TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.95K subscribers
9.64K photos
1.04K videos
11 files
7.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Xatlov jarayonlari nazorat ostida. Bo‘ka tumani

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.

Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.

#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvk
⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
#huquq
Facebook Instagram Telegram
👍3
Olmaliq shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Olmaliq shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
📣 KADASTRDA BO‘SH ISH O‘RINLARI !

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Zangiota tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi;
🔹Parkent tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi;
🔹Chinoz tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Yangiyo‘l tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Yangiyo‘l shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi.

✉️ Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

📍Bizning manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy

☎️ Maʼlumot uchun: (70)202 0207

‼️shoshiling, bizning jamoada ishlash imkoniyatini boy bermang !

#vakansiya
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
❗️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 28-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Parkent tumanida yer nazorati tadbirlari

Ayni damda Kadastr agentligining Parkent tuman bo‘limi tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida tumaning "Mozorxoji" MFY, A.Navoiy ko'chasida fuqaro I.T tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmalarning ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !


#Parkent #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#diqqat
⭕️ Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍4
Sizning mahallangiz 2024-2025 yillar xatlov reja-jadvaliga kiritilganmi ?
Anonymous Poll
28%
Ha
51%
Yo‘q
21%
Xabarim yo‘q
💯2
Xatlov-2024: Yuqori Chirchiq tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbari J.Axrorov mahalla faollari ishtirokida Yuqori Chirchiq tumanining “Saksonota” MFY hududida kadastr muhandislari tomonidan olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishdi.

Xatlov jarayonida mahalla faollari va aholiga Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍3
Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Oqqo‘rg‘on tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2