CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
9.28K photos
1.43K videos
569 files
4.63K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#olimaQizlar
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Bu sana ChDPUning olima qizlarini ma’lum qilish imkoniaytini berdi.


Ilk talabamiz - Aynura Risqulova.

Aynura – «Bolalar sayyorasi» loyihasi muallifi. Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari uchun, shuningdek, talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni hosibl qilish uchun yaratilgan.

____

#девушкиУченые
11 февраля – Международный день женщин и девочек в науке. Звучит как повод рассказать о девушек-ученых ЧГПУ


Начнем с Айнуры Рискуловой, студентки Педогогического факультета ЧГПУ.

Айнура – автор проекта «Планета детей». Этот проект создан для родителей имеющих детей с ограниченными возможностями и так же для студентов для усвоения профессиональных навыков как лаборатория.
Этот проект организуется в учебном здание для экономия времени студентов. После усвоения в аудиторных занятие они могут сразу перейти на практические занятия. Этот проект интересует студентов девушек имеющих здоровых детей и детей с ОВЗ. Для молодых мам наш проект служит как методическая помощь родителям.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi
#mutafakkirlarimiz #kafedra_tashabbusi

Maktab menejmenti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ma’rifiy anjumanda Alisher Navoiy tomonidan amalga oshirgan saxovat ishlarini o‘rganishning dolzarbligi va uning bugungi davrimiz uchun ijtimoiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda talabalar tomonidan “Alisher va Lutfiy”, “Navoiy va Guli”, “Shoh Husayn va mutafakkir” nomli sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro etildi. Shoir ijodidan g‘azallar o‘qildi. Sahnada gavdalantirilgan har bir qahramon siymosi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib, yoshlarning bilimi va mahoratini namoyish etdi.

Ma’rifiy anjumanda Navoiyni vazir sifatidagi faoliyatida insonni tushunishni, qadrlashni, himoya etishni va savob ishlarga da’vat qilishni muqaddas vazifa deb bilganligi ilgari surildi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
❄️Bugun 12-fevral, Gitara chalayotgan talaba kuni.


Тalabalar yig‘ilib, gitara ko‘magida hirgoyi qilishlari qadrdonlik belgisi sanaladi.
Hozirgi koʻrinishdagi olti torli gitara Ispaniyada paydo boʻlgan boʻlsada, unga oʻxshash asboblar (tor, tanbur, ud, dutor, setor kabi) undan oldin Oʻrta Osiyoda tarqalgan.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
FAKULTETLAR YANGILIKLARI
#ChDPU_fakultetlari #chdpu_yangiliklari

Endilikda IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi
👉https://t.iss.one/CHDPUMIfakulteti/1309

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab tavsiyanoma orqali to‘lov shartnomasi asosida ta’lim olayotgan talabalar
bilan yig'ilish o'tkazadi
👉 https://t.iss.one/turizm_rasmiy_kanal/7167

Pedagogika fakulteti talabalarini Chimyon dam olish maskaniga olib borildi
👉https://t.iss.one/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy/791

Texnologik ta'lim yo‘nalishi talabasi Mashhura Maxmudova "ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
👉https://t.iss.one/Sport_va_ChHT/3190

Fizika va kimyo talabalari "Alisher Navoiy" filmini tomosha qilishni tavsiya qildi
👉https://t.iss.one/CHDPU_FIZIKAVAKIMYO/2891

Oʻzbekiston tarixi kafedrasi olimlari va talabalari navbatdagi arxeologik ekspeditsiyasi o'tkazdi
👉https://t.iss.one/gumanitaryoshlari/13129

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Xorijlik olim tomonidan ChDPU professor-o'qituvchilari va talabalari uchun seminar trening o’tkaziladi!

Treningni o’tkazuvchi Marfuga Absatova Abay nomidagi qozoq pedagogika universitetining professori. U ko'plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi, ilmiy loyihalar va grantlarga ega.

Siz "Ta'limdagi innovatsion jarayonlar” deb nomlangan seminar davomida ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali bilimlarni rivojlantirish, o‘rganilayotgan fanlarni mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, samaraliroq o‘qitish usullari haqida bilib olishingiz mumkin.

Seminar 12-fevral, bosh binoning 321-xonasida, soat 14:00da bo’lib o’tadi.

🔗Batafsil ma'lumot va savollar uchun @Nalayan ga murojaat qiling.
#talabaning_do'sti

Talabalar o‘zlari e’zozlagan Ustozlari haqida nimadir deyishimizni istaydilar. CHDPU talabalari istashganidek "Talabaning eng yaxshi do‘sti!" ruknini davom ettiramiz😍

Talabalar bilan har doim birgamiz va navbatdagi mehmonimiz betakror Shoira Berdiyorovna 😊

Jumayeva Shoira Berdiyorovna — O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri.
Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarida tarixiy haqiqatni anglab ulg'aydim ... dilda tug`ilgan savollarga javob bera oladigan asarlarnigina o`qir edim, deydi Shoira Berdiyorovna👌

Shoira Berdiyorovna Mahmudxo‘ja Behbudiy bilan suhbatdosh bo'lishni, Yulduz Usmonova qo'shiqlarini tinglashni va "Oltin asr" tarixiy filmini tomosha qilishni yoqtiradi


Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Forwarded from Maftuna Faxriddinovna
#Talaba_tengqurimiz
#Taniysizmi

Bir necha vaqtdan beri universitetimiz Axborot xizmatida juda ham mehnatkash talaba qiz o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zi bilan suhbatlashganimizda insonlardagi samimiylikni yoqtirishini aytadi.

Siz-chi? Siz ham MALIKAmizni taniysizmi?


@CHDPU_Iqtidor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
❄️Bugun, 13-fevral - Butunjahon radio kuni.

Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish, gohida shunchaki yoqimli qo'shiqlarni taqdim etish orqali dunyo aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. Radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 1946-yil 13-fevral – «BMT radiosi» tashkil etilgan kun munosabati bilan 2011-yil YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 13-fevral – Butunjahon radio kuni, deb e'lon qilindi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil
—-
Поздравляем преподавателей, сотрудников и студентов, отмечающих свой день рождения в Чирчикском государственном педагогическом университете!
👉подробно

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Turk olimlari: talabalar buyuk ajdodlari bilan faxrlanishini his etdim
#kafedra_tashabbusi

Mana necha asrki, Navoiyning ijodi dunyo olimlarining diqqat markazida. So‘nggi yillarda g‘arbu sharq olimlari va ular yaratgan ilmiy mahsulot bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda.

Jumladan, 7-8 fevral kunlari Turkiya Respublikasining Anqara shahridagi Boshkent universiteti professori, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro markaz boshlig‘i Abdurahmon GO‘ZAL, Anqaradagi G‘ozi universiteti Ta’lim fakulьteti professori Hamiya DURAN, Anqaradagi Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro tadqiqot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari Ali Fuod BILKAN, Anqaradagi Boshkent universiteti dotsenti Nihol KARA, Anqaradagi Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro tadqiqot markazi xodimi Ja’far ABBOS o‘g‘li, Istanbuldagi Xalqaro tadqiqotlar markazi professori Ismoil O‘ZDEMIR lar "O‘zbek adabiyotshunosligi" kafedrasiga tashrif buyurishdi.

Xalqaro toifadagi navoiyshunos olimlar talaba va magistrantlarga Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, uning adabiy merosi nafaqat o‘zbek, balki turkiy dunyo adabiyotining gultoji ekanligini ta’kidladilar. Ilmiy seminar, ma’ruza shaklida o‘tgan saboqlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
O'quvchilarning koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan sinovlar boshlandi
#kafedralar_tashabbusi
#prezident_topshirig‘i #ijro

PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida “Matematika oʻqitish metodikasi va geometriya” va “Matematika analiz va algebra” kafedralari Chirchiq shahridagi 15-IDUMga borib, xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, testlarni yechish koʻnikmasini oʻquvchilarda sinovdan oʻtkazishdi.

Yuqoridagi talablar ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017