CHDPU | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
9.74K photos
1.56K videos
571 files
4.81K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#tugʼilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!

30-oktabr kuni o'z tug'ilgan kunini nishonlaydigan qadrdonlaringizga o'z tilaklaringizni izohlarda qoldiring.
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
#Rektor
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov xalqaro turnir chempioni Odilbek Qiyomov bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida universitet rektori Odilbek Qiyomovni g‘alaba bilan samimiy qutladi. Shuningdek, erishilgan g‘alabalar davomiyligini saqlash uchun mashg‘ulotlarni yanada kuchaytirish, jumladan Maktabgacha ta’lim fakulteti bazasidagi mavjud sport inshootlaridan unumli foydalanish, murabbiylar sabog‘ini hamisha yodda tutish borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Odilbek Qiyomov 2024-yil 20-oktabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahri mezbonlik qilgan BFC turnirida 57kg vaznda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖊* * *
Ijodkor talabalar tanloviga

TINCHLIGIM QADRI

She’r muallifi: Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 23/7-guruh talabasi Nasimova Ruxshona Tuymurod qizi


👍 ❤️ 📩  @tvchdpi2017 #tanlov #конкурс #competition
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugʼilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!

31-oktabr kuni o'z tug'ilgan kunini nishonlaydigan qadrdonlaringizga o'z tilaklaringizni izohlarda qoldiring.
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Indoneziyalik professor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi

Bugun, 31-oktabr kuni Pendidikan universiteti (Indoneziya) professori janob J.Julia Pedagogika fakultetiga tashrif buyurdi.

Taniqli olimni Pedagogika fakulteti dekani Jabbor Usarov va fakultet tasarrufidagi kafedra mudirlari kutib oldi va kafedralar faoliyati bilan tanishtirdi.

Muloqot chog‘ida Pedagogika fakulteti va Indoneziya universitetlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, xususan, Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yangi metodlarda amalga oshrish, kafedralar ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni keng doirada fikrlashini shakllantirish uchun ma’ruzalar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va ta’limni integratsiyalashtirish, bu orqali har ikkala tomon manfaatlarini xalqaro formatlarda rivojlantirishdan iborat.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Turizm sohasi vakillari va olimlar nimalarni muhokama qildi?

Toshkent viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Babajanov raisligida turizm muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida turizm salohiyatini jadal rivojlantirish, turizmning innovatsion shakllarini joriy etishda tadbirkorlar va olimlarning o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Yig‘ilishda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti dekani Furqat Rajabov ishtirok etdi va fikr bildirdi. Universitet olimi quyidagilarga to‘xtaldi:

1. Turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan 2023-yil 29-mart kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Toshkent viloyatining Piskent tumanining turistik salohiyatini oshirish asosiy vazifa etib belgilanligi va borada amalga oshirilgan ishlar hisoboti;

2. Sohada mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami.

3.Turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli treninglar, malaka oshirish kurslari va mahorat darslari tashkil etish yuzasidan takliflar;

4. Turizm va mehmondo‘stlik sohasida dual ta’limni keng tadbiq etish;

5. Turizm va mehmondo‘stlik sohasida tahsil olayotgan talabalar hamda mutaxassislar o‘rtasida “Innovatsion startap” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilish zarurligi;

6. Toshkent viloyati hududidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida barqaror turizmga oid “Eng qiziqarli videoroliklar” tanlovi e’lon qilinishi asosida sohaga qiziqishiga, yangi g‘oyalarni o‘rtaga tashlashiga, shu asosda soha taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlarni ilgari surdi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutassadi tashkilot rahbarlari va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari ham eshitildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#tugʼilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!

2-noyabr kuni o'z tug'ilgan kunini nishonlaydigan qadrdonlaringizga o'z tilaklaringizni izohlarda qoldiring.
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations