CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.8K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
“Ma’rifat maydoni” ko’rik tanlovi g’oliblari aniqlandi

15-dekabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalari o’rtasida “Ma‘rifat maydoni” ko’rik tanlovi oʻtkazildi. Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad talabalarnig bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli yoshlarni namoyon etish, san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish va jamiyatda yoshlar o’rtasidagi turli salbiy illatlarga talaba va yoshlarning fikr va mulohazalarini bilish va sahna ko’rinishlari orqali keng jamoatchilikka namoyon etishdan iborat. Tanlov davomida talaba-yoshlar 3 ta shart bo’yicha bellashdilar. Tanlov qiziqarli sahna ko’rinishlariga boy bo’ldi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni “Hurriyat” jamoasi (Gumanitar fanlar fakulteti), 2-o’rinni “Taraqqiyot” jamoasi (Pedagogika fakulteti) va 3-o’rinni “Mehr nuri” jamoasi (Matematika va informatika fakulteti) qoʻlga kiritdi.
“Hurriyat” jamoasiga hududiy bosqichda omad tilaymiz.

Tanlovdan fotoreportaj

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #сontest
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldidan konsert bo‘lib o‘tdi

Har bir mashg‘ulot besamar ketmaganini anglash, ota-ona va do‘stlar oldida hisobot berish, omma bilan ishlay olish ko‘nikmalarini ko‘rsatish, sahnaga ilk qadam qo‘ygandagi va u yerdagi hamma projektorlar senga qaratilgandagi qo‘rquvni yengish, musiqa va uning tarixini guruhdoshlaring bilan birga his etish, o‘zingni guruhning tarkibiy qismi sifatida sezish va har bir harakatni maksimal darajada ketma-ket olib borish.
Zalning guldiros qarsaklari, fotokameralar ovozini eshitish, atrofda yugurib yurgan operatorni ko‘rish, smartfonlar kameralari markazida bo‘lish, chuqur nafas olib, o‘z kuchingga ishonchni his etish, birinchi guldastani olish(Ota-onalar tomonidan uyushtirilgan bo‘lsa ham) muvaffaqiyat jurnaliga yana bir kichik muvaffaqiyatni qo‘shib qo‘yish.
Barchasi uchun rahmat, talabalar!

Talabalarning hisobot kontsertidan fotoreportaj
Forwarded from G’ofurjon Muhamedov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentni ochdi
___

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Эмир Катара шейх Тамим бин Хамад Аль Тани открыли в Ташкенте монумент, символизирующий борьбу с коррупцией

Telegram | Instagram | Facebook
ChDPU talabalari qaysi o‘yinlar bolalar rivojlanishi uchun foydali ekanligini aniqladilar
#individual_taʼlim #Ilm_innovatsiya

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari sirtqi ta’lim va bitiruvchi talabalar bilan hamkorlikda maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish uchun raqamli va an’anaviy o‘yinlarning samaradorligini taqqosladilar.

Tadqiqot o‘yinlarning bolalarga ta’siri mexanizmlarini tahlil qilish bo‘yicha noyob tajriba bo‘lib, uning natijalari Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari amaliyotda sinovdan o‘tkazdi.

Raqamli o‘yinlar bolalarning rivojlanishi uchun haqiqatan ham samarali ekanligini aniqlash uchun 89 nafar bola ishtirokida tajriba o‘tkazildi. Ishtirokchilar uch oy davomida o‘ynagan o‘yin turiga ko‘ra guruhlarga bo‘lindi: an’anaviy syujetli-rolli o‘yin, stol o‘yinlari, raqamli o‘yinlar.

Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli o‘yinlar qisqa muddatda ijobiy ta’sir qilsada, lekin bolalarning uzoq muddatda tizimli rivojlanishiga turtki berolmadi.

Syujetli-rolli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘zini o‘zi boshqarishning barcha komponentlarini rivojlantirishga barqaror ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar bolalarning aqliy rivojlanishida sifatli o‘zgarishlarni ta’minlaydigan syujetli-rolli o‘yinlar ekanligini asoslab berdi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tadqiqot #исследований
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons: Samarali ta’lim islohotlari (+video)

Ertaga CHDPU rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor G‘OFURJON MUXAMEDOV bilan maxsus eksklyuziv intervyu taqdim etiladi.

Bizni kuzating: 📌@tvchdpi2017
#CHDPUda_nishonlaymiz
Bugun universitetimizning eng muhim shaxsi – Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Isroilovich Muxamedovning tug‘ilgan kuni!


Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston fan arbobi G‘ofurjon Muxamedovni tavallud kunlari bilan ko‘p ming sonli jamoa va bitiruvchilar nomidan tabriklaymiz.

G‘ofurjon Isroilovichni universitetning intellektual qudratini ko‘paytiruvchi va uning taraqqiyoti yo‘lidagi “energiya generatori”ga qiyoslash mumkin.
Ustoz shogirdlarini jamiyat uchun yetuk kadrlar qilib tarbiyalashda o‘rnak bo‘lish bilan birga Chirchiq shahridagi birinchi universitetni fan va ta’lim sohasida mamlakat yetakchisiga aylantirgan tashabbuslar muallifi hamdir.
G‘ofurjon Isroilovichning tajribasi, bilimi, ijodiy iste’dodi tufayli mamlakatimizning yetakchi ilmiy maktablari an’analarini davom ettiruvchi bir necha avlod olimlari, o‘qituvchilari, mutaxassislari yetishib chiqdi.

Sevimli Ustozimizga sog‘lik, farovonlik va omad tilaymiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Samarali ta’lim islohotlari (+video)

Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Islohotlar samarasi xususida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘OFURJON MUXAMEDOV bilan maxsus eksklyuziv intervyu.

🎥 https://youtu.be/JSn7UOsi7X4

Batafsil👉
https://uza.uz/posts/549912


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov bilan intervyu, bugun soat 20:40 da, UzreportTV telekanalida

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil sovg‘alari – bolajonlarga

Universitet Kasaba uyushmasi professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar farzandlari uchun Yangi yil sovg‘alarini ulashmoqda.
- Bayram sovg‘asi nafaqat farzandlarimizni, oila a’zolarimizni ham quvontirdi, - deydi Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Farrux Axrolov. – Bolalar kichkina etibordan katta baxt topa oladi. Kutilmagan sovg‘a uchun rahmat. CHDPU jamoasiga Yangi 2024-yil omad va baxtga to‘la bo‘lishini tilayman.

Bizni kuzating: 📌@tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Biz o‘qituvchilarni eksport qilamiz", dedi Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov UzReport kanaliga bergan intervyusida

🎦HD formatda ko'ring

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#oav_biz_haqimizda

Prezident stipendiyasi sovrindori, ChDPU talabasi Dildora YORBULOVAning “G‘ALABA VA BAXT CHINDAN HAM ASTOYDIL INTILGANNIKI EKAN” sarlavhali maqolasi "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2023-yil 21-dekabrdagi №265 (1054) sonida chop etildi.
👉batafsil

«Bu men uchun katta magʻlubiyat edi. Otam – dehqon, onam – uy bekasi, tabiiyki, ularning meni oʻqitish uchun imkoni yoʻqligini bilardim. “Kelasi yil oʻqiyman”, dedim qatʼiy. Biroq otam oʻqishim kerakligini, mol-holni sotib boʻlsa-da, men uchun harakat qilishini aytdi. Kelajagim yorqin boʻlishiga ishontirdi».


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini Yevropa standartiga ko’tarishda dunyoning Top-1000 reytingida yuqori o’rinda turuvchi xorijiy oliygohlar tajribalardan samarali foydalanishi an’anaga aylanib ulgurgan.
Germaniyaning Myunster universiteti va CHDPU o'rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida Nemis tili kafedrasi dotsenti Zayniddin Sanakulov va kafedra katta o‘qituvchisi Zamira Shirnazarovalarning hamkor oliygohga xizmat safari buning mantiqiy davomidir.
“Tashrif doirasida Myunster universitetida individual ta’limni sifatli tashkil etish, talabalarning mustaqil ta’lim asosida mustaqil ishlash mexanizmlarini o’rganish maqsadida hamkor universitetda darslarni kuzatish davomida bu jarayonning guvohi bo’lmoqdamiz. Nemis pedagogik ta’limida “nazariy bilimning amaliy ko’nikmaga transformatsiyalashuv – kasbiy kompetentlik garovi” shoiri sanaladi” – deyishdi universitetimiz o’qituvchilari.
Xizmat safari davomida yangi loyihalarda birgalikda ishtirok etish, o'zaro talabalar va o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish, hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017