Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
9.81K subscribers
10.8K photos
3.41K videos
1 file
7.57K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot
Download Telegram
#Yashil_makon

Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi
(foto video)

“Yashil makon 2023” loyihasi doirasida Nurafshon shahrida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻining 24 gektar yer maydoniga koʻchat ekish tadbirida IIBB xodimlari ham faollik koʻrsatdilar.

Batafsil👉 https://bit.ly/3ZgIKZH


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Kitobxon

IIO xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” Respublika tanlovida viloyat IIBB xodimi birinchi oʻrinni egalladi

Ichki ishlar organlari tizimida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” Respublika tanlovida Toshkent viloyati IIBB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori, kapitan Azamat Axmatov faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

Aytish joizki, koʻrik-tanlovning respublika bosqichi 22-23-fevral kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oʻtkazilib, unda hududiy bosqichlarda gʻolib boʻlgan oʻttiz nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Yosh kitobxonlar “Badiiy asar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” turlari boʻyicha boʻyicha oʻzaro bellashdilar.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent viloyati IIBB — Biz haftada 7 kun 24 soat siz bilan birgamiz, yordamga tayyormiz!


|
Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Hujjatlarni qalbakilashtirish orqali byudjet mablagʻlarini talon taroj qilgan MCHJ rahbariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Aniqlanishicha, fuqaro L.Mirzaaxmedova rahbarlik qilgan pudratchi MCHJ tomonidan 2 ta holatda qurilish, taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hujjatlarni soxtalashtirish orqali talon taroj qilingan.

Batafsil👉 https://bit.ly/3IS4zYL


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Bugun, 4 mart – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganiga 27 yil toʻldi

Sana munosabati bilan FVV, xususan, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining fidoyi xodimlari va soha faxriylarini Toshkent viloyati IIBB shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilishdagi mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʻlsin.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Sogʻlom turmush tarzi — kunning dolzarb mavzusi!

“Men ham sizdek xodim edim, xizmatchilik deb sogʻligʻimga eʼtibor qilmadim, bugun esa 1-gurux nogironiman. Sogʻ vaqtingizda, sogʻligʻingizga eʼtiborli boʻling!”

Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot boʻlimining, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarga MUROJAATNOMASI (video).


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Onlayn

Ayni dam, Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni Nurafshon sity hududidan start oldi.

Marafonda IIBB xodimlari bilan birga, nuroniylar, sportchilar va koʻngilli yoshlardan iborat 4 mingdan ortiq ishtirokchilar koʻtarinki kayfiyat bilan ishtirok etishmoqda.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |