CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.99K photos
1.34K videos
569 files
4.52K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Mening yutuqlarim
#CHDPU_faxri

Men, Xusanov Jamoliddin Shaxobiddin oʻgʻli Gumanitar fanlar fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1-bosqich talabasiman.
“Yosh kitobxon” Respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikka ega boʻlib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdim.
Tanlovning Respublika bosqichida ham faol ishtirok etib, 10.000.000 soʻmlik pul mukofoti bilan taqdirlandim.
Erishayotgan yutuqlarim zamirida davlatimiz rahbarining ilm-fanga qaratayotgan cheksiz e'tibori va biz yoshlarga katta ishonchi mujassam.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘lining “ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi bo‘lib o'tdi.

Batafsil

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon
Universitet — ilm-fan va madaniyat o'chog'i

"Chumoli" talabalar media guruhi tengdoshlari uchun iftorlik chog‘ida baholi qudrat qisqa hikoyalar ulashib boradi.
Jamoa oliy toifali suxandon Lochinbek Xudayarovga minnatdorchilik bildiradi.

┉┅━❀🍃💐🍃❀━┅┉
Ramazon oyining 19 kunida (29-mart)

☀️ Saharlik vaqti– 04:51*
🌙 Iftorlik vaqti– 18:47*
Universitet rektori ijaradagi talabalar holidan xabar oldi
#Rektor #talaba_manfaati

Bugun, 28-mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov mas'ullar ishtirokida ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolarni o'rganish maqsadida talaba-yoshlar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida universitet rahbari ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar sharoiti bilan tanishdi, ular bilan suhbatlashdi. Talaba-qizlarning fikr-mulohazalarini tingladi. Bildirilgan takliflar bo'yicha mas'ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Rektor ijara xonadonlarini o'rganishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli ko'rsatma va tavsiyalarni berdi.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nigoh
ChDPUning asosiy yutug‘i... e’tibor va g‘amxo‘rlik, insoniy mehribonlik va jamoaning birdamligi...
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki universitet, oila va samimiy munosabatlar natijasida shaxs sifatida shakllanadi.


👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Fakultetlararo integratsiya” loyihasi start oldi
#ayol_qizlar

Bugun CHDPU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Gulnora Norqo‘ziyeva universitet ayol-qizlarining yangi loyihasiga start berdi.

Loyiha muallifi tadbirni ochib berib, loyihaning mohiyati va vazifalari, loyiha maqsadiga erishish shartlari yuzasidan fikr yuritdi.

Loyihaning bosh maqsadi – fakultetlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida hamjihatlikni, do‘stona munosabatni, bir maqsad yo‘lida birlashishni va tajriba almashishni targ‘ib etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

“Fakultetlararo integratsiya” loyihasining ilk soni mehmoni – Gumanitar fanlar va San’atshunoslik fakultetlari ayol-qizlari bo‘ldilar. Loyiha motivatsion trening harakteriga ega bo'lib, qizlar turli mavzularda suhbatlashdilar.

Talaba-qizlar o‘yin-kulgu qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

👍👍 @tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
☘️Bugun, 29-mart — 1873 yilning shu kunida Lev Tolstoy "Anna Karenina" romani ustida ish boshladi

Adabiyot kishi fikrini qo‘zg‘atishdan tashqari boshqa odamlar fikrini qabul qilishga ham undaydi. Ana shunday marvarid asarlar sirasiga kiruvchi romanlardan biri “Anna Karenina”dir.
Lev Tolstoy bu asari haqida «Anna Karenina – men o‘zim», deb aytadi. Anna timsoli orqali yozuvchi hayot-mamot, inson taqdiri, yashashdan maqsad, odamzotning ma’naviy kamoloti, a’moli kabilarga o‘zining haqqoniy va samimiy munosabatini bildiradi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM