CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.79K photos
1.31K videos
569 files
4.46K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan forum o‘tkazildi
#talaba_manfaati

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarinig narkotik vositalari va psixotrop moddalarning ta’siriga tushib qolishni oldini olish maqsadida “Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi. Yoshlar forumining ochilishida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov giyohvandlikning inson ma’naviyati va sog‘lig‘iga zarari to‘g‘risida fikr bildirdi.

Forum doirasida tashkil etilgan o'quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, shu markaz bo‘limi boshlig‘i Shuxrat G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi Zafar Abduxaliqov va Toshkent viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri vrach-narkologi Sanjar Rajabov, universitetda yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan xodimlar va talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://cspu.uz/yangilik/giyohvandlikka-qarshi-immunitetni-shakllantirishga-qaratilgan-forum-otkazildi

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#chumoli_media #kadr
#talabalar_nigohi

Xayrli kun! 💙

Men oddiy talabaman: Universitet bog‘idagi olmaxonni yana uchratib qoldim → birinchi paraga jo‘nadim🐿🌰

Yodingizdami universitet bog‘ida olmaxon paydo bo‘lganligi haqida xabar bergandik...


Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Hilmi: talabani ta’lim markazida bo‘lishi quvontiradi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi

Universitet rivojlanishining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida xalqaro darajadagi o‘qituvchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Mazkur ishni sifatli amalga oshirish maqsadida universitet kafedralari xorijiy ekspertlar, olimlar, amaliyotchilarni jalb qilgan holda, mutaxassislik fanlari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida dars jarayonlari tashkil etish yuzasidan treninglar o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha, Lingvistika va ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan Malayziyaning Sultan Idris pedagogika universiteti professori Muhammad Hilmi Che Ahamad ishtirokida "Zamonaviy chet tilini o‘qitish uslublari" nomli ma’ruza tashkillashtirildi.

Ma’ruzada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini mutlaqo zamonaviy omilsiz tashkil etib bo‘lmasligini misollarda tushuntirib berildi. Shu sababli xorijdagi samarali metodikalarni o‘rganish va shu asosda o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatini milliy qadriyatlarga tayangan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan fikr almashildi.

«Zamonaviy ta’lim talabani markazga o‘rnatdi. Individual ta’lim zamonaviy talabaning tasavvurini kengaytirish, kreativligini oshirish, tahliliy kompetensiyasini shakllantirish, defrensial yondashuvlarini rivojlantirish, analiz va sintez qilish malakasini qaror toptirish, manfaatlarini farqlash, vaqtdan oqilona foydalanish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish kabi sifatalarini shakllantiradi», – dedi xorijlik ekspert.


👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU stipendiyasiga nomzod talabalar diqqatiga!

📌 Quyidagi amallarni bajaring:

1-qadam. Play market dasturidan "Intellect 21" ilovasini mobil qurilmangizga o'rnatib oling. Sozlamalar bo'limidan shaxsiy ma'lumotlaringizni (F.I.SH) kiritib ro'yxatdan o'ting.

2-qadam. Ushbu ilovaning "IQ testlar" bo'limidan testlarni (urinishlar soni cheklanmagan) ishlang! Eng yuqori natijani qayd etganingiz toʻgʻrisidagi sertifikatni guruh tyutoringizga yetkazing va ro'yxatga qo'shiling.

3-qadam. Ushbu ilovaning "Imtihon" bo'limidan Tarix va ingliz tili fanlaridan testlarni (1 ta urinish) ishlab chiqing (Testga kirish kodi 1111).

4-qadam. Yuqoridagi amallarni bajargan holda 25-sentabr 17:00 ga qadar guruh tyutoringizga (test natijalarini) yetkazing!

E'tiborli bo'ling! Sizga taqdim etiladigan 50 ballni qo'ldan chiqarmang!

Dasturni quyidagi havolalar orqali yuklab oling!
Android | IOS
#tayinlov
CHDPUga Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i tayinlandi


Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov buyrug‘i bilan Abdusamatov Javlonbek Qahramon o'g'li Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Javlonbek Abdusamatov 2002-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

U 2024-yilda Chirchiq davlat pedagogika universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan.

Tayinlovga qadar "Renaissance University" nodavlat oliy ta'lim muassasasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxasissi lavozimida ishlagan.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chumoli_media #talabalar_nigohi
Tabiiy fanlar fakulteti bog‘ida yetishtirilgan mevalardan talabalar bahramand bo‘ldi.
Siz ham yedingizmi? O‘zimizning mevalarni!



👍👍 @tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Mahalla TV | Chirchiq davlat pedagogika universitetida
“Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Nurafshon TV | Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov2024
🔄 Parlament — tez aytishmi?

Joriy yilning 27 oktabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovidan aholi vakillari qanchalik xabardor?

Ushbu holatni o‘rganish maqsadida Rost24 axborot-tahliliy portali so‘rovnoma o‘tkazdi.

Siz ham fikr bildiring!


👍❤️ 📩 @tvchdpi2017 #saylov #выборы #election
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov2024
Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi


Siyosiy partiyalar proportsional tizim asosida saylanadigan 75 nafardan 100 nafaragacha nomzodlarni ilgari surib, Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi.


👍❤️ 📩 @tvchdpi2017 #saylov #выборы #election
Maʼrifatga yo‘g‘rilgan to‘plam taqdimoti
#CHDPU_ijodkor #taqdimot

Kuni kecha Chirchiq davlat pedagogika universitetining muhtasham anjumanlar zalida qalbi yoniq ijodkor, Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n., hassos shoira Gulandom Togʻayevaning koʻngil xazinalarini izhori boʻlgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Ishq elining ovoziman” nomli tadbir shoiraning yaqinda chop etilgan “Ishq handasasi” nomli kitobiga bagʻishlandi.

Batafsil: https://cspu.uz/yangilik/marifatga-yogrilgan-plam-taqdimoti


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube