CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
9.26K photos
1.42K videos
569 files
4.62K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#Ilm_innovatsiya
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev CHDPU olimlari va yoshlari bilan ochiq muloqot o`tkazdi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari, innovatsion g‘oya va startap loyihalar tashabbuskorlari, innovatsion loyihalar rahbarlari, tashabbuskor yoshlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda ochiq muloqot, savol-javob, dolzarb innovatsion loyihalar va startap loyihalarni shakllantirish, amalga oshirish borasidagi muammolar va ularning yechimiga qaratilgan masalalar muhokama qilindi, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
#yoshlar_tashabbusi
     Til bayrami munosabati bilan ijodkor talabalarning maxsus telegram kanali ishga tushirildi.

     Chirchiq davlat pedagogika universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan  https://t.iss.one/ChDPU_Til_dekadasi_2023 maxsus telegram kanali ishga tushdi.  

     Gumanitar fanlar fakulteti yoshlari tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus telegram kanalda talabalarning nazm, nasr, publitsistika, rangtasvir yo‘nalishlari bo‘yicha eng sara ijod namunalari e’lon qilinadi. 
Shuningdek, ushbu telegram kanalda chellenj, xeshteg, audio va videorolik tanlovlari ham e'lon qilib boriladi.

     Mazkur kanal orqali siz talabalarning ijod namunalari bilan muntazam tanishib borish imkoniga ega bo‘lasiz. 

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nishonlaymiz
Matematika va informatika fakulteti talabalari "Xalqaro qizlar kuni"ga bag‘ishlangan "noodatiy rolik" yo‘llashibdi.👍👏
Yigitlarimizga rahmat aytib, universitetimizning lobar qizlarini bayram bilan tabriklaymiz! ⭐️🌹☀️

Bizni kuzating: 👉https://t.iss.one/tvchdpi2017
#xalqaro_hamkorlik

Rektor: Yoshlari ta’lim-tarbiyasida xalqaro chegara bo‘lmaydi  

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi. Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi rahbari Veronika Maslova va delegatsiya vakillari bilan muloqot qildi.
👉 batafsil

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
#onaTilim
Til dekadasi doirasida "Zakovat" intellektual o‘yinlariga start berildi

Turnirning dastlabki bosqichida fakultetlardan saralangan 18 jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.
👉 Batafsil va FOTOlar...

Bizni kuzating: 👉https://t.iss.one/tvchdpi2017
#Individual_taʼlim
Klaus Dautel ChDPU talabasini Germaniyaga taklif qildi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti jahonning yetakchi o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish borasida bir qator maqtovga arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda.

4-oktabrdan Germaniya Federativ Respublikasi SES-Senioren Experten Service tashkiloti professori, Doktor Klaus Dautel ishtirokida ma’ruzalar tashkil etilayotganligi haqida xabar bergandik.

Bugun nemis olimi Klaus Dautel Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) mutaxassialigi magistranti Hilola Mamadiyorova bilan "Ta'limga indiviual yondashuv zamonaviy pedagogikaning asosiy yondashuvi sifatida" mavzusida binar mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Nemis olimi Klaus Dautel Hilolaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va Germaniyaga taklif qildi.

Bizni kuzating: 👉https://t.iss.one/tvchdpi2017