TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
8.32K photos
910 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Chinoz tumanida xatlov ishlari davom etmoqda

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Chinoz tumanining “Xamza”, “Qozi” hamda "Beshkapa" MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun qachongacha amal qiladi?
Anonymous Quiz
10%
2026-yil 1-yanvarga qadar
9%
2025-yil 30-dekabrga qadar
72%
2028-yil 1-yanvarga qadar
9%
muddatsiz
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Subsidiyalar — daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag‘lar.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi eʼtirof etilib, unga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 30-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yangiyo‘l tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Yangiyo‘l tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan egalik huquqini eʼtirof etish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Olmaliq shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Olmaliq shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Djameldinov Muxammadjon Maxmud o‘g‘li
Filial rahbari - Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Sahovat MFY, Gulshan ko‘chasi, 49-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-614-15-50

#Olmaliq #bizningmanzillar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 yildagi PQ-346-son qaroriga muvofiq,

🔸ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;

🔸uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;

❗️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida;

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

#yer_ajratish #PF_6243 #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔸Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: YER KODEKSI 91-modda.

#yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati

⚡️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi maʼlumotlarni tekshiradi:

▪️arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi

▪️ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi

▪️umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi

▪️ ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi

▪️boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.

Facebook Instagram Telegram
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Nurafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonun yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni soat 15.00 da Nurafshon shahri aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Nurafshon shahri Yoshlik MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan
▫️umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish
▫️huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Huquqiy asos: O‘RQ–808, 06.12.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram