CHDPU | Rasmiy kanal
10.6K subscribers
8.9K photos
1.32K videos
569 files
4.5K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#kun_tarixi
☘️Bugun, 5-mart — Stepler tug‘ilgan kun

Dunyoni o‘zgartirgan va insoniyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega ixtirolardan biri bu – stepler. Stepler — universal buyum sanaladi, ayniqsa talabalar uchun.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

👍 ❤️ 📩 #tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ChDPUni xalqaro investitsion loyihalardagi ishtiroki kengaymoqda
#Ilm_innovatsiya
#2030KONSEPSIYA

Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Baxodir Eshchanov qisqa muddatli xizmat safari bilan Sharja shahridagi “Materiallarni tadqiq qilish ilmiy markazi”da bo‘lib qaytdi.

Ilmiy xizmat safari davomida Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamkorligidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” dasturi doirasidagi “Optoelektron tarmoqlarda optik garmonika generatsiyasi va soliton tarqalishi jarayonlarini boshqarish” xalqaro grantida belgilangan vazifalarni amalga oshirdi.

Amerika universiteti professor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda har xil optik materiallarda ikkinchi, uchinchi va undan yuqori garmonikalarga nanozarrachalarning ta’siri o‘rganib chiqildi va optik parametrik kuchaytirgichlar tizimida sozlanishi mumkin bo‘lgan o‘rta infraqizil lazer impulslarini hosil qilish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy xulosalar qilindi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rektor va "Stipendiant va talaba yoshlar" Forumi isteʼdod vakillarini jamladi
#Yoshlar_Akademiyasi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Stipendiant va talaba yoshlar" Forumi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘qish, yangi loyiha va ta’limning ilg‘or yutuqlarini CHDPUda joriy etish kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini ilgari surdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni kuzating:
👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Stipendiant va talaba yoshlar forumi"da Prezident va nomli Davlat stipendiya sohiblari hamda ularning ilmiy rahbarlari taqdirlandi.
#Yoshlar_akademiyasi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Yoshlar akademiyasi" tashabbusi bilan o‘tkazilgan Forumi doirasida Prezident hamda nomli Davlat stipendiya sohiblari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Forumda CHDPU rektori professor G‘ofurjon Muxamedov barcha g‘oliblar, ularning ilmiy rahbarlari, qolaversa, universitet jamoasini ulkan zafarlar bilan samimiy qutladi.

Shundan so‘ng stipendiantlarga so‘z berildi va ular avvalo muvaffaqiyatga erishishda bosib o'tgan yo'llari, izlanishlari haqida so‘zlab berdilar. Har bir talaba nomli Davlat stipendianti bo‘lishni orzu qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil CHDPU 1 nafar talaba Prezident Davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba Islom Karimov, 1 nafar talaba Pahlavon Mahmud, 1 nafar talaba Bobur nomli Davlat stipendiyasi va 11 nafar talaba Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Stipendiya sohiblari va ularning ilmiy rahbarlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar forumi" doirasida istiqbolli startup loyihalar start oldi
#Yoshlar_akademiyasi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Yoshlar akademiyasi”ning birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda universitet rektori, yoshlarning ilmiy rahbarlari, iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Universitet yoshlari o‘rtasidagi ilmiy muhitni yanada barqarorlashtirish, yoshlarning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan forum talabalarning ijtimoiy loyiha va dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, intellektual salohiyat egalarini yagona maqsad yo‘lida birlashtirishda o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tadi.

Forumning dastlabki qismida universitet rasmiylari va ota-onalar ishtirokida talabalarning muammolari, taklif va istaklari bevosita muhokama qilindi. Yoshlarning maqsadlarini yuzaga chiqarishda oila va universitet hamkorligi samarasi haqida ota-onalar bilan fikrlashildi. Suhbat natijalariga ko‘ra, talabalarning startuplarini ishga tushirish asoslari o‘rganildi, malakali ekspertlar, universitet professorlari maslahatlari tinglandi.

Forumning e’tiborli yana bir jihat shuki, universitetdagi “Xalqaro darajada pedagog kadrlarni tayyorlash” strategiyasini amalga oshirishda ota-onalar o‘rni masalalari muhokama qilindi.

Forumning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli Davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezident hamda nomli Davlat stipendiyalari sohibi bo‘lish istagida bo‘lgan barcha talabalar suhbatda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Forumdan fotolavhalar

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_akademiyasi
Forum ota-onalarga maqul keldi va fikr-mulohazalar bildirishdi


Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_manfaati
#sport
Sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” bo‘lib o‘tdi


Turizm fakultetida futbol sport turi bo‘yicha “Dekan kubogi” bo‘lib o‘tdi. Musoboqada 16 jamoa jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Finalda fakultetning kechki ta’lim shakli 2-bosqich talabalaridan tashkil topgan "Arsenal" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Dekan kubogi”ga sazovor bo‘ldi.

- Bu kabi bir qator sport musoboqalarning o‘tkazilishi, ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarligimizni yanada oshirishga xizmat qiladi - deydi turnirning eng yaxshi o‘yinchisi Bobur Shonazarov. – Qolaversa, bu turnirlarning tez-tez bo‘lishiga talabalarning o‘zlari xayrihohdirlar. Bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tishi uchun Turizm fakultetida barcha sharoitlar yaratilgan. Biz esa bundan mamnunmiz.

Musoboqa so‘ngida ishtirokchilar esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlandi.

Turnirni fotolavhalarda ko'ring.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM