CHDPU | Rasmiy kanal
10.4K subscribers
10K photos
1.62K videos
584 files
4.97K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Memorandum imzolandi: Bu hujjat bilan ChDPU va Indoneziyaning Pendidikan universiteti o‘rtasida pedagogik ta’lim bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi

#ayni_vaqt #prezident_topshirigi
#pedagogik_diplomatiya

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish, qo‘shma ta’lim dasturlar asosida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari istiqbolini muhokama etish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Bugun, 26-fevral kuni ChDPU delegatsiyasi QS World University of Ranking by Subject ning Top-300 talikdan o‘rin olgan Pendidikan universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. ChDPU professori Jabbor Usarov Pendidikan universiteti rasmiylari uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetida xalqaro darajada pedagog kadrlar tayyorlashda Pendidikan universiteti ishtirok etish istiqbollarini muhokama qilindi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvda hamkorlikda seminar, vebinar va ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi, pedagog xodimlarning stajirovka o‘tashi, malakasini oshirishi, magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul qilinishi, talabalar almashinuvini rivojlantirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

P.S.: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2909-sonli qarorida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleksni rivojlantirishda har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish eng muhim vazifalar sifatida qayd etilgan.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍20👏3🤩3🔥2🎉211👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo talabalar bilan Zoom dasturi orqali jonli suhbat
#pedagogik_diplomatiya
#talaba_manfaati

Ayni vaqtda ChDPU delegatsiyasi Indoneziyaning Pendidikan universitetida bo‘lib turganligi haqida xabar bergandik. Delegatsiyamiz ChDPU yoshlari bilan TOR-300 talikdagi Pendidikan universiteti talabalar uchun muloqot maydoni yaratish, tajriba almashish maqsadida jonli suhbat tashkil etmoqda.

O'tkazilish vaqti: 27-fevral soat 9:00.

Maqsad: xorij oliygohlarida ta'lim olish niyatidagi yoshlarga to'g'ri va aniq tavsiyalar berish. Chet ellik talabalar bilan Zoom dasturi orqali jonli subbatlar, master-klasslar tashkil etish.

Universitetimiz talabalari va ilmiy tadqiqotchilarni ushbu onlayn suhbatga taklif etamiz.

Onlayn suhbatga kirish:
https://us06web.zoom.us/j/6141567836?pwd=SHAzL1kwTmcyYm1PdkdzNVNLNUZ6dz09

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9😁21👏1🤩1
Talabalar uchun xalqaro imkoniyat: Pendidikan-Chirchiq elektron platformasi ishga tushiriladi
#pedagogik_diplomatiya

Bugun, 27-fevral kuni Pendidikan universiteti (Indoneziya) olimlari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasining Zoom platformasi orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda har ikki universitet olimlarining zamonaviy ta’lim rivojida xorijiy ilmiy-ta’limiy manbalaridan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Indoneziyalik professor-o‘qituvchilar universitetimizda talaba shaxsini shakllantirish va mutaxassislik layoqatini rivojlantirishda qanday ta’lim modellariga e’tibor qaratilayotganligi bilan qiziqishdi. inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar so‘raldi.

ChDPU da Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi faoliyat olib borilayotganligi, universitetimiz rektori G‘ofurjon Muhamedov tashabbusi bilan "Bolalar sayyorasi" hududi tashkil etilayotganligi xorijlik olimlarning e’tiborini tortdi.

Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga erta jalb etilayotganligining sabablari va natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Pendidikan universiteti rasmiylari CHDPUda xalqaro toifadagi pedagoglar tayyorlash jarayonida hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Rasmiylar ChDPU talabalari uchun xalqaro grant loyihalarida ishtirok etishlari va malaka oshirish va innovatsiyaga yo‘naltirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Pendidikan-Chirchiq elektron platformasini yo‘lga qo‘yishni kelishib oldilar.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍39💯642👌21🔥1🎉1🙏1🕊1🤝1
Indoneziyada Chirchiq davlat pedagogika universitetining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
#pedagogik_diplomatiya

ChDPU Axborot xizmati mas’uli Munira Baltayeva xabar berishiga ko‘ra, Pendidikan universiteti (Indoneziya)da Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar, universitet Strategiyada belgilangan yo‘nalishlar va uni amalga oshirishdagi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Munira Baltayeva ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Pendidikan universiteti (Indoneziya) rektori, professor Dr. M. Solehuddin, departament rahbarlari, yetakchi olimlar, ilmiy markaz vakillari ishtirok etdi.

CHDPU universiteti professorlari Jabbor O‘sarov va Do‘stnazar Himmataliyev CHDPU fan va ta’lim yo‘nalishidagi joriy loyihalar va bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli rejalar haqida taqdimot qildi.

Uchrashuv davomida inson kapitalini mustahkamlash, ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy-texnik jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Yuqoridagi loyihalar, shuningdek, boshqa ta’lim va almashinuv dasturlarini amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👏21👍7🤩522🔥2😁1🤔1👌1💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#pedagogik_diplomatiya

Maxsus reportaj | Xalqaro deportament rahbari Ahmad Bukhori Muslim Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan o‘rnatilgan aloqalarning istiqboli haqida to'xtaldi.

Intervyuni ayni vaqtda Indoneziyada bo‘lib turgan Axborot xizmati mas’uli Munira Baltayeva tayyorladi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🤩4🥰211🔥1👏1😁1👌1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#pedagogik_diplomatiya

Maxsus reportaj |Indoneziyalik magistr ChDPUda ishlash istagini bildirdi.

Intervyuni ayni vaqtda Indoneziyada bo‘lib turgan Axborot xizmati mas’uli Munira Baltayeva tayyorladi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👍4🥰3🙏2😍21🎉1👌1
👇 CHDPU yoshlariga xalqaro sertifikatlar topshirildi
#talaba_manfaati
#pedagogik_diplomatiya

Internationale Sommer Schule 2024 xalqaro yozgi maktab dasturi Myunster universiteti (ERASMUS+ dasturi doirasida) tomonidan 19-23-avgust kunlari tashkil etilmoqda. Dastur "Pedagogik kompetentlik orqali yoshlarni kasbiy rivojlantirish" mavzusida o‘tkazilib, xorijiy ekspertlar va olimlarni o‘zida birlashtiradi.

Ushbu dasturga dunyoning taniqli universitetlaridan pedagogika, xorij adabiyoti, bolalar ta’limi, turizm va boshqa tegishli fanlar bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan pedagogika va bolalar ta’limiga qiziquvchi 40-50 nafar xalqaro talabalar jalb qilinadi.

Quvonarlisi, ushbu maktabda ChDPUdan tanlov asosida saralangan eng iqtidorli 14 nafar talaba ham faol ishtirok etadi.

Bugun xalqaro maktab ishtirokchilariga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. ChDPU ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍32🔥2🎉2🐳2💯211🙏1🤝1
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) vakillari Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo’lishdi
#pedagogik_diplomatiya

Mehmonlar dastlab universitet rektori professor G’ofurjon Muxamedov qabulida bo’lishdi. JDPU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’ayrat Qodirov JDPU 50 yilligi munosabati bilan chop etilgan kitoblar jamlanmasini universitetimiz rektoriga taqdim etdi.

Tajriba va fikr almashish, o’rganish maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida JDPU vakillari o’quv jarayoni, ilmiy sohada joriy etilgan yangiliklar bilan tanishishdi.

“Eko laboratoriya”haqida eshitganmisiz? CHDPUda ana shunday laboratoriya mavjud.
Maktabgacha ta’lim fakultetida tashkil etilgan bog’cha va eko laboratoriyalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👌3🔥2👏1🤝1
NamDPI talabalari ChDPUga tashrif buyurdi
#pedagogik_diplomatiya

Chirchiq davlat pedagogika universitetiga hamkorlik memorandumiga asosan talabalar akademik mobil almashinuvi dasturi doirasida Namangan davlat pedagogika institutidan talabalar keldi.

NamDPI talabalarini O‘quv ishlari bo'yicha prorektor Doniyor Ahmadjonov hamda Yoshlar akademiyasi lideri Ozoda Abdullayevalar kutib oldilar va universitetda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida tushuntirish berdilar. Ichki tartib qoidalari bilan tanishtirib o‘tdilar.

NamDPI talabalari ChDPU maqsadlari, taʼlim jarayonlari, talabalar ta’limining istiqbollari va hayotining boshqa jihatlari bilan to‘liq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

NamDPI talabalar jamoasi universitetimizda 14-19-oktabr kunlari boʻlishi ko‘zda tutilgan.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍183🔥2👏2
Osmaniye shahri hokimi CHDPU vakillari bilan uchrashdi
#pedagogik_diplomatiya

Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Samariddin Qorayev, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Saodat Gayupova Osmaniye hokimi Doktor Erdinch Yilmaz bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida "O'zbek - turk ta’limi ko'prigi" loyihasi haqida fikr yuritildi. Osmaniye shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti munosabatlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro darajadagi o‘qituvchilarni tayyorlash borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif "Osmaniye Valiliği" rasmiy twitter sahifasida e'lon qilindi.

👇 CHDPU Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥9🤔2👌2🤬1🤝1🗿1
#pedagogik_diplomatiya
IT sohasida kadrlar va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Matematika va informatika fakulteti dekani Dilfuza Maxmudova Malayziyaning Perlis universiteti olimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida IT yo‘nalishda kadrlar salohiyatining kengayishi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Dekan D.Maxmudova uchrashuv avvalida AKT sohasining iqtisodiy o‘sishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib, jumladan, universitetda IT mutaxassislarini tayyorlashga katta e’tibor qaratilayotganligini qayd etdi.
Tashrif davomida Perlis universiteti rofessori Dr. Anuar o’z oliygohi haqida to’liq ma’lumot berib, o’z tajribalarini bo’lishdi. Kelgusida xalqaro loyihalar va talabalarni o’zaro almashtirish dasturida hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida: Perlis universiteti Malaziyadagi eng yosh universitetlardan biri sanalib, QS xalqaro reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 1200 ta universiteti qatoriga kiradi.


В сфере информационных технологий обсуждены вопросы подготовки кадров и международного сотрудничества

Дилфуза Махмудова, декан факультета математики и информатики, провела важную встречу с учеными университета Перлис (Малайзия). В ходе обсуждения были затронуты вопросы расширения кадрового потенциала в сфере информационных технологий и укрепления международного сотрудничества.
В начале встречи Д. Махмудова подчеркнула роль сектора информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в экономическом росте, отметив, что университет уделяет большое внимание подготовке высококвалифицированных специалистов в области ИТ.
В ходе визита профессор университета Перлис, доктор Ануар, подробно рассказал о своем учебном заведении и поделился опытом. Было достигнуто соглашение о сотрудничестве в рамках международных проектов и программ обмена студентами.

Справка: Университет Перлис — один из самых молодых университетов Малайзии, входит в число 1200 лучших университетов мира по версии международного рейтинга QS.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram| Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥21🤩1🕊1
#pedagogik_diplomatiya
🤝 Indoneziyada CHDPU sabab O‘zbekiston madhiyasi yangragan!

Bugun, Indoneziyaning Negeri Malang Universiteti bilan Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti o‘rtasidagi hamkorlikda “Inklyuziv ta’limda STEAM” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyaning ochilish marosimida Indoneziya, O‘zbekiston, Malayziya, Filippin davlatlarining madhiyalari yangradi.

Yalpi majlisda Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri, professor Feruzaxon Qodirova #CHDPU nomidan so‘zga chiqdi. Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs magistr talabasi Safiya Mohinur Akram qizi konferensiyada tarjimon sifatida ishtirok etmoqda.

Konferensiyada “Inklyuziv ta’limda STEAM” mavzusidagi ma’ruza boshlanishida, dunyo sivilizatsiyasining asoschilarining pedagogik qarashlari keltirildi va qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “STEAM: diagnostika, korreksiya, adaptatsiya, rivojlanish” strategiyasi xalqaro darajada olib borilishi kerak bo‘lgan loyiha sifatida tanlandi.

#CHDPU professor-o‘qituvchilarining maqolalari Scopus bazasida indekslanishi ko'zda tutilgan.


🤝 В Индонезии, благодаря ЧГПУ прозвучал гимн Узбекистана!

Сегодня в Индонезии, в Университете Негери Маланг, проходит международная конференция на тему «Инклюзивное образование в STEAM», организованная в рамках сотрудничества между этим университетом и Чирчикским государственным педагогическим университетом.

На церемонии открытия прозвучали гимны Индонезии, Узбекистана, Малайзии и Филиппин.

На общем собрании с речью выступила заведующая кафедрой специальной педагогики, профессор Ферузахон Усмановна Кодирова от имени ЧДПУ. Также в конференции в качестве переводчика участвовала студентка магистратуры 2 курса по специальности «Специальная педагогика» Сафия Мохинур Акрамовна.

В начале конференции на тему «Инклюзивное образование в STEAM» были приведены педагогические взгляды основателей мировой цивилизации, что вызвало большой интерес у участников. Стратегия «STEAM: диагностика, коррекция, адаптация, развитие» была признана проектом, который должен реализовываться на международном уровне.

Кроме того, статьи профессоров и преподавателей ЧДПУ индексируются в базе данных Scopus.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3👍2💯2👌1
#ayni_vaqt
#pedagogik_diplomatiya
Talabalar akademik almashinuvi – hamkorlikning samarali usuli


Globallashuv jarayonlari jadallashayotgan hozirgi davrda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik strategik ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, talabalar akademik almashinuvi hamkorlikning muhim jihatlaridan biri sifatida qaralmoqda.

CHDPU talabalar uchun Germaniya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari kengaydi. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, germaniyalik talabalarda ham yil sayin O‘zbekistonda ta’lim olish istagi shakllanib bormoqda.

Ayni vaqtda Universitetimizda 4 nafar Germaniya fuqarolari “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maxsus pedagogika” yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.


👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍2😁2🎉1
#pedagogik_diplomatiya

CHDPU delegatsiyasi Germaniyada

Turizm fakulteti dekani Furqat Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Germaniyaning Laybnits shahrida bo'lib turibdi.

Delegatsiyasi Nemis tili tadqiqot insituti (IDS) ning bir yillik hisobot konferentsiyasida ishtirok etmoqda. Konferentsiya dasturining 11-mart kuniga belgilangan tadbirlari doirasida ishtirokchilar IDS direktori prof. Hennig Lobin, prof. Mexthild Xabermann, prof. Aneta Kloza-Kyukelhaus, prof. Agnes Yagirlarning ma’ruzalarini tinglashdi.

Konferentsiya doirasida 12-mart kuni IDS olimlari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish borasida uchrashuvi belgilangan. Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi:
🟣ChDPUda bajarilayotgan ilmiy tadqiqot mavzulari va ularning metodologik mazmunini nemis olimlari bilan muhokama qilish;
🟣 ChDPUda bajarilayotgan tadqiqotlarga nemis olimlaridan 2-ilmiy rahbarlarni tayinlash imkoniyatini muhokama qilish;
🟣 IDS va ChDPU o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
🟣ChDPUda bajarilgan tadqiqotlar himoyasi jarayonidagi IDS olimlarini rasmiy opponent (taqrizchi) sifatida belgilash imkoniyatlari;
🟣 Ilmiy maqolalarni qo‘shma nashr etish va IDSning nufuzli jurnallarida o‘zbek tadqiqotchilarning ishlarini chop etish imkoniyatlarini kengaytirish;
🟣 O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha IDS tajribasini ChDPUga tatbiq qilish doirasida ChDPU nemis tili o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif IDS va O‘zbekistondagi pedagogik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍264🔥2👏2😁1
#pedagogik_diplomatiya
ChDPU vakillari IDS rahbariyati bilan muzokaralarga kirishdi

Ayni kunlarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti olimlari xizmat safari bilan Germaniyada bo‘lib turibdi. Germaniyaning Manxaym shahrida bo‘lib turgan universitet delegatsiyasi 12-mart kuni IDS rahbariyati va olimlari bilan muzokaralar olib bordi.

Xususan, universitetning yosh olimlari, doktorantlarini IDSda stajirovka o‘tashlari, ilmiy tadqiqotlvrini olib borishda IDS olimlaridan zarur maslahatlar olish va kutubxonasidan foydalanish imkoniyatlari, IDSning SCOPUS bazasiga kiritilgan jurnallarida hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, o‘zbek tilini tadqiq etish borasida hamkorlik qilish, o‘zbek va nemis tillarini qiyosiy o‘rganish borasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kelishuvlarga erishildi. IDS olimlari o‘zbek tilining milliy korpusini yaratishda o‘zbek olimlariga yaqindan yordam berishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍62👏1
#pedagogik_diplomatiya
CHDPU va Fransiya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari

Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Fransiyaning Xalqaro ta’lim va birdamlik jamiyati asoschisi (A.S.I.E.) Alan Payen va uning vakili Emmanuel Dyufurlar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
ChDPU o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Doniyor Ahmadjonov, Fizika va kimyo fakulteti dekani Ikrom Tursunov, Ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi mudiri Murod Jo‘raev bilan olib borilgan muzokaralarda ChDPU va Fransiya oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarini yanada yaxshilash, keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Cooperation between CSPU and Higher Education Institutions in France

A delegation led by Alain Payen, the founder of the International Education and Solidarity Association (A.S.I.E.) of France, and his representative Emmanuel Dufour, visited Chirchiq State Pedagogical University.

During negotiations with Doniyor Ahmadjonov, Vice-Rector for Academic Affairs of the university, Ikrom Tursunov, Dean of the Faculty of Physics and Chemistry, and Murod Jo‘rayev, Head of the Scientific and Methodological Chemistry Department, the parties exchanged views on further strengthening relations between ChDPU and French higher education institutions, as well as establishing broad-scale cooperation.


ЧГПУ и высшие учебные заведения Франции: развитие сотрудничества

В Чирчикский государственный педагогический университет с визитом прибыла делегация во главе с основателем Французского общества международного образования и солидарности (A.S.I.E.) Аланом Пайеном и его представителем Эммануэлем Дюфурлям.

В ходе проведённых переговоров с проректором по учебной работе ЧДПУ Дониером Ахмаджоновым, деканом факультета физики и химии Икромом Турсуновым и заведующим кафедрой научной и методологической химии Муродом Жураевым обсуждались вопросы улучшения связей между ЧДПУ и высшими учебными заведениями Франции, а также установления широкомасштабного сотрудничества в различных областях.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏2🎉21💩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#pedagogik_diplomatiya

2025-yilning 2-3 aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Abu Nasr Farobiyning 1155 yilligi munosabati bilan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida o‘tkazilgan “Al-Farobiyning insoniyat tarixidagi merosi” mavzusidagi IV xalqaro forumida CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti professor- o'qituvchilari munosib ishtirok etdi.
Forum yakunida Farobiy nomli qozoq milliy universiteti va CHDPU o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍4🔥1