TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.95K photos
956 videos
10 files
7.17K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi

Jamoatchilik guruhi tarkibiga tegishli saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi hamda har yuzta oiladan kamida bir nafardan fuqaro kiritiladi.

Jamoatchilik guruhlari:

yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish chog‘ida aniqlangan qonun buzilishlari hollari yuzasidan vakolatli davlat organlari xabardor qilinishini ta‘minlaydi;

yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish asoslari va tartibi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirilgan ma‘lumotlarni kuzatib boradi, zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu ma‘lumotlar bilan tanishishda fuqarolarga ko‘maklashadi;

Manba:
O‘RQ-937-son, 27-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️Iftorlik vaqti: 3-mart

Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

#RamazonMuborak
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Qonun bo‘yicha bir martalik to‘lovni to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️Saharlik vaqti: 4-mart

Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

#RamazonMuborak
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿4-MART—O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGAN KUN

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda samarali mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlab, barcha qutqaruvchilarni ana shunday g‘oyat sharafli, matonatli, ammo mashaqqatli vazifani ado etishlarida omad va muvaffaqiyat tilaydi.

#tabrik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Viloyatda 6 mingga yaqin obyektning xatlov natijalari eʼlon qilindi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan Toshkent viloyati hududlarida o‘tkazilgan xatlovlar asosida 5948 ta obyekt “E‘tirof” dasturiga kiritildi va mazkur obyektlarga tegishli xulosalar berilib, jamoatchilikka e‘longa chiqariladi.

🔖Maʼlumot uchun, xatlov natijalari bo‘yicha har bir obyekt to‘g‘risidagi ma‘lumotlar “E‘tirof” axborot tizimiga kiritiladi va ular 22 tadan ortiq vazirlik ва idoralar tomonidan (2 oy ichida) ko‘rib chiqiladi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olayotganda nimalarga eʼtibor qaratish kerak ?

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi - roʻyxatdan oʻtkazuvchisi" vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Talablar: oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yohud geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va Davlat kadastrlari palatasi tizimida mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

📍Manzil: Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

☎️ Murojaat uchun telefon raqamlari: 71-5020207 (ichki raqam 203)

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 1 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

◼️ Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

#vakansiya
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Aksiyada egalik huquqi olish maqsadida qurilish qilayotganlar diqqatiga !

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning birinchi shartlaridan biri bu yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar qurilishi 2018-yil 1-may kunigacha amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.

Shunday ekan, bu kabi noqonuniy qurilmalar faqatgina javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

📍Rasmda Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Olmos MFY, Yangilik ko‘chasidagi noqonuniy qurilma bartaraf etilganlik holati.

#yernazorati #Yangiyoʼl_shahri
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaron tumanida xatlov ishlari davom etmoqda

Maʼlumki, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar ва inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun 2024-yilning 8-noyabr kunidan rasman kuchga kirdi ва aynan shu kundan eʼtiboran reja-jadval asosida xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, Ohangaron tumanida ham xatlov ishlari tizimli tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunlarda tumanning “Tut” MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
☀️Iftorlik vaqti: 4-mart

Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

#RamazonMuborak
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan bino-inshootga nisbatan qanday huquq e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
34%
doimiy egalik huquqi
30%
ijara huquqi
8%
vaqtincha foydalanish huquqi
27%
mulk huquqi
☀️Saharlik vaqti: 5-mart

Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

#RamazonMuborak
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligidagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Birozdan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Rasmiy munosabat: noqonuniy qurilma bartaraf etilmoqda

Blogger Abdullayev tomonidan "Noqonuniy o‘rab olib daraxtni yopib olganini nahot ko‘rmagansizlar?" deb yo‘llangan murojaat yuzasidan kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Chirchiq shahar 3-kichik nohiya hududidagi 45-uyning oldida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy qurilma bugun Kadastr Agentligi Chirchiq shahar bo‘limi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Chirchiq shahar bo‘limi va Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Chirchiq shahar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ushbu noqonuniy qurilmaning bartaraf etish ishlari taʼminlamoqda.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM