CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.98K photos
1.34K videos
569 files
4.52K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Kunning eng muhokamali tadbiri: tonggi badantarbiya
#talaba_manfaati
#prorektor_tashabbusi

Yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Samariddin Qorayev tashabbusi bilan erta tongdan talabalar va pedagogik jamoa birgalikda badantarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish an'anasi yo‘lga qo‘yildi.

Bugun talabalar shaharchasi faollari hamda Jismoniy madaniyat fakulteti sport murabbiylari boshchiligida universitet jamoasi "Pedagog" sport maydonida turli mashqlarni bajardilar.

Gulnoza, Gumanitar fakulteti talabasi:
"Barcha yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi".

Shahlo, Turizm fakulteti talabasi:
Agar ertalabdan telefonga uzoq vaqt tikilib turilsa, bu tashvishlanish darajasini oshiradi. Ertalab esa, aksincha, samarali ishlarga tayyorlanishning ayni vaqti. Tonggi badantarbiya - biz kutgan tadbir. Tashkilotchilarga katta rahmat".

Sarvarbek, Matematika va informatika fakulteti talabasi:
"Ertalabki sport mashg‘ulotlari faollikni oshiradi va kun davomida energiyani saqlashga yordam beradi. Bu ong va organizm jismoniy hamda psixologik vazifalarni yaxshiroq yengishini anglatadi. Charchoq kamroq kuzatiladi".

Aziza, Tabiiy fanlar fakulteti talabasi:
"30 daqiqalik tonngi balantarbiya miyani yanada tiniq va barqaror qiladi, diqqatingizni jamlaydi. Zo‘r idea".

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣


Take a wider circle and let the students of TOURISM faculty FOREIGN LANGUAGES AND LITERATURE area "Zakovat" enjoyers have fun 🎼💃🕺.

"Zakovat" Intellectual contest will be held among the students of Foreign Languages and Literature area, including 1st, 2nd, and 3rd-year students. It will be in the English language. This event is organized by the Linguistics and English Teaching Methodology Department at Chirchik State Pedagogical University. 🔥


🗓 Intellectual contest starts date:
5.03.2024
12:30


We welcome all students of Foreign Languages and Literature area to our Intellectual contest.
Participation is absolutely FREE 😁.

🏫 Location:

📍 Chirchik State Pedagogical University, Faculty of Tourism, The Information Resource Center

At least three teams can take participation from each course.

Additionally, two teams from Tourism courses that intend to participate are also welcome.

📢 For those who want to participate, contact: @Normurod03

We remind you that at the end of the Intellectual contest, the winners will be awarded by the Linguistics and English Teaching Methodology Department.


LINGUISTICS AND ENGLISH TEACHING METHODOLOGY DEPARTMENT
Kechki ta’lim talabalari Zulfiyaxonim siymosini yaratishdi
#kafedra_tashabbusi

Boshlangich ta’lim nazariyasi kafedasi tashabbusi bilan atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy bellashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Boshlang‘ich ta’lim fakultetining 1-bosqich kechki bo‘lim talabalari ishtirok etishdi.

Talaba-qizlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqidagi o‘z bilimlarini, ifodali o‘qish mahoratlarini namoyish qildilar.

Ishtirokchilar universitet rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil saytda o'qing  va foto lavhalar orqali tanishing

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
☘️Bugun, 2-mart — O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kun

Birlashgan millatlar tashkilotiga Oʻzbekiston 1992-yil 2-mart kuni, demokratik islohotlarning ilk bosqichlaridayoq teng huquqli aʼzo sifatida qabul qilingan.
BMT — dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan, jahon mamlakatlari integratsiyasida muhim oʻringa ega xalqaro tashkilot.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

👍 ❤️ 📩 #tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor #talaba_manfaati

Rektor kubogi kimga nasib etdi?!

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rektor tashabbusini talabalar faolligi bilan qo‘llab-quvvatladi
#Rektor #talaba_manfaati

“Rektor kubogi” shaxmat musobaqasi joriy o‘quv yilining eng shov-shuvli va eng ko‘p ishtirokchi qatnashgan musobaqalaridan biri bo‘ldi. Final o‘ynida universitet rasmiylarining ishtiroki ChDPUning navbatdagi muvaffaqiyatli loyihasi ekanligidan dalolat berdi.

"2023-yil sentabr oyida rektorimiz G‘ofurjon Isroilovich tashabbusi bilan talabalar va mahalla yoshlari uchun "Shaxmat akademiyasi" tashkil etildi va shaxmat xonasi ochildi. Universitet rahbariyati tashabbusini talabalar faolligi bilan qo‘llab-quvvatladi. Bu bejiz emas. Chunki aqliy va jismoniy mehnat uyg‘unlashganda insonning tafakkur tarzi ijobiy tarafga o‘zgaradi. Noodatiy, yangicha fikrlay boshlaydi", dedi shaxmat akademiyasi prezidenti Saida Abdujalolova.

Uch oy va 456 nafar talabalar ishtirokida davom etgan turnir o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning eng muhim jihati, shaxmat o‘ynash borasida talaba qizlarning yigitlardan aslo qolishmasligi kuzatildi. Ular mahoratda ham, topqirlikda ham tengqurlari orasida peshqadamligini isbotladi.

Turnirning mutloq g‘olibi Matematika va informatika fakulteti talabasi Lobar To‘ychiboyeva bo‘ldi.

"Talabalarimiz orasida shaxmat o‘ynashni favqulodda yaxshi ko‘radiganlar ko‘pligiga guvoh bo‘ldim. Ular har hafta o‘tkaziladigan musobaqalarda faol qatnashib, salohiyatini namoyish etishdi. Finaldagi raqibim Otabekka katta rahmat", dedi turnir g‘olibi Lobar To‘ychiboyeva

Turnir g‘olib va sovrindorlari ro‘yhati bilan tanishing. Foto lavhalardan zavqlaning!

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tyutorlar_tashabbusi

Ziyoda Gofurjonovna qizlarimizga pazandalik sirlarini o'rgatdi

Bizni kuzating:
@tvchdpi2017