CHDPU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
8.73K photos
1.3K videos
569 files
4.45K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Rektor: Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni
#Rektor #talaba_manfaati

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G‘ofurjon Muhamedov universitetning «Ijtimoiy ish (fuqarolaro‘zini o‘zi boshqarish organlari)» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borib, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarning fikrlari va mulohazalari tinglandi hamda istiqbolli rejalarini hamkorlikda belgilab olish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Xususan, G‘ofurjon Muxamedov ta’limdagi o'zgarishlarini har bir mahalla his qilishi lozimligini, jamiyatda iqtidorli yoshlar va ilm-fan bilan shug‘ullanadigan bolalar ko‘paysa ma’naviyatli insonlar ko‘payishini, aynan ilmli va iqtidorlilar O‘zbekiston kelajagini yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Rektor birinchi navbatda mahallalardan iqtidorli yoshlarni topish va ularni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, mahallada istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlar bilan uzluksiz ishlash, malakali mutaxassislar bo‘lib etishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha takliflarini berdi.

«Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Siz faol islohotchi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam, o‘z bilim va malakasini doimiy oshirib borishida universitetni birinchi ko'makchingiz sifatida ko'ring. Mahalla yoshlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda, ularni ilmli bo‘lishlarida Sizlarning salohiyatingiz muhim rol o‘ynaydi», – dedi Rektor.

Talabalar samimiy va ochiq muloqot uchun universitet rektoriga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari uchun o'qituvchi kadrlarni tayyorlash masalasiga yangicha yondashuv
#Rektor #talaba_manfaati
#CHDPU_strategiyasi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitetda chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan magistrlarga ingliz tilida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu masala yuzasidan universitet rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov raisligida sertifikatga ega 1-bosqich magistrlari va ularning kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Doniyor Ahmadjonov chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga va ta’lim berish kompitentsiyasiga ega bo‘lgan magistlar haqida ma’lumot berdi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ingliz tilida o‘tiladigan darslar ro‘yhatini shakllantirish, barcha me’yoriy hujjatlarni ingliz tilida tayyorlash, xorijiy tillarni o‘zlashtirish layoqati yuqori talabalar guruhlar shakllantirish kabi masalalari muhokama qilindi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi metodik seminar: munozara va mulohazalar
#kafedra_tashabbusi #CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan boshlang‘ich ta’limda pedagogik qadriyatlarni diagnostikalash maqsadida "Qadriyatdan pedagogik qadriyat sari" shiori ostida "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar uch avlod vakillari: "Yuksalish maktabi" o‘quvchilari, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida jamoada ishlash qobiliyatini hamda pedagogik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan treninglar asosida tashkil etildi.

Milliy va xorijiy metodik tajribalar uyg‘unligida tashkil tashkil etilgan seminar moderator-talabalarning qizg‘in faolligida: bahs-munozaralar, ta’limiy tortushuvlar, metodik izlanishlari namoyish etildi. Ekspert va ishtirokchi professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilgan ta’lim metodlarini nazariy jihatdan mukammal bo‘lsada, ularni amaliy qo‘llash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi xususida fikrlar bildirildi.

Pedagogik qadriyatlar boʻyicha yetakchi ekspert, professor Muhammadjon Quronov (ekspert): "Universitet tashkil etilganidan buyon yangi pedagogik innovatsiyalar, yangiliklarning guvohi boʻlganim sabab ChDPUga kelgim keladi. Tashkil etilgan seminar talabalarning oʻquvchilar bilan ishlay olishi, oʻquvchilarning ishtiyoqmand ekanligini koʻrib, universitet rahbari va jamoasi toʻgʻri strategik yoʻlni belgilab olgani va respublika boʻyicha namuna boʻlib kelayotgan pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri ekanligiga bugungi seminar jarayonlarida guvohi boʻldim".

Seminar yakunida xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash strategiyasi doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli ingliz tilida namoyish etildi.

Metodik seminar "Yuksalish maktabi"ning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
Seminardan fotoreportaj.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqilar ishtirokidagi “Mening Universitetim” loyihasiga start berildi
#talaba_manfaati

Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov topshirig‘iga muvofiq sirtqida ta’lim olayotgan talabalar uchun “Mening Universitetim” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Sirtqida tahsil olayotgan talabalar jamoasi ham kunduzgilar kabi ChDPU imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishlari uchun universitet bo‘ylab sayyohatlar tashkil etish belgilangandi. «Ijtimoiy ish (fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari)» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar universitet faoliyati bilan tanishtirildi.

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining qisqa va uzoq muddatli strategiyasi doirasida takomillashtirilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan ta’lim ob’ektlari, talabalarning hayot sifati va ishchanlik iqlimi bilan bog‘liq mikro hududlar tanishtirildi.

“Mening Universitetim” tadbiri doirasida ishtirokchilar talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish, shu bilan birgalikda talaba klublari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qurilish otryadlari” – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
#prezident_topshirigi #ijro
#talaba_manfaati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoz oylarida “Qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universitetida amaliy ishlar davom etmoqda.

20 nafar talabalardan iborat “Qurilish otryadi” tashkil etildi. Ushbu otryad a'zolari universitetning yangi barpo etilayotgan talabalar turar joyi va o‘quv binolarida faoliyat olib bormoqdalar. Talabalar otryad a’zolari sifatida qurilish sohasida tajriba orttirib, moddiy jihatdan imkoniyatlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shiladi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM