CHDPU | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
8.65K photos
1.29K videos
569 files
4.43K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Kreativ pedagog - talaba nigohida
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati
#kreativ_pedagog
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan 2024-yil 29-may kuni "Kreativ pedagog - talaba nigohida" nomli individual yondashuvga asoslangan ko‘rgazmali ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Batafsil saytda

Seminardan fotoreportaj

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU sahnasida "Hamlet" asari ingliz tilida namoyish etildi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida "Hamlet" sahna asari namoyishi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun ChDPU sahnasida universitet talabalari talqinidagi «Hamlet» spektakli namoyish etildi. Buyuk dramaturg Uilyam Shekspir asari "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-amaliy yondashuv doirasida tashkil etildi.

1 soatu 25 daqiqa davom etgan teatr tomoshasi ingliz tilida namoyish qilindi. Dunyo dramaturgiyasining shoh asarlaridan biri sifatida tan olingan pesadagi 23 dan oshiq rol 19 nafar talaba tomonidan ijro etildi. Xususan, Hamlet rolini Abbos Memetov, Ofeliya rolini Sevinch Mirzaxanova, Klavdiy rolini Janbolat Abduxaliqov, Arvoh rolini Georgiy Adayev, Gertruda rolini Gulasal Tojiquziyeva, Laert rolini Artur Massarovlar o‘ynadi. Pesani sahnalashtirishda 10 dan ortiq mutaxassis hamda Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari qatnashgan.

«Avval-boshda asar ingliz tilida qo‘yilayotganligi bugun ko‘pchilikning yodidan ham chiqib ketdi. Talabalarning aktyorlik mahorati va ingliz madaniyati mukammal o‘zlashtirganligidan mamnunman.Til bilan bog‘liq to‘siqlar hamda jug‘rofiy chegaralarga qaramay, Shekspir asari, umuman, teatr san’ati vositasida talabalarning nutq qobiliyatini mukammalligini ko‘rdim va quvondim. Universitetingizda xalqlar o‘rtasidagi samimiy va oshkora muloqotni kuchayib borayotganligini his qildim», — deydi ingliz eksperti Lyusi Fenton.

Sahna asari namoyishidan ko‘zlangan g‘oya va bosh maqsad — talabalarning til kompetensiyasi, o‘zga tillarda kreativ fikrlash salohiyati, nutq qobiliyatini rivojlantirishga qaratildi.

"Hamlet" spektakli foto lavhalaridan zavqlaning!

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi metodik seminar: munozara va mulohazalar
#kafedra_tashabbusi #CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan boshlang‘ich ta’limda pedagogik qadriyatlarni diagnostikalash maqsadida "Qadriyatdan pedagogik qadriyat sari" shiori ostida "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar uch avlod vakillari: "Yuksalish maktabi" o‘quvchilari, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida jamoada ishlash qobiliyatini hamda pedagogik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan treninglar asosida tashkil etildi.

Milliy va xorijiy metodik tajribalar uyg‘unligida tashkil tashkil etilgan seminar moderator-talabalarning qizg‘in faolligida: bahs-munozaralar, ta’limiy tortushuvlar, metodik izlanishlari namoyish etildi. Ekspert va ishtirokchi professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilgan ta’lim metodlarini nazariy jihatdan mukammal bo‘lsada, ularni amaliy qo‘llash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi xususida fikrlar bildirildi.

Pedagogik qadriyatlar boʻyicha yetakchi ekspert, professor Muhammadjon Quronov (ekspert): "Universitet tashkil etilganidan buyon yangi pedagogik innovatsiyalar, yangiliklarning guvohi boʻlganim sabab ChDPUga kelgim keladi. Tashkil etilgan seminar talabalarning oʻquvchilar bilan ishlay olishi, oʻquvchilarning ishtiyoqmand ekanligini koʻrib, universitet rahbari va jamoasi toʻgʻri strategik yoʻlni belgilab olgani va respublika boʻyicha namuna boʻlib kelayotgan pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri ekanligiga bugungi seminar jarayonlarida guvohi boʻldim".

Seminar yakunida xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash strategiyasi doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli ingliz tilida namoyish etildi.

Metodik seminar "Yuksalish maktabi"ning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
Seminardan fotoreportaj.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’limda individual xususiyatlar: talabalar tahlili
#kreativ_pedagog #CHDPU_strategiyasi

batafsil saytda

@tvchdpi2017
Metodik marafonning navbatdagi taqdimotida to‘rt yuz nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#kreativ_pedagog

Universitet rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan "talabalarning tahsil olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy faoliyatga tayyorlashni individuallashtirish orqali aqliy va amaliy faoliyatida o‘z uslublariga ega bo‘lish imkonini beradigan ta’limni tashkil etish masalasi"ni Nemis tili kafedrasi boshlab berdi.

Metodik marafonning navbatdagi taqdimotida to‘rt yuz nafardan ortiq pedagog va bo‘lajak pedagoglar ishtirok etdi.

Nemis tili kafedrasi taqdimotda kritik (tanqidiy) fikrlash, kollaboratsiya (jamoaviy ishlash), kreativlik (ijodkorlik), kommunikatsiya (muloqot ko‘nikmalari) tamoyillariga asoslanib, xorijiy tillarni o‘qitishda samarali sanalgan innovatsion, noan’anaviy metod va texnologiyalar namoyish etdi.

Unda til savodxonlikni rivojlantiruvchi metodlar, ta’lim jarayonIda moddiy-texnik taraqqiyot unsurlari, XXI asrda talab qilinayotgan muhim ko‘nikmalar, talabalarning kursiga ko‘ra qiziquvchanligi, qiziqtirish usullari, interaktiv o‘yinlar va mashqlardan iborat mavzular orqali tushuntirib berildi.

Hamkor Haydelberg pedagogika universitetidan tashrif buyurgan amaliyotchi-talabalar Germaniya oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy ta’lim metodlari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini va taqdimot yuzasidan munosabatini bildirdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
"O'rgan - o'rgat" — talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#kreativ_pedagog

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalarini qo‘llash” mavzusidagi amaliy-metodik tadbir o‘tkazildi.

Batafsil saytda


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbir va kompetentlik
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#kreativ_pedagog

Boshlang’ich ta’limda matematika va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tasavvurlarini o’stirishda ko’rgazmalilikning ahamiyati” mavzusida metodik tadbir o’tkazildi.

👉 Batafsil va FOTOlar.. .

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kreativ_pedagog
👨‍💻👩‍💻🧠«4+2» konsepsiyasi doirasida zamonaviy ta’lim усуллари

👉 Batafsil...

👨‍💻👩‍💻🧠Современные методы обучения в рамках концепции «4+2»

👉 Подробнее...

👨‍💻👩‍💻🧠Modern teaching methods within the framework of the «4+2» concept

👉 More...

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram| Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM