CHDPU | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
8.67K photos
1.29K videos
569 files
4.43K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz O‘zbekiston gidlar forumida ishtirok etdi
#talaba_manfaati
#kafedralar_tashabbusi

21-23 fevral kunlari poytaxt Toshkent shahrida VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Talabalarga Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamrohlik qildilar.

Forum va davra suhbatlaridan ko‘zlangan maqsad turizm va mehmondo‘stlik sohasida ekskursiya faoliyati uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Universitetimiz talabalari gidlar ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarashlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tyutor_tashabbusi
#talaba_manfaati

Karaoke terapiyasi ko'ngilochar industriyadagi yangi tendentsiyadir. Ushbu yo'nalishning afzalliklari nimada?
Bu haqda "CHDPUsinging " karaoke-makoni asoschisi Muxiddin Misavarov aytib o'tdi.


Vokal tobora ommalashib borayotgan sevimli mashg'ulotga aylanib bormoqda: qo'shiq aytish zulmli fikrlardan, salbiy energiyadan xalos bo'lishga va uyg'unlikni topishga yordam beradi.
Shuning uchun "CHDPUsinging " karaoke-makoni va San'atshunoslik fakulteti talabalar akademiyasi yoshlar ijodiyot klubi yoshlari zamonaviy o'yin-kulgilarga yangicha qarashga qaror qilishdi.
Endi karaokeda qo'shiq aytish nafaqat dam olishning an'anaviy formati, balki musiqa yordamida o'zingizni tushunish imkoniyatidir.

Zo‘r! Qoyil!

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nurli_nuqtalar
#KreativTalaba

Bahorga sanoqli kunlar qoldi...
So‘qoq o‘rmonining turistik imkonoyatlari
!

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishi talabasi Mohinur Abralova tomonidan tayyorlangan videorolik.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tyutor_tashabbusi
#talaba_manfaati

Ertaga dam olamiz! Xotirjam nimalargadir qizlarimiz urindi. Baho bering!

Tabiiy fanlar fakulteti GIBA yo‘nalishi talaba qizlari tomonidan salatlar tayyorlanibdi.

🥇- "Sezer" salati
🥈- "Marjon" salati
🥉- "Finchuza" salati

🤗 Oson emas, lekin mazzali!

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
❄️Bugun, 26 fevral — 1878-yil fransuz filologi Littre “mikrob” atamasini fanga kiritdi

Mikroblar inson bilan million yillardan beri do‘st sanaladi.
Inson tanasida yuzlab trillion mikroblar mavjud. Bu samon yo‘lidagi yulduzlardan ko‘proq. Ularning umumiy og‘irligi inson miyasi og‘irligi bilan barobar, ya’ni 1,5 kg ni tashkil etadi.


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

👍 ❤️ 📩 #tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_vaqt
#pedagogik_diplomatiya
CHDPUga Heidelberg pedagogika universiteti talabalari tashrif buyurdi


Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Germaniyaning nufuzli universitetidan bir guruh talabalari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD) va Heidelberg pedagogika universiteti hamkorligida xorijlik talabalar uchun joriy qilingan maxsus kurs doirasida tashkil etildi.

Akademik almashinuv dasturi talabalari Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta’lim olishdan maqsadi va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashib, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Memorandum imzolandi: Bu hujjat bilan ChDPU va Indoneziyaning Pendidikan universiteti o‘rtasida pedagogik ta’lim bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi

#ayni_vaqt #prezident_topshirigi
#pedagogik_diplomatiya

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish, qo‘shma ta’lim dasturlar asosida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari istiqbolini muhokama etish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Bugun, 26-fevral kuni ChDPU delegatsiyasi QS World University of Ranking by Subject ning Top-300 talikdan o‘rin olgan Pendidikan universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. ChDPU professori Jabbor Usarov Pendidikan universiteti rasmiylari uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetida xalqaro darajada pedagog kadrlar tayyorlashda Pendidikan universiteti ishtirok etish istiqbollarini muhokama qilindi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvda hamkorlikda seminar, vebinar va ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi, pedagog xodimlarning stajirovka o‘tashi, malakasini oshirishi, magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul qilinishi, talabalar almashinuvini rivojlantirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

P.S.: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2909-sonli qarorida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleksni rivojlantirishda har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish eng muhim vazifalar sifatida qayd etilgan.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_manfaati

Buyuk Britaniyaning University of Glasgow magistranti Muxlisa Mamajonova "PhD sari qadam" loyihasi doirasida tashkil etilgan "O'zbekistonlik tengdoshim" vebinarida mehmon bo'lib, "Ilmiy faoliyatni xorijda davom ettirish: Talablar va imkoniyatlar" mavzusida suhbatlashdi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM