CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.79K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
ChDPU professori Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi maxsus diplomi bilan taqdirlandi
#diplomatiya
#xizmat_safari

13-20 aprel kunlari Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova xalqaro konferentsiyada ishtirok etish va bir qator ilmiy markazlarda uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Ozarbayjonga ilmiy safar qildi.

Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi shafeligida o‘tkazilgan «Buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy umummusulmon madaniyatining namoyondasi» va «O‘zbek va Ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan Surayyo Eshonqulova ma’ruzalari xalqaro darajadagi olimlar tomonidan e’tirof etildi.

Anjuman yakunida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi raisi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fan va ta’lim sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi qo‘shgan hissasi uchun ChDPU professori Surayyo Eshonqulovani akademiyaning maxsus diplomi bilan taqdirladi.

Ilmiy safar davomida Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi “Ozarbayjon tili va adabiyoti tadqiqi” va “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnallarining tahririyati rahbariyati taklifiga binoan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova tahririyatlar rahbarlari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘llarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Professor Surayyo Eshonqulova mazkur jurnallarning tahrir hay’at a’zoligiga taklif etildi.

Navbatdagi manzil Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti bo‘ldi. Surayyo Eshonqulova xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Mahira Husenova qabulida bo‘lib, universitetatlar o‘rtasidagi hamkorlik, kelgusidagi qilinadigan ishlar haqida suhbalashdi. Ozarbayjon Turkologiya markazi bilan tanishdi, markazda bo‘lib o‘tgan turkolog olim Elchin Ibrohimovning “Turk dunyosida umumiy alifbo va muloqot tili” monografiyasining taqdimotida istirok etdi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diplomatiya
Latviya universiteti vakillari bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi

Batafsil saytda

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda
UzReportTV | Chirchiq davlat pedagogika universitetida tilshunoslikdagi muammolar muhokama qilindi


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChDPUda breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi 
#zakovat

Chirchiq davlat pedagogika universitetidagi Zakovat arenada Chirchiq davlat pedagogika universitetida ishlaydigan professor-o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi.

Jami 12 ta jamoa ishtirok etgan musobaqa yakunida birinchi o‘rinni Ma’naviyat bo‘limi, ikkinchi o‘rinni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, uchinchi o‘rinni o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari jamoalari egalladi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘yindagi barcha suratlarni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
''QVZ KUBOGI'' Parvoz jamoasiga nasib etdi
#yoshlar_tashabbusi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda universitetning 7 ta fakultet jamoalari o'zaro bellashdilar.

''QVZ KUBOGI'' ikkinchi marotaba San’atshunoslik fakultetining "Parvoz" jamoasiga nasib etdi.

To‘liq rasmlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating: 📌@tvchdpi2017
#tugʼilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations