Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
9.74K subscribers
11.2K photos
3.51K videos
1 file
7.79K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot

Murojaat bot 👉 @TV_IIBB_murojaat_bot
Download Telegram
#saylov_2021

Saylov byulletenlari kim tomonidan tasdiqlanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir
saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek, okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov byulleteni buzib qoʻyilganda yangisiga almashtiriladimi?

Ha, almashtiriladi. Buzib qoʻyilgan
saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra uchastka saylov komissiyasi tomonidan yangisiga almashtirilishi mumkin.

Buzib qoʻyilgan
saylov byulletenlari hisobga olinib, bekor qilinadi va alohida saqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov byulleteni buzib qoʻyilganda yangisiga almashtiriladimi?

Ha, almashtiriladi. Buzib qoʻyilgan
saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra uchastka saylov komissiyasi tomonidan yangisiga almashtirilishi mumkin.

Buzib qoʻyilgan
saylov byulletenlari hisobga olinib, bekor qilinadi va alohida saqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Byulletenni toʻldirishda saylovchiga boshqa shaxs yordam berishi mumkinmi?

Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli.

Taklif etilayotgan shaxs
saylov komissiyasi aʼzolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari boʻlishi mumkin emas.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov uchastkasiga kelgan saylovchi roʻyxatda boʻlmasa nima qilish kerak?

Biron-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchining ism familiyasi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.

Buning uchun komissiya saylovchining qaysi
saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilganligini yagona elektron roʻyxatidan izlab topadi va muddatidan oldin ovoz bergan yoki bermaganligini aniqlashtiradi.

Shundan soʻng saylovchiga
saylov byulleteni beriladi va ovoz berish huquqi taʼminlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov kuni ovoz berish qaysi vaqtda oʻtkaziladi?

Ovoz berish
saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Yashirin ovoz berish nimani anglatadi?

Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi.
Saylov byulletenidagi nomzodlardan qaysi birini tanlashni faqat saylovchining oʻzi hal qiladi.

Saylovchilarning qaysi nomzodga ovoz berganligini kuzatish va tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Uchastka
saylov komissiyalari saylovchilarning yashirin ovoz berish huquqini taʼminlash uchun masʼul va javobgardir.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi qanday?

Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.

Saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, javob qaytarishi shart.

Bundan
saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Qanday
saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topilib, hisobga olinmaydi?

– belgilanmagan shakldagi (hajmi, rangi, qog‘oz sifati, bosmaxona shrifti va hokazolar bo‘yicha farqlanuvchi);

– uchastka
saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari;

– saylovga qadar vafot etgan,
saylov huquqidan mahrum bo‘lgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan nomzodga yoqlab ovoz berilgan saylov byulletenlari;

– ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “√” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgilar qo‘yilmagan
saylov byulletenlari.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Qaysi hollarda saylovlar oʻtmagan deb topiladi?

Saylov, agar unda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida 8 ta moddadan iborat maxsus V1-bob mavjud boʻlib, unda saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-moddasi (
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) va 147-moddasi (Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish)da saylov qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Ommaviy axborot vositalari vakillari
saylov jarayonlarini yoritishda qanday huquqlarga ega?

Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish,
saylov kuni ovoz berish binolarida hozir boʻlish, shu jumladan, ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy
saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtkazadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovchi
saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa boʻladimi?

Saylovchining ushbu xatti-harakatlari qatʼiyan taqiqlanadi.

Saylov byulletenini ovoz berib boʻlgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir.

Hozirgi kunda barcha
saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash toʻgʻrisidagi plakatlar joylashtirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar saylovning yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda,
saylov byulletenini ovoz berib boʻlgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |