TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.91K subscribers
9.58K photos
1.02K videos
11 files
7.62K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi

Kadastr agentligi huzurida Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, farmon bilan quyidagilar belgilandi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib;
Kadastr agentligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib;
Milliy markaz – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib.

✍️Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan ta’minlash uchun “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti” belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Qishloq xo‘jaligi yerlarini auksionda sotish bo‘yicha yangi yengillashtiruvchi tartib joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Adminstratsiyasining 2025-yil 10-martdagi topshirig‘iga asosan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida online-auksion savdolarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tartib joriy qilindi

takroriy auksionlar xar kuni o‘tkaziladi;
auksionda 1 nafar ishtirokchi qatnashsa xam auksion o‘tkazilgan hisoblanadi;
takroriy auksionda boshlang'ich narx 10%dan kamaytirib boriladi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

Javob
:
- Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Turar ва noturar joylarga nisbatan mol-mulk solig‘i oshishi mumkin

Biroq, bunda soliq stavkasi emas, balki soliq solinadigan mulkning baholanish usuli o‘zgaradi.

Misol uchun, agar mulk avval past baholangan bo‘lsa, soliq ham shunga mos ravishda kam bo‘lgan. Yangi tartibga ko‘ra, mulk qayta baholanadi ва agar uning qiymati oshgan bo‘lsa, to‘lanadigan soliq ham ortadi.

Prezident farmoniga ko‘ra quyidagilar iqtisodiy aktiv sifatida qayta baholanadi.

8 milliondan ortiq turar ва noturar joylar
7 millionga yaqin yer uchastkalari

🌀Shuningdek, ko‘chmas mulkning soliq hisoblash, oldi-sotdi, garovga qo‘yish ва jamoat ehtiyojlari uchun davlat tomonidan olib qo‘yish jarayonlarida baholash tizimi uyg‘unlashtirilishi belgilandi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Аuksionda sotilmagan yerning qiymati kuniga 10 foizdan pasaytiriladi

Kuni kecha Prezident tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hokimliklar zaxirasida turgan yerlarni ajratishning soddalashtirish choralari belgilandi. Unga ko‘ra,

qishloq yerlarini auksionda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish bekor qilinadi;

аuksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi;

takroriy auksionda bitta ishtirokchi qatnashsa ham, g‘olib hisoblanadi;

yerning 10-20 foizi chorva uchun ozuqa ekishga chiqariladi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5,2 ming gektar yerni yaxlit holda savdoga qo‘yib, 49 yilga ijaraga berish boshlandi.

Bu yerda tadbirkorlarga o‘zi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishiga ham ruxsat berildi.

Endilikda shu yilning o‘zida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍1
Davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionga chiqariladi

O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi.

Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi. Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bu haqda bugun, 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida maʼlum qilindi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍1
Toshkent viloyatida 20 ming gektarga yaqin yer maydonlari auksion savdolariga chiqarildi

Toshkent viloyati hokimligi zaxirasida bo‘lgan 23 ming gektar yer maydonidan 19,716 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari auksion savdolariga chiqarildi.

Endilikda mazkur yer uchastkalariga auksionning yangi tartibi amal qiladi. Unga ko‘ra,

birinchi auksion 5 kun muddatda, takroriy savdo bo‘yicha auksion bir kun muddatda o‘tkaziladi
takroriy savdolarda bir nafar ishtirokchi bo‘lganda ham savdolar o‘tgan deb hisoblanadi
takroriy savdolarda boshlang‘ich narx 10 foizdan bosqichma-bosqich 20 foizgacha pasaytiriladi

Savdoga qo‘yilgan yer uchastkalari bilan tanishish uchun quyidagi havolalar ustiga bosing:

🔹Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
🔹
Dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
❗️Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 yildagi PQ-346-son qaroriga muvofiq,

🔸ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;

🔸uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;

❗️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍1
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan
▫️umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish
▫️huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Huquqiy asos: O‘RQ–808, 06.12.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍2