚡️Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 31-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Quyi_Chirchiq

⚡️Quyi Chirchiq tumanida aholi murojaatlari o'rganilmoqda

Ayni damda Quyi Chirchiq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Ahrorov boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad