TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Nima uchun bizning mahallada xatlov bo‘lmayapti ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Farovonlik sari" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari faoliyatiga bag‘ishlandi

Unda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimda joriy etilayotgan axborot texnologiyalari, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va sohadagi yangiliklar yuzasidan so‘z boradi.

#OAV_biz_haqimizda #farovonlik_sari
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT. JUDA MUHIM

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida hozirda kadastr xodimlari tomonidan olib borilayotgan xatlov jarayonlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqish, taʼmagirlik yoki korrupsion harakatlarni sezsangiz quyidagi raqamlar orqali darhol bizga xabar bering.

📞+998702020207
📞+998997500530

#OʼRQ_937 #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

➡️ korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;

❗️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:

🔹ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
🔹og‘ir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
🔹o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat reyestridagi yozuvlar Komissiya yoki sud qaroriga ko‘ra bekor qilinadi

✍️ Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄 Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

✔️ Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkasi olib qo‘yilganda uning egasiga bir martalik to‘lov beriladi

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer fondi toifalari haqida bilasizmi ?

Yer kodeksiga muvofiq, yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;
🔹 sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
🔹 o‘rmon fondi yerlari;
🔹 suv fondi yerlari;
🔹 zaxira yerlar.

#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir

Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 68-modda
#yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Bekobod shahri

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qibray tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Qibray tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar qaysi tashkilot qarori bilan eʼtirof etiladi?
Anonymous Quiz
18%
Adliya vazirligi
48%
Kadastr agentligi
7%
Mahalliy hokimliklar
27%
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari
Xatlov ishlari davom etmoqda: Oqqorgon tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Oqqorgon tumanining “Eltamgali” va “Mustaqillik” MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram