TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Mustaqillik bayramida xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi

Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

🔹31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
🔹 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
🔹 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni;
🔹 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.


📋 Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.

#eslatma
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 134 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron tumanida 148 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (ko‘rish)
▫️Bo‘ka tumanida 290 ta (ko‘rish)
▫️Quyichirchiq tumanida 281 ta (ko‘rish)
▫️Zangiota tumanida 12 ta (ko‘rish)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 61 ta (ko‘rish)
▫️Qibray tumanida 6 ta (ko‘rish)
▫️Parkent tumanida 17 ta (ko‘rish)
▫️Piskent tumanida 451 ta (ko‘rish)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 53 ta (ko‘rish)
▫️Chinoz tumanida 148 ta (ko‘rish)
▫️Yangiyo‘l tumanida 77 ta (ko‘rish)
▫️Toshkent tumanida 10 ta (ko‘rish)
▫️Nurafshon shahrida 31 ta (ko‘rish)
▫️Olmaliq shahrida 2 ta (ko‘rish)
▫️Angren shahrida 169 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod shahrida 1 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron shahrida 5 ta (ko‘rish)
▫️Chirchiq shahrida 4 ta (ko‘rish)
◽️Yangiyo‘l shahrida 2 ta (ko‘rish)

#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
📣Diqqat, kadastrda onlayn audio muloqot

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonunga oid savollaringiz bormi ?

🎙U bugun, 27-avgust kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

Audio muloqot Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi.

#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish xizmati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish:

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Talab etiladigan hujjatlar:
jismoniy shaxslarda talab etilmaydi;
✔️yuridik shaxlardan yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).

Xizmat ko‘rsatish muddati - 5 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer uchastkasini xususiylashtirish —
davlat mulki bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o‘tkazish.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin?

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
⚡️Tezkor munosabat

XALQ NAZORATI - НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali “Yerlarning talon-taroji qachon toʻxtaydi?” sarlavhasi ostida yoʻllangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, oʻrganish ishlari olib borlimoqda. Natijasi boʻyicha axborot berilishi ta’minlanadi

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qibray tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari Nurafshon TV kanali informatsion dasturlarida

#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Qibray
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonun qachon kuchga kiradi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni 2024-yilning 5-avgust kuni qabul qilingan bo‘lib, kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: O‘rta Chirchiq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich
Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30

#bizningmanzillar #Oʼrtachirchiq
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali "Ayb kadastrdami yoki auksiondami?" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Aniqlanishicha, nizoli bo‘layotgan yer maydoni (avvalgi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasi manzilidagi noturar obyekt yer maydoni) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-326-IV-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududiga o‘tkazilgan.

Avvalgi manzili Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasida joylashgan noturar joy Qibray tuman hokimining 2017-yil 1-fevraldagi qaroriga asosan “TARRAQIYOT G‘ISHT SAVDO” MCHJga tegishli bo‘lgan.

Biroq, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 27.10.2020 yildagi hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi tomonidan 16.04.2024 yilda yuqoridagi manzilda joylashgan noturar bino-inshootlar elektron-auksion savdolariga chiqarilib, elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi 14.07.2024 yilda berilgan bayonnomaga ko‘ra, fuqaro X.Aga sotilgan va fuqaro X.A nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunga kelib, ushbu obyekt 24.03.2023 yildagi oldi-sotdi shartnoma asosida fuqaro S.V nomiga rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Nizoli bo‘layotgan mazkur noturar joy obyekti yaʼni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Istiqlol MFY, Zukkolar ko‘chasi, 44-S uy manzilidagi noturar joy obyekti yer maydoni bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Yuqori Chirchiq tuman filiali tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi hamda ayni paytda mazkur nizo yuzasidan sud ishi davom etayotgani sababli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning imkoni yo‘qligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram