Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
10.5K subscribers
10.3K photos
3.31K videos
1 file
7.34K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot
Download Telegram
Piskent tumanidagi maktab internatida xayriya tadbiri oʻtkazildi

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatdagi tadbirda IIV va IIBB masʼullari ishtirok etdi.

➥ Batafsil:
https://bit.ly/3AZOsTS


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Fuqaro oʻz ixtiyori bilan ikki oʻq otar qurolni topshirdi

Eslatib oʻtamiz, qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish – BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

➥ Batafsil:
https://bit.ly/3zZ8rRe


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 20 kun qoldi!
_____________

До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 20 дней!

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Kimlarga saylovoldi tashviqotini olib borish taqiqlanadi?

– Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari;

– Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, sudyalar;

– Saylov komissiyalari aʼzolari va diniy tashkilotlar professional xizmatchilariga.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Qachon saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi?

Saylovoldi tashviqotiga saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida, yaʼni 2021-yil 23 va 24-oktyabr kunlari yoʻl qoʻyilmaydi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov natijalari prognozlarini, saylov bilan bogʻliq oʻtkazilayotgan boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish mumkinmi?

Ha, mumkin. Lekin saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini eʼlon qilish shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovchilar ro‘yxati qanday tartibda tuziladi?

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, yaʼni 2003 yil 24 oktyabr kuniga qadar va shu kuni tug‘ilgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovda ovoz berish uchun saylovchida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi shartmi?

Ha, bo‘lishi shart. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi saylov komissiyasining aʼzosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi uning saylovchilar ro‘yxatidagi maʼlumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovda "muddatidan oldin ovoz berish" tartibi qanday va u qachon oʻtkaziladi?

2021-yil 14-20-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish oʻtkaziladi.

Saylov kunida oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldi ovoz berish huquqiga ega.

Buning uchun saylovchi oʻz sababini koʻrsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
⚡️ Profilaktika (katta) inspektorlariga Maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolati berilmoqda

Fuqarolarning ortiqcha xarajat qilishi va sarson boʻlishining oldini olishga xizmat qiluvchi Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Batafsilhttps://bit.ly/3A5ZLsd


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Profilaktika

⚡️ “Tigʻ tadbirlari" davomida 2 076 ta holatda oʻtkir tigʻli jismlar olib yurish fakti aniqlanib, tegishli tartibda chora koʻrildi

Eslatib oʻtamiz, sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish – BHMning 5 baravarigacha jarima solishdan tortib, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Batafsil https://bit.ly/3mp194h


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
⚡️Hokimiyat vakiliga qarshilik, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Batafsil – https://bit.ly/2ZNfJuP


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Natijalar tanqidiy tahlil etildi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari ishtirokida “Xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari” yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Batafsilhttps://bit.ly/2Ym7V2F


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 19 kun qoldi!
____________
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 19 дней!

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov byulletenlari kim tomonidan tasdiqlanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek, okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov byulleteni buzib qoʻyilganda yangisiga almashtiriladimi?

Ha, almashtiriladi. Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra uchastka saylov komissiyasi tomonidan yangisiga almashtirilishi mumkin.

Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinib, bekor qilinadi va alohida saqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Postda_На_посту

“Davlat uchun tugʻilgan bola” — podpolkovnik Mirodil Mirsalikov

Batafsil — https://bit.ly/3msBuHV


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |