Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
10.2K subscribers
10.3K photos
3.33K videos
1 file
7.37K links
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun 👉 @PRESS_GUVD

Muloqot maydoni 👉 @IIBB_Muloqot
Download Telegram
Prezident farmoniga binoan taʼsis etilgan respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichi yakunlandi

Tanlovda ishtirokchilarning jismoniy, jangovar, psixologik tayyorgarligi hamda siyosiy va sohaviy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Batafsil
https://bit.ly/3ut6Xxn


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Тошкент вилояти ИИББ бошлиғи, полковник Тоҳир Ариповнининг ўқитувчи ва мураббийларга байрам табриги

Қадрли устоз ва мураббийлар! Аввало, сизларни, таълим соҳасининг барча жонкуяр ходимларини 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан чин қалбдан самимий муборакбод этаман.

Осудалик посбонлари бўлган ички ишлар органлари ходимларини камол топтирган, уларга таълим-тарбия берган ва ҳозирги кунда ҳам меҳнатларини аямаётган азиз устозларга ҳурмат-эҳтиромимни билдираман.

Batafsil
https://bit.ly/39Rl8mB


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Piskent tumanidagi maktab internatida xayriya tadbiri oʻtkazildi

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatdagi tadbirda IIV va IIBB masʼullari ishtirok etdi.

➥ Batafsil:
https://bit.ly/3AZOsTS


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Fuqaro oʻz ixtiyori bilan ikki oʻq otar qurolni topshirdi

Eslatib oʻtamiz, qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish – BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

➥ Batafsil:
https://bit.ly/3zZ8rRe


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 20 kun qoldi!
_____________

До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 20 дней!

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Kimlarga saylovoldi tashviqotini olib borish taqiqlanadi?

– Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari;

– Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, sudyalar;

– Saylov komissiyalari aʼzolari va diniy tashkilotlar professional xizmatchilariga.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Qachon saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi?

Saylovoldi tashviqotiga saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida, yaʼni 2021-yil 23 va 24-oktyabr kunlari yoʻl qoʻyilmaydi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylov natijalari prognozlarini, saylov bilan bogʻliq oʻtkazilayotgan boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish mumkinmi?

Ha, mumkin. Lekin saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini eʼlon qilish shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovchilar ro‘yxati qanday tartibda tuziladi?

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, yaʼni 2003 yil 24 oktyabr kuniga qadar va shu kuni tug‘ilgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#saylov_2021

Saylovda ovoz berish uchun saylovchida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi shartmi?

Ha, bo‘lishi shart. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi saylov komissiyasining aʼzosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi uning saylovchilar ro‘yxatidagi maʼlumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi.

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |