Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
9.63K subscribers
11.6K photos
3.6K videos
1 file
8K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot

Murojaat bot 👉 @TV_IIBB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️ 1 mart kunidan qonunchilikda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

Batafsil👉 https://bit.ly/3pq3GNZ


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍8👏2
Prezident raisligidagi videoselektor yigʻilishi boshlandi.

“Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim boʻlgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash boʻyicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz.

Sizlarga maʼlumki, koʻp ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi boʻlgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham oʻzlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qoʻshib kelganlar.

Biz oʻtmishni yodga olar ekanmiz, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz, qatorida, mana shunday buyuk insonlarni mehr bilan tarbiyalagan, ularga har bir ishda kamarbasta boʻlgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz”, — dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
“Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni eʼzozlab yashagan, xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatib yashash el-yurtimizga xos azaliy qadriyatga aylangan.

Buni muqaddas Qurʼoni karimning eng katta suralaridan biri – “Niso”, yaʼni “Ayollar” deb atalishi ham tasdiqlaydi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga daʼvat etadi.

Muqaddas hadisi shariflarda ham xotin-qizlarga doimo yaxshilik qilish buyurilgan.

Bugungi kunda muhtarama opa-singillarimiz jamiyatimizda olib borilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar jarayonida, boshqaruv tizimida, tadbirkorlik, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sanʼat sohalarida, mahallalarda qanchalik fidokorona mehnat qilib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz”.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2
Davlatimiz rahbari kirish soʻzini davom ettirdi:

“Xabaringiz bor, biz oʻz faoliyatimizning ilk kunlaridan boshlab munis va moʻtabar ayollarimizning ogʻirini yengil qilish, huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish masalasini davlat siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida belgiladik.

Barcha islohotlarimizning mazmuni, “Inson qadri uchun” tamoyilining mohiyati ham aynan shunga qaratilgan.

Hech shubhasiz, bugungi farovon hayotimiz ham, yorugʻ kelajagimiz ham albatta oila va jamiyatning ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan ayollarga bogʻliqdir.

Agar biz xalqimiz bizdan rozi boʻlishini xohlasak, avvalo, moʻtabar onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak.

Biz mana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada bir qator muhim qonunlar, farmon va qarorlar qabul qildik”.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👏2👍1
Prezident bu borada qilingan ishlar haqida bir nechta raqamlarni keltirdi. Jumladan:

- 2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion soʻm kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qizlar doimiy ish oʻrinlariga ega boʻldi;

- 2021-yilda 190 ming nafar ayollar kasb-hunarga oʻqitildi;

- 2020-yilda yoʻlga qoʻyilgan “Ayollar daftari” tizimi doirasida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik koʻmak berildi;

- 2021-yilning oʻzida 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy toʻlovining boshlangʻich badaliga mablagʻ ajratildi;

- 2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliygohlarga qabul qilindi, yana 1 ming 800 nafariga kontraktlari toʻlab berildi. Natijada 2021-yilda oliygohlarga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi
.

- 2021-yilda 1 ming 153 nafar ayolga yuqori texnologik tibbiy operatsiyalar bepul oʻtkazildi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2
“Bu borada hali koʻp ishlar qilishimiz zarur” - Prezident.

Davlatimiz rahbari sohadagi muammoli masalalarni ham sanab oʻtdi.

Xususan, “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qizlar roʻyxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz hisoblanadi.

2021-yilda ishsiz ayollar oʻrtasida jinoyatchilik 1,7 baravarga, 18-30 yoshdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 2 baravarga koʻpaygan.

Bulardan tashqari, oilada ayollarni xoʻrlash, ularga zoʻravonlik qilish va tazyiq oʻtkazish holatlari hali mavjud.

Oʻtgan 2021-yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zoʻravonlik boʻlayotgani haqida profilaktika inspektorlariga murojaat qilgan. Bu raqamlar 2020-yilga nisbatan 2,5 baravar koʻp.

“Afsuski, bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchiligimiz va nuroniylarimizning oʻrni va taʼsiri ham sezilmayapti”, dedi Prezident.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
⚡️ Prezident xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasining yangi tizimini belgilab berdi.

“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida
ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalasini eng muhim yoʻnalishlardan biri sifatida bejizga belgilamadik.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda har bir mahalla kesimida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha Farmonni imzoladim”.

Qoʻmita rahbari lavozimiga
ayollarning muammolari, dardu-tashvishi bilan yaqindan tanish boʻlgan Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Zulayho Mahkamova tayinlandi.

Yangi Qoʻmita raisi Mahkamova ayni paytda Bosh vazir oʻrinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi.

Joylarda qoʻmitaning viloyat, tuman va shahar rahbarlari esa hokim oʻrinbosari boʻladi.

Yangi qoʻmita Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmasini oʻzi boshqaradi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Respublikadagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari ham qoʻmita tizimiga oʻtkaziladi va har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday konkurs bilan tanlangan boʻlsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq konkurs asosida, tajribali, obroʻ-eʼtiborli, tadbirkor ayollar orasidan lavozimiga qoʻyiladi.

Bundan buyon:

- hokim yordamchisi kambagʻallikni qisqartirish va yangi ish oʻrinlari yaratishga;

- yoshlar yetakchisi yoshlar siyosati va yoshlar balansiga;

- xotin-qizlar boʻyicha masʼul esa, ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi ishlashga javob beradi.

Ushbu 3 ta yoʻnalish boʻyicha, ularning aniq moliyaviy mablagʻlari boʻladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
Prezidentimiz mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ham maʼlum qildi.

Xususan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Aydarovich Xudaybergenovga yuklatildi.

Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur, dedi Prezident.

Shu bois, “Nuroniy” jamgʻarmasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi.

Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi.

Mahalla raisi oʻz hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada oʻzaro hamjihatlikda ishlashni taʼminlaydi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍3
Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish vazifasini qoʻydi.

Mamlakatimizda har yili oʻrtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli boʻlgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

“Ochiq aytish kerak, ayni paytda byudjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini toʻliq toʻlab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor”, dedi Prezident.

Shu bois, 2022-yil 1-sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli toʻlab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million soʻm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi toʻlab beriladi.

Bu maqsadlar uchun, byudjetdan 2022-yilda 200 milliard soʻm, 2023-yilda esa 1,7 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2👏2
⚡️ Yigʻilishda eʼlon qilingan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yana bir qator chora-tadbirlar:

- ehtiyojmand yolgʻiz ayollar farzandlari uchun davlat bogʻchalari toʻlovlari byudjetdan qoplab beriladi;

- 27 ming nafar ayolning uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq rejalar belgilab olingan;

- 2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltiriladi;

- uy-joyga muhtoj 14 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara toʻlovlari uchun 500 ming soʻmgacha kompensatsiya beriladi;

- 2022-yilda respublika boʻyicha mingta ijtimoiy uylar sotib olinadi;

- viloyat hokimlari ushbu uylarning 700 tasini uy-joyga muhtoj yolgʻiz ayollarga ijaraga beradi, ushbu xotin-qizlar kasb-hunarga oʻrgatiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1👏1
Ayollarning salomatligini tiklash va ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha:

- qoʻshimcha 6 ming nafar ayollarga yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatiladi. Bunga 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi;

- respublika boʻyicha 10 mingdan ziyod nogironligi boʻlgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadi;

- 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan oʻtkaziladi, buning uchun byudjetdan 40 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi;

- 2022-2025-yillarda 227 ta tugʻruq kompleksi hamda 46 ta tumanlararo perinatal markazlari toʻliq taʼmirlanadi va jihozlanadi;

- 9-12 yoshdagi oʻsmir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa 12 turdagi vaksinalar uchun 200 milliard soʻm ajratiladi;

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
“Oʻqishga intilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlaymiz va ularga sharoit yaratamiz” – Prezident.

2022-2026-yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash dasturi qabul qilinadi.

Dastur doirasida poytaxtda asosan xotin-qizlarni oʻqitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida toʻqimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi.

⚡️ Yangi oʻquv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda oʻqiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

“Bu imkoniyat hali bizning tariximizda umuman boʻlmagan”
, dedi davlatimiz rahbari.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1🥰1👏1
⚡️ Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2🔥1🤩1
Maktabda oʻqiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

2022-yil 1-iyundan boshlab bu borada yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi:

- har bir viloyatdagi monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etiladi;

- ushbu markazlar ayollarni talab yuqori boʻlgan ishchi kasblarga oʻqishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi;

- markazlarda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida tajriba toʻplagan xotin-qizlar ham malaka hujjati olish imkoniyatiga ega boʻladilar;

- markazlar orqali 2022-yilda 30 ming nafar xotin-qizlarni talab yuqori boʻlgan ishchi kasblarga oʻqitib, malaka hujjati berish boʻyicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi;

- har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizlarni IT sohasida oʻqitish boʻyicha ham davlat buyurtmasi boʻladi;

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
⚡️ Bank tizimi tomonidan ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator vazifalar belgilab olindi.

“Xalq banki” tajribasi
asosida ayollarni eshitish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha “bilim platformasi” yaratiladi.

- faoliyatini boshlaganiga 6 oydan 12 oygacha boʻlgan ayol tadbirkorlarga 300 million soʻmgacha;

- 2 yilgacha ishlaganiga 1 milliard soʻmgacha;

- 2 yildan ortiq ishlaganiga 3 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi.

Agar boshqa tijorat banklari ham oʻzi jalb qilgan resurslari orqali ayollarga kredit ajratsa, 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
Davlatimiz rahbari eʼtiborni yana bir muhim va oʻta dolzarb masalaga qaratdi.

Bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment toʻlash yuklangan.

Lekin, ularning 172 ming nafari oʻz farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.

“Oqibatda aliment boʻyicha qarzdorlik 115 milliard soʻmdan oshib ketgan.

Endi aliment toʻlovlarini kafolatli taʼminlash boʻyicha
yangi tizim joriy qilinadi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Mazkur mablagʻlar uch oy ichida undirish imkoni boʻlmagan alimentlarni toʻlashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
“Oilada ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirishimiz shart” – Prezident.

Bundan buyon,
ayollarning tazyiq va zoʻravonlikdan himoyasi sud tomonidan kafolatli taʼminlanadi. Alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanadi.

- mahalla raisi Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish komissiyasiga bosh boʻladi;

- hokim yordamchilari bunday oila aʼzolarining bandligini taʼminlaydi;

- profilaktika inspektori zoʻravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini oʻzgartirish choralarini koʻradi.

Senat, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi tizim yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
Prezident ikki hafta muddatda Davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish dasturini ishlab chiqish vazifasini qoʻydi.

Misol uchun, davlat idoralarida ishlayotgan rahbar ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi.

“Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori boʻlishi hech kimga sir emas.

Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida oʻz tizimidagi ayollarni rahbarlikka oʻqitib, kamida 1 nafar oʻrinbosarini ham ayollardan qoʻyadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Soliq, moliya, bank, sugʻurta, iqtisodiyot idoralarida ayollar ulushini kamida 30 foizga yetkazish lozim.

Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar ayollarni tayyorlash boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi va har yili kamida 100 nafar ayollar oʻqitiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍5
Davlatimiz rahbari yigʻilishni yakunlar ekan, shunday dedi:

“Yurtimizda “Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi”, degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Bir narsani alohida taʼkidlab aytmoqchiman: xotin-qizlar va oila masalasi – bu kundalik ishlar orasida shunchaki nomiga shugʻullanadigan masala emas.

Bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan vazifa, kerak boʻlsa, masalalarning masalasidir.

Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli boʻlgan mehribon va moʻtabar ayollarga bitta yaxshilik qilsak, ishoninglar, bu oʻzimizga oʻnta yaxshilik boʻlib qaytadi.

Aziz opa-singillarimiz, onalarimiz bu yaxshilikning albatta qadriga yetadi, hayotdan rozi boʻlib, shukronalik bilan yashaydilar”.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👏7👍2🤩2🎉1