TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.9K subscribers
9.58K photos
1.02K videos
11 files
7.62K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyoʻl tumanida noqonuniy qurilishlarga qarshi choralar koʻrilmoqda

Kadastr agentligining Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida tumanning “Vatan” MFY, Vatan ko‘chasidagi yer maydoni o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy qurilma qurilgan holatiga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilib, qurilmaning ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlamoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar ва yerdan foydalanuvchilar !

Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
1
O‘zboshimchalik bilan yer egallash oqibatlari

O‘zboshimchalik bilan yer egallash (yaʼni yer maydonini davlat ruxsatisiz, qonuniy hujjatlarsiz egallab olish) jiddiy huquqiy hamda ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.

Huquqiy oqibatlari

Yer egallash noqonuniy deb topiladi
- davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qaytarib olinadi.

📌 Maʼmuriy javobgarlik
- O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, fuqaroga yoki mansabdor shaxsga jarima qo‘llaniladi.

🔖 Sud orqali majburiy buzish
- O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino yoki inshootlar sud qarori bilan bartaraf etilali va bu harajat egasining zimmasiga yuklanadi.

Mol-mulk huquqi tan olinmaydi
- O‘zboshimcha qurilgan uy yoki bino hech qachon huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmaydi (kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaydi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, notarial harakatlar amalga oshirilmaydi).

#yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Yer berish tartibini buzish besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 1-moddasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilmoqda:

229 prim 4-modda:

🔹birinchi qismining sanksiyasidagi “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining:
dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “v” band bilan to‘ldirilsin:


“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa”;
🔹sanksiyasidagi “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Soxta hujjat orqali yer o‘zlashtirish holati fosh etildi

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro R.B tomonidan tuman hokimining “K.S.F” MCHJga tumanning “Ozod” massividan 9 gektar yer maydoni 30 yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risida"gi qarori soxtalashtirilib, tumanning “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududidagi davlat zaxirasiga qarashli bo‘lgan 400 kv.m yer maydoni o‘zboshimcha o‘zlashtirilganligi va noqonuniy qurilmalar qurish orqali faoliyat olib borilganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar ва yerdan foydalanuvchilar !

Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasining huquqlari qanday ?

Javob:
U imoratga mulk huquqini ololmaydi;

U bunday imoratni sota olmaydi, ijaraga bera olmaydi, hadya eta olmaydi yoki boshqa bitimlar tuzolmaydi.

❗️Agar kimningdir huquqlari buzilgan bo‘lsa yoki davlat organlari daʼvo qilsa, sud qarori bilan imorat buzib tashlanadi.

❗️ Imoratni qurgan shaxs uni o‘zi yoki hisobiga buzishi shart bo‘ladi.

#savol_javob #huquq #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Zangiotada noqonuniy qurilish ishlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zangiota tumanida yer qonunchiligi buzilgan holat aniqlandi.

Aniqlanishicha, 2016-yilda fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan 2,0 gektar sug‘oriladigan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilmasdan turib, tuman hokimining 2019-yilgi tegishli qarori asos qilinib ushbu yerda qurilish ishlari boshlangan.

2024-yilda bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi asosida chora ko‘rilgan. Biroq, bugungi kunda qurilish ishlari yana davom ettirilgani aniqlanib, yana jinoyat ishi ochildi.

Holat bo‘yicha Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan maʼlumotlar prokuratura organlariga yuborilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar ва yerdan foydalanuvchilar !

Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabriston yerida o‘zboshimchalik: holat prokuraturaga topshirildi

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 29.05.2021 yildagi tegishli qarori bilan Zangiota tumani O‘zbekiston massivi, Bo‘ston MFY, Ohakchilar ko‘chasidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish Bosh boshqarmasiga qabriston maqsadi uchun ajratib berilgan yer maydonining fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish qilish holatlari yuzasidan 2021-2024 yillar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, choralar ko‘rilgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda ham takroriy ravishda mazkur yer maydonlari 50 dan ortiq fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Kadastr agentligining Zangiota tuman bo‘limi tomonidan qonunda belgilangan tartida choralar ko‘rilib, qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

Shuningdek, to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

Fuqarolarni mazkur yer maydonlarida qayta-qayta yer qonunbuzilishini sodir etishiga nima majbur qilmoqda?

#yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍311
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!


#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat nima va uning oqibatlari

Mamlakatimizda har qanday qurilish ishlarini amalga oshirish qonun bilan tartibga solinadi. Ammo ayrim fuqarolar yer ajratilmagan, ruxsatnoma olinmagan yoki qurilish meʼyorlari buzilgan holatda imorat qurib qo‘yishadi. Bu holat fuqarolik kodeksining 212-moddasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurish deb ataladi.

Quyidagi shartlardan birortasi bo‘lsa, u holda imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi:

Qurilish uchun yer ajratilmagan bo‘lsa;

Maxsus ruxsatnoma (loyiha, arxitektura roziligi) olinmagan bo‘lsa;

Qurilishda belgilangan meʼyor va qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa.

#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2