TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.91K photos
955 videos
10 files
7.15K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi hamda Toshkent viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas‘ullari tomonidan Toshkent tuman filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT E’LON!

Hurmatli Qibray tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 23-avgust, soat 15:00 da

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Zebuniso MFY. Zebuniso ko'chasi 4-uy, 2-Maktab binosi.

☎️ Qabulga yozilish +998 70 202 02 07

#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurtimizda 24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi

Hududlarni toza-ozoda saqlash va fayzli maskanga aylantirish, bu boradagi ishlarni hashar uyushtirib, birdamlikda amalga oshirish xalqimizga xos ezgu an’anadir. Zero, tozalik bor joyda fayzu-baraka, har bir ishda unum va rivoj bo‘ladi. Obodlik va orastalik salomatlik garovi hamdir.

Hashar «Mahalla obod – yurt obod» shiori ostida tashkil qilinadi.

Viloyatimiz kadastr tizimidagi barcha hodimlarni ommaviy hasharda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa mulk huquqi eʼtirof etiladi

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat reyestridagi yozuv qanday bekor qilinadi?

Javob:

Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

✍️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qibray tumanida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari va viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarnii aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Qibray tumani, Zebuniso MFYda joylashgan 2-maktab binosida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Qibraytumani #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliq tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
36%
namunali
18%
yaxshi
12%
qoniqarli
35%
qoniqarsiz
⚡️Mahalla obod – yurt obod

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Mahalla obod – yurt obod» shiori ostida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalarda hashar ishlari faol davom etmoqda.

Ushbu hashar doirasida boshqarma va quyi tizimdagi tuman (shahar) bo‘limlari hamda filiallar hududlarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan bu kabi anʼanaviy umumxalq xayriya hashari odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

#hashar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM