CHDPU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
8.74K photos
1.31K videos
569 files
4.45K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev (Avazbek_Y)
#Stipendiya

Talabalarga stipendiya toʻlashning yangi tartibi

Hukumatning yangi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevralidan boshlab, talabalarga yangi tartib asosida stipendiya taynilanadi. Unga koʻra:

👉 davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar qatʼiy belgilangan 428 000 soʻm miqdoridagi bazaviy stipendiya bilan taʼminlanadi;

👉 oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) boʻlgan davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning stipendiyasi bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilanadi;

👉 oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) boʻlgan, stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi;

Tushunishim boʻyicha 1-fevraldan boshlab stipendiyali toʻlaganlar 400 000 soʻm emas 428 000 soʻm miqdorida stipendiya oladi.

Bunda a'lo bahoga oʻqigan kontraktni stipendiyali toʻlagan talabalarga 428 000 soʻmga 20 foiz (85 600 soʻm) qoʻshilib 513 600 soʻm toʻlanadi. Stipendiyasiz kontraktni toʻlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichi a'lo boʻlgan talabalarga 85 600 soʻm toʻlanadi.

👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFNQiRIhyZx82MZudg
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev (Avazbek_Y)
Kecha 5-fevral kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanalida “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (59-son, 31.01.2020 y) deb malumot qoldirilgan edi. Mana bugun va nixoyat qarorda keltirilgan bazi asosiy tushunchalar oydinlashdi.
Hukumatning yangi qaroriga muvofiq 2020-yil 1-fevraldan boshlab talabalarga yangi tartib asosida stipendiya taynilanadi:
👉 davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar qatʼiy belgilangan 428 000 soʻm miqdoridagi bazaviy stipendiya bilan taʼminlanadi;
👉 oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) boʻlgan davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning stipendiyasi bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilanadi;
👉 oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) boʻlgan, stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi;
Tushunishim boʻyicha 1-fevraldan boshlab to’lov kontraktni stipendiyali toʻlaganlar 400 000 soʻm emas, 428 000 soʻm miqdorida stipendiya oladi. Bunda a'lo bahoga oʻqigan kontraktni stipendiyali toʻlagan talabalarga 428 000 soʻmga 20 foiz (85 600 soʻm) qoʻshilib, 513 600 soʻm toʻlanadi. To’lov kontraktni stipendiyasiz toʻlagan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi a'lo boʻlgan talabalarga 85 600 soʻm toʻlanadi.
2020-yilning 1-fevraldan budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oshirilishi Prezidentning 30-dekabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan edi.
Unga koʻra, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga toʻlanayotgan stipendiya miqdori ham oshirilishi koʻzda tutib oʻtilgan.
Oddiy matematik hisob kitob: 1-Sentyabrdan boshlab belgilangan 400 000 soʻm stipendiyaga 7 foiz qoʻshsak 428 000 soʻm kelib chiqadi. 2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan tajriba-sinov tariqasida 2019-yil 1-sentyabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar oliy taʼlim muassasalarida davlat granti va stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga (davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) stipendiyalar bazaviy miqdorda (400 ming soʻm) etib belgilanib toʻlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, tajriba-sinovi o'zini oqlagan ko'rinadi.
Yana yangi qarorda a'lo bahoga oʻqigan kontraktni stipendiyali toʻlagan talabalarga 428 000 soʻmga 20 foiz (85 600 soʻm) qo’shimcha bilan 513 600 som tolab beriladi. Oldingi tajriba-sinovida 400 000 som stipendiyaga 15 foizi (60 000 som) qo’shilib stipendiyali to’laganga 460 000 som tolab berilgan. Oldingi tajriba-sinovida kontraktini stipendiyasiz to’laganlarga 60 000 som tolanar edi. Endi yangi qarorda a’lo bahoga o’qiganlarga 5 foizlik o’zgarish, yani eski tajriba-sinovidagi 15 foiz o’rnini 20 foiz egallagan va 1-fevraldan 7 foiz oshgani bilan 64 200 som olishi kerak bo’lgan talabalar 85 600 som oladi. Bunda ham kontraktni stipendiyali to’laganlarga 513 600 soʻm tolab beriladi. Kontraktni stipendiyasiz toʻlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichi a'lo boʻlgan talabalarga 85 600 soʻm stipendiya toʻlab beriladi.
Grant asosida tahsil olayotgan talabalar a’lo va yaxshi bahollarga ozlashtirishiga qarab 428 000 somdan 513 000 somgacha stipendiya tolab beriladi.
👉@Avazbekofficial
👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFNQiRIhyZx82MZudg
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev (Avazbek_Y)
Endi fanlarni “qoniqarli” oʻzlashtirgan davlat granti asosida tahsil oladigan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. Qarorga koʻra, 2020-yil 1-fevralidan boshlab, oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan (reyting koʻrsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga navbatdagi oʻquv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi deb belgilab qo’yilgan.


👉@Avazbekofficial
👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFNQiRIhyZx82MZudg
#TVCHDPI
#CHDPI
#Tarix_va_tillar
#Milliyg‘oya_ma'naviyat_asoslari_va_huquq_ta'limi
#Tashabbus
#Uyda_bekor_õtirma_kitob_õqi_talaba

Vaqtinchalik karantin sababli yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat ta'lim muassasalari noma'lum muddatga ta'tilga chiqqanligi tufayli ijtimoiy tarmoqlar ko'pgina #chellenge lar tashkil etilmoqda.Huddi shu doirada kitoblar olamida ham #chellenge lar keskin tus olmoqda!!! Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti ham vaqtincha karantin tufayli o'z faoliyati to'xtatdi.Shu sababli biz ham bir chellengega qo'l urib ko'rsak degan niyatdaman!Ya'niki siz o'zingiz o'qigan yoki hozirgi kunda o'qiyotgan badiiy adabiyotingiz yoki ma'lum bir kitob haqida ma'lumot yozish talab etiladi.Bu o'z navbatida kitobxon uchun noma'lum bo'lgan adabiyot haqida qisqacha tanishish va shu asarni keyinchalik o'qishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi o'z o'rnida yuqori motivatsiya berishi mumkin!Qani bo'lmasam chellengeni boshladik!!!!

Sharhlar e'lon qilib boriladigan Hamkor kanal: @DINIY_VA_DUNYOVIY_MANBALAR
Guruh: @kitoblarga_sharx
#Diqqat_elon

Institut axborot xizmati tomonidan institutimiz tashkil etilgan kun munosabati bilan #Institut_va_men
#Tvchdpi_4_yosh chellenjiga start beriladi!

O‘zingiz ta’lim olgan va olayotgan maskan bilan bog‘liq xotiralar, voqealar bo‘lsa biz bilan o‘rtoqlashing!

Biz siz uchun (https://t.iss.one/tvchdpi2017) institut rasmiy kanalida minbar beramiz! Matn ostiga ism-sharifingiz yo‘nalish, guruhingizni ham yozib qo‘yishni unutmang!

Ha aytgancha, yuborgan matningizga mos, sifatli rasm ham tanlang! Siz yuborgan rasmda institut tarixi, hayoti, talabalikning oltin damlari aks etgan bo‘lishi kerak.

Shunday qilib, biz boshladik...

Institutning 4 yillik tarixiy kunida biz bilan birga boʻling.

Matnlaringizni @chdpi_murojaat, @Gulshoda_Karimova manzillariga yuboring!
​​#Institut_va_men
#TVChDPI_4_yoshda
Institutning ilk qaldirg'ochlari sifatida 4 yil davomida institutimizning rivojlanib, kengayib borishiga guvoh bo'ldik. U bizni yuksaltirish barobarida yuksalib bordi. Institutimizning pedagog kadrlari tarkibi yildan-yilga kuchli professor - o'qituvchilar bilan boyigan esada, oliygohimizning ilk tamal toshini qo'ygan Ustozlarimizning o'rni beqiyos.

Biz shu dargohni tamomlab Hayotga uchirma bo'lar ekanmiz, Ustozlarimizning ta'limi va hayotiy o'gitlari bilan birga Rektorimiz Muhammedov G'ofurjon Isroilovichning "Shirindan-shakar talabalarim" deb boshlanadigan tabrik so'zlarini, Dekanimiz Tadjibayev Ikrom Uralbayevichning "Ha, hozir quvnab yuribsanlar, sessiyada yig'laysanlar" deb hazil aralash koyishlarini))) Dekan muovini bo'lgan Qorayev Samariddin Barakayevichning "Qani senlardek yosh bo'lganimda yonib o'qinglar" deb jon kuydirishlarini, Sobirov Zarif Ahmedovichning tabassumli dakkilarini va yana ko'plab ustozlarimizdan ajoyib xotiralarni qalbimizga muhrlab ketyapmiz!!!

Hammasi uchun rahmat senga Institutim!!! Shunday insonlarga ro'baro' qilganing uchun, maqsadlarimni Oliylashtirganing uchun, bag'ringda ta'lim berganing uchun, unutilmas damlar uchun, tengi yo'q kursdoshlarim uchun, ajoyib do'stlarim uchun hamma-hammasi uchun Raaaahmaaaat 😍

Xursanoy Mo'minova,
Matematika va Informatika fakulteti MO'M 17/2 guruh bitiruvchisi


Kanalga ulanish:
👇👇👇
@tvchdpi2017
#institut_va_men
#TVCHDPI_4_YOSHDA

Bugun o'tgan 4 yillik tarixga boqib, benihoya baxtli Talaba ekanligimizni angladim!
Bizni o'z bag'riga olgan bu aziz maskan, qadrli ustozlarga yuksak sharaf ila tashakkurlar aytaman!

4 yil oldin institut tashkil etilgan bo'lsada, bugun Respublikada o'z nufuziga ega bo'lgan OTM larning birimiz!
Oson bo'lmadi albatta!!!⬆️

Olib borilayotgan samarali ishlaringiz bardavom bo'lsin!

Ilk qaldirg'ochingiz sifatida shuni aytamanki,
Bergan bilimingiz, tarbiyangiz nomini oqlab, ta'lim sifatida hamda, ilmiy salohiyatni yuksaltirishda qolaversa Yurt farovonligi uchun o'z hissamizni qo'shamiz!!!❤️

Bundanda yuksak marralar seni kutmoqda INSTITUTIM!!!!❤️

O'razaliyeva Sojida Tojiboy qizi,
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi
MAT 17/1 guruh talabasi(bitiruvchi)

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@tvchdpi2017
​​#institut_va_men
#TVCHDPI_4_YOSHDA
Biz bu dargohga kelganimizga ko'z ochib yumguncha 4 yil bo'libdi. O'tgan kunlarga nazar soladigan bo'lsak bu vaqt ichida biz o'z bilimlarimizni mustahkamladik, bir umrlik do'stlar orttirdik.
Talabalikka ilk qadam qo'ygan chog'imizda bizga hamroh bo'lgan ustozlarni unutishning hech iloji yo'q.

O'ylaymanki, biz ilk qaldirg'ochlar ham ularning yodida abadiy qolamiz.

Hech yodimdan chiqmaydi o'qish boshlanganining ilk haftasida rektorimiz: " ona qizlarim sizlarni hech kim hafa qilmayaptimi?" deb savol bergandilar. Uyimizdan uzoqda yangi muhitga moslashayotganimizda ularning bu gaplari ko'nglimni tog'day ko'targan edi...

Ustozlarning samimiyligi bizni o'qishga yanada ko'proq natijaga erishishga chorlar yangi bilimlar sari eltardi.

Fakultetlar doirasida o'tqazib boriladigan musobaqalarga tayyorgarliklar o'zgacha shijoat bilan bo'lar, g'alaba qozonsak ichimizga sig'may har darsda ustozlarga maqtanar edik.

Biz bitiruvchilarni ko'rinmas zanjir birlashtirib turar edi. Biror musobaqada bellashib mag'lub bo'lsakda kelgusi bosqichlarda "raqib"larimizga omad tilab ular uchun duoda bo'lar edik.

Pandemiya sharoiti tufayli biz o'zimizni ochilmagan jihatlarimizni namoyon qila olmay qoldik. Institut binosiga kelganda yangi talabalarni ko'rsak ularga havasimiz kelar, rostini aytish kerak ulardan ustozlar e'tibori va mexrini qizg'onardik.
Ollohga shukurkim, bizlarni shunday ajoyib dargohda ta'lim olishimizga sababchi bo'ldi. Bu o'tgan 4 yil hayotimizning eng quvonchli damlariga aylandi.

Biz bitiruvchi talabalar ustozlardan bizga bergan bilimlari uchun rozi bo'lishlarini so'raymiz. Jonajon institutim, aziz ustozlarim biz sizlarni juda sog'inamiz😍

Chimpo'latova Charos Dilshod qizi,
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti
BOT 17/1 guruh talabasi

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@tvchdpi2017
#Muallif_bilan_uchrashuv
#TVChDPI

⚡️Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida
"Qo‘rqma" asari muallifi Javlon Jovliev
hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️Uchrashuvda muallif o‘z asarining yaratilish tarixi va undagi voqelikni bayoni xususida kitobxon talabalarga ma'lumot berib o‘tdi.

🎤Asar muallifi talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

👍Ijodiy uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda, savol va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@tvchdpi2017✍️
#TVCHDPI_professor_o'qituvchilari diqqatiga!

⚡️Chirchiq Davlat Pedogogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti qoshidagi “HUMO“, (Maktabgacha ta’lim o‘quv – amaliy laboratoriyasi) bog‘chasi 25-mayda o‘z faoliyatini boshlaydi.

🔗Ro’yxatdan o’tgan (o’tmagan) bolalar hujjatlarini qabul qilish boshlandi
Qo’shimcha ma’lumot uchun
Maxfuza Abduraxmonovna +998995317227
🛣Manzil: Temiryo’lchilar ko’chasi 128а-uy
🏢Mo’ljal: Sobiq 7 kollej, Chirchiq shahar soliq boshqarmasi binosi.

➡️@tvchdpi2017