Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
10.5K subscribers
10.3K photos
3.31K videos
1 file
7.33K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot
Download Telegram
#Tashrif

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan, mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli poytaxt viloyati ahliga chuqur hurmati va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Toshkent viloyati o‘zining tabiiy va qazilma boyliklari, sanoat va transport-logistika salohiyati, barqaror energiya taʼminoti, malakali mehnat resurslari bilan ajralib turishi taʼkidlandi.

"Mavjud barcha imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, viloyatga yana-da ko‘p investitsiya olib kelish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini hal etish doimo eʼtiborimiz markazida bo‘ladi", dedi Prezident.

Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

Prezidentimiz 2021-yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

Prezident dunyoda yuzaga kelayotgan holatlar haqida gapirib o‘tdi

«Kechadan oldingi kuni siyosat boshqa edi, kecha boshqa bo‘ldi. O‘tgan kuni ikkita qo‘shni davlat rahbarlari bilan gaplashdim. Davlat rahbari bo‘lib xalqni manfaatini o‘ylab, kechasiyu-kunduzi tinim bilmay xalq uchun ishlasak yaxshi bo‘ladi. Men Jizzax viloyati hokimi bo‘lib yurganimda qo‘shni chegaralar bilan qancha muammolar bo‘ldi.

6 yil avval chegaramizda mina turardi. Agar shu minalar olinmaganda hozir tinchlik bo‘larmidi, bordi-keldi bo‘larmidi? O‘z vaqtida hal qilgan muammomiz yaxshi bo‘ldi hozir. Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlariga ham o‘rnak bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

Toshkent viloyatida oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini taʼminlash, 40 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 6,5 mingta xizmat va savdo obyektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m, kelgusi yil uchun yana 850 milliard so‘m yo‘naltirish;

- tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025 yil 1 yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich qiymatini 2 baravar kamaytirish;

- yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlarini tashkil etishni topshirdi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

Zoir Mirzayev viloyatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va rejalarini bayon qildi

Davlatimiz rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etdi.

Mutasaddilarga:

- sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashga 250 milliard so‘m ajratish;

- Angrenda kaolin xom-ashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;

- Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;

- viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

“Bekobod – Ohangaron” yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yiladi

Batafsil
👉 https://bit.ly/3r3caLi


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

Hokimlarga tog‘li hududlarda zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish bo'yicha topshiriq berildi

Batafsil
👉https://bit.ly/3SroFfl


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

“Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini taʼkidladi.

Batafsil👉 https://bit.ly/3C05oMV


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashrif

Prezident maktab qurishga yordam bergan bo‘kalik fermerga minnatdorchilik bildirib, uni yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlashini bildirdi

Batafsil
👉https://bit.ly/3Spn2iw


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |