TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.73K subscribers
8.44K photos
916 videos
10 files
6.79K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Egalik huquqi eʼtirof etilganligi to‘g‘risida fuqarolarga sms xabar yuboriladi

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘p yillik dov-daraxtlargaham kadastr pasporti tayyorlanishini bilarmidingiz ?

Bunda ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlashda dov-daraxt joylashgan yerning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi dov-daraxtlarga bo‘lgan kadastr pasporti tayyorlashga asos bo‘ladi.

Dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlash muddatlari quyidagicha taqsimlanadi.

Ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.


#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonun kuchga kirgach, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,
– qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.


Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq #qonun
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qonunda belgilangan hajmlardan ortiqcha egallangan yer uchastkalari qanday tartibda rasmiylashtiriladi ?

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Ohangaron shahar hokimligining majlislar zalida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Ohangaron #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
❗️"AKSIYA" CHIQDI(MI) ?!

Shu kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan va xalqimiz orasida "Aksiya" deya nom olgan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonun aholi orasida ko‘plab muohakamalarga sabab bo‘lib, kadastr idoralariga murojaatlar hamda joylarda mazkur Qonunni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida noqonuniy qurilmalarni qurish holatlari soni ortmoqda.

Shu o‘rinda, Qonunning asosiy va birinchi galdagi talablaridan biri bu o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkasi va undagi uy-joylar qurilishi 2018-yilning 1-mayiga qadar amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Shuningdek, Qonun kuchga kirgach, fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastr idoralariga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi, yaʼni bunda barcha holatlar mahallalar kesimida o‘rganilishi yo‘lga qo‘yiladi va reja-grafiklar ijtimoiy tarmoqlar va mahallalarda eʼlon qilib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, Qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgan uddaburonlarga aldanib qolmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun kuchga kirishini kutishlari so‘rab qolamiz !

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !


🔖Qonun 08.11.2024 yildan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun boshqarmaning quyidagi raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin:
📞70-2020207
📞95-1991773


Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


#murojaat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan egalik qanday huquq asosida eʼtirof etiladi ?

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram