TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
9.06K photos
967 videos
10 files
7.24K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Xatlov ishlari davom etmoqda: Nurafshon shahri

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Nurafshon shahrining “Obod turmush”, "Yuksalish" va “Yoshlik” MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Asos: Jinoyat kodeksi, 229-modda

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyi Chirchiq tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Quyi chirchiq tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga nisbatan qanday huquq e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
42%
doimiy egalik huquqi
19%
mulk huquqi
8%
vaqtincha foydalanish huquqi
32%
ijara huquqi
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?

Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (11 250 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (10 125 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatda 60 dan ortiq ijtimoiy obyektlar uchun yer maydoni ajratildi

Toshkent viloyati hokimning tegishli qarori bilan viloyat hududidagi jami 63 ta obyekt joylashgan 68,4154 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mazkur yer maydonlari ajratilayotgan tashkilotlarning arizalariga
asosan, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtiririlishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

#ijro
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Xatlov ishlari davom etmoqda: Bo‘stonliq tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Bo‘stonliq tumanining “Bo‘ston”, “Istiqlol”, "Ma‘rifat" hamda "Daxana" MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Shaffof shaharlar" va "Halol tumanlar" loyihalari ishga tushirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) hamkorligida davlat hokimiyati organlarida korrupsiya xavflarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan "Shaffof shaharlar" va "Halol tumanlar" dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Dastlabki bosqichda dastur Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax shahri va Buxoro viloyatining Vobkent tumanida amalga oshiriladi.

Bu mamlakatimiz uchun ilk tajriba bo‘lib, boshqa hududlarga yanada kengayishi uchun amaliy asos yaratadi. Bundan tashqari, shaffoflikni oshirish va axloqiy standartlarni joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategik reja va yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Ushbu chora-tadbirlar korrupsiyadan xoli hududlarni yaratishga yordam beradi va ular muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng dastur boshqa barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Toshkent tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM