TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.95K photos
956 videos
10 files
7.17K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Mansab vakolatini suiisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Huquqiy asos:
VM-426, 29.08.2023 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yuqori Chirchiq tumanida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarnii aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Yuqori Chirchiq tumani, Guliston MFY binosida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#YuqoriChirchiq_tumani #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkalarini sotib olish qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi

Davlat rahbarining 06.09.2024 yildagi PF-135-son farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Viloyatning 14 ta mahallasi qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman o‘tkazilayotgan mahallalar bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

🔹Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:

"Istiqlol", "Gulobod", "Navro‘z", "Qorasuv", "Oq ovul", "Jumabozor", "Nurli yo‘l", "Farovon", "Yangi hayot", "Sahovat" va "Qizilsoy" MFYlar

🔹O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:

- Mustaqillik MFY;
- Yangi Turmush MFY;
- Mashʼal MFY.

🔖Avvalroq, Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan va to‘liq o‘tayotgan MFYlar ro‘yxati haqida maʼlumot berilgan edi.

#Yangi_Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng ko‘p kadastr pasporti Toshkent viloyatida shakllantirilmoqda

Joriy yil boshidan respublika bo‘yicha jami 398 689 ta kadastr pasporti shakllantirilgan. Mazkur raqamlarning katta qismi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

🔹Unga ko‘ra, davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 55 082 ta kadastr pasportlari shakllantirilgan.

#kadastr_pasport #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Bekobod tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Raxmonov Farxod Ravshanbekovich
Filial rahbari - Obidov Sirojiddin Karimovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zafar shaharchasi, Toshkent ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-29
#bizningmanzillar #Bekobod
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi boshchiligida Chinoz tuman filialida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

#korrupsiyaga_qarshi #Chinoz
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

🔹Angren shaharida 138 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 70 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 206 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 42 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 180 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 106 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 62 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 352 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 43 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 87 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 60 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 42 ta (Ko'rish)

#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Кo‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yana-da takomillashtiriladi.

Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomda quyidagilar belgilandi.

✔️2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

🔹Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;

🔹Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik uchun javobgarlik mavjud

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik

🔹BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos:
Mjtk 67-modda
#huquqvaqti #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yana Yangiyo‘l va yana qo‘pol yer qonunbuzilish holati

Kadastr ageniligining viloyat boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumani hokimining tegishli qarorlari bilan tumanning Tinchlik massivi “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududida joylashgan jami 4,80 gektar 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni fuqaro X.I.R. ga dastlab kapital qurilish qilmaslik sharti bilan yengil tipdagi “Issiqxona” qurilishini loyihalashtirish uchun ijara huquqi asosida ruxsat berilib, so‘ngra “Mebel sexi” qurilishiga va yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan berib yuborilganligi aniqlandi.

Bunda Yangiyo‘l tumani hokimi qarorlari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmasdan turib, kapital qurilmalar qurgan holda oldi-sotdi shartnomasi asosida 5 nafar shaxslarga begonalashtirib yuborilgan.

⚠️Mazkur yer maydonida kapital qurilish ishlari amalga oshirilishi oqibati qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

#Yangiyoʼl #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yil yakuniga qadar ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma‘lumotlarini olish imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qaroriga ko‘ra,

🖥2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma‘lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma‘lumotlarda saqlanib qoladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM