CHDPU | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
8.85K photos
1.32K videos
569 files
4.48K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#bitiruvchi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida “CHDPU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish jarayonlari tashkil etilmoqda


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #bitiruvchi #выпустник #alumnus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tyutor lavozimiga tanlov e’lon qiladi
#vakant

📌 Batafsil: https://teletype.in/@chdpuoffical/O9CvYIBeFhr

Bizni kuzating: 👉https://t.iss.one/tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanishing

Rajabova Irina Taxirovna
— Chirchiq davlat pedagogika universiteti devonxona mudiri

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2017-yildan beri ishlab kelmoqda.
📌 Batafsil: https://teletype.in/@chdpuoffical/L7TiZiFIIxE


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tanishing #знакомьтесь #GetAcquainted
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti so‘nggi yillarda talabalar uchun omadli hayotning debochasi bo‘lib kelmoqda. Buning bosh sababi - talabalarning o‘zi. Ular kamtarin, qat’iyatli, zehnli, izlanuvchan va ....
Ushbu yozda ham O‘zbekistonning bu mashhur ta’lim dargohini yana bir guruh bitiruvchilar cheksiz mehr bilan tark etmoqdalar.


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #bitiruvchi #выпустник #alumnus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir paytning o'zida ikkita nufuzli universitetning talabasi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Mogilev davlat universiteti (Belarus Respublika) qo'shma ta'lim dasturining 2023-2024 o‘quv yili uchun ikki diplomlik bakalavr va magistratura bosqichiga qabul davom etmoqda.

⚠️ Afzalliklar:

Siz 4 yil ichida O'zbekiston va Belarus Respublikaning yetakchi universitetlari tomonidan, bir vaqtning o'zida ikkita diplomga ega bo'lasiz!
Darslar har ikkala universitetning malakali professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladi!

📖Bakalavr ta'lim yo'nalishlari:
✔️Biologiya
✔️Boshlang‘ich ta’lim
✔️Rus tili va adabiyoti

📚Magistratura ta'lim yo'nalishlari:
✔️Psixologiya

🗂Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Diplom yoki attestat nusxasi
- Rasm 3.5x4.5 (6ta)

Ma'lumot uchun:
+ 998 97-782-00-76;
+ 998 99-484-79-46.


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
• “CHDPU bitiruvchisi – 2023” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi
Tantanali marosim 8-avgust 12:00 da Rektorat majlislar zalida o‘tkaziladi...

——————————
• Состоится церемония вручения дипломов «Выпускник ЧГПУ – 2023»
Торжественная церемония пройдет 8 августа в конференц-зале ЧГПУ...

@tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmTadqiqot

O‘zbekiston tarixi telekanali | "Toshkent viloyati ziyoratgohlari" mavzusida Chirchiq davlat pedagogika universiteti "O‘zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Jumayeva va universitet tadqiqotchisi Otabek Xayriddinov bilan suhbat

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from G’ofurjon Muhamedov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bitiruvchilariga rektor tabrigi!

Qadrli bitiruvchilar!

Sizni mamlakatimizning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri – Chirchiq davlat pedagogika universitetini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan tabriklayman!

O‘qish davomida Siz bilan birga bo‘lgan va Sizning kasbiy rivojlanishingizga, shaxsiy qobiliyatlaringiz kashf etilishiga o‘zlarining beminnat xizmatlari bilan hissa qo‘shgan o‘qituvchilarga minnatdorchiligimni bildiraman.

Ishonamanki, universitetda o‘tgan muddat Sizga aynan shu dargohni tanlab xato qilmaganingizni amalda isbotladi. Quvnoq, baxtli va ilmga chanqoqlik hamda jo‘shqin daqiqalarga boy va unutilmas uchrashuvlar quvonchiga to‘la talabalik davri har biringizning qalbingizda bir umr saqlanib qolishini istayman.

Bilim olishdan, izlanishdan va insoniy kamolotdan bir zum ham to‘xtamang. O‘z sohangizda yangilik va innovatsiyalar yaratishdan cho‘chimang. Sizlarga ta’lim va tarbiya bergan ustozlaringizni, ularning saboqlarini va yoshlikning oltin davrini Siz bilan birga o‘tkazgan kursdoshlaringizni doimo yodda saqlang, ular bilan muloqotni kanda qilmang.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanadi! Universitetingiz bag‘ri bundan keyin ham Siz uchun doimo ochiq bo‘lishini unutmang.
Mustaqil, shuningdek, yangi umid va buyuk maqsadlarga boy hayotingizda omad, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!

Hurmat bilan, ChDPU rektori G‘ofurjon Muxamedov

Telegram | Instagram | Facebook
#tezkor

“CHDPU bitiruvchisi – 2023” diplom topshirish marosimi 8-avgust 12:00 dan 14:00 ga ko'chirilganligini ma'lum qiladi.

@tvchdpi2017
“CHDPU bitiruvchisi – 2023” diplom topshirish marosimi o‘tkazildi
#bitiruvchi

👉
foto lavhalarda

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #bitiruvchi #выпустник #alumnus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi kampus — yangi imkoniyat
#bunyodkorlik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov universitet hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Dastavval, universitet rahbari bosh kampusda qurilishi boshlangan o‘quv bino asosini borib ko‘rdi. Muhandislar fikri tinglandi. Kampus qurilishidagi zamonaviy ko‘rinish va puxta o‘ylangan arxitektura muhimligi e’tirof etildi.

Keyingi qurilish ob’ekti 700 o‘rinli talabalar turar joyi bo‘ldi. "Chirchiq davlat pedagogika universitetida go‘zal tabiat manzarali yoshlar shaharchasi qurishni yakuniga yetkazishimiz zarur. Chunki, universitetda talabalari soni 22 000 nafarga etdi. Yangi o‘quv yilida turar joyga ehtiyojmand talabalar soni oshishi tabiiy", — dedi rektor .

Talabalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va ularning amaliy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bunyod etilayotgan "Kreativ bog‘"da o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqildi.

@tvchdpi2017
#tanishing
Mahmudov Baxtiyor Hasanboyevich
— Chirchiq davlat pedagogika universiteti xodimlar bo‘limi boshlig‘i

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2022-yildan beri ishlab kelmoqda.
Batafsil: https://teletype.in/@chdpuoffical/bZdlju9cUdp


@tvchdpi2017 #tanishing #знакомьтесь #GetAcquainted
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HUMO“ +"Smart Kids" bolalar qabulini e’lon qiladi
#elon

Yillar o‘tishi bilan o‘quv maskanidan kutadiganlaringiz ham o‘zgarib boradi. Lekin Chirchiq davlat pedagogika universiteti qoshidagi “HUMO“ +"Smart Kids" bolalar bog‘chasining qadriyatlarga asoslangan manfaatli bilimi hamma davrlarga mos bo‘lib qolaveradi.

Universitet bog‘chasidagi bilim maktab uchun mustahkam poydevor yaratib beradi. O‘zbekistonda yagona sanalgan tajriba-kuzatuv va eksperiment uslublarga ega bog‘chada malakali tarbiyachilar bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim ilmi professorlari faoliyat olib boradi.

Shunday qilib, bir-biriga ta’siri kuchli bo‘lgan Universitet-bog‘cha ta’lim klasteriga asoslangan maktabgacha ta’lim muassasasiga 1-7 yoshgacha bo'lgan bolalar qabulini e’lon qiladi.

📞 Murojaat uchun: +998908202290 Marg‘uba Olimova
📍 Manzil: Temiryo’lchilar ko’chasi, 128a-uy (mo‘ljal: Soliq boshqarmasi binosi)


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #elon #oбъявление #announcement
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ChDPU talabalari uchun ko‘makchilar tanlanayapti
#tanlov

Hukumatning tegishli qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha guruh murabbiyi instituti bekor qilinib, uning o‘rniga 1−3-kurs talabalari uchun tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgandi. Qisqa muddat ichida bu amaliyot talabalar hayotiga singdi.
Tyutor — talaba uchun ko‘makchi. Tyutorlar talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi va ularga mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam beradi.

Ayni vaqtda, CHDPUda tyutorlik lavozimiga xujjat topshirgan 149 nafar nomzodlarni saralash jarayoni ketmoqda. Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Baxodir Xusanov yetakchiligidagi ishchi guruh nomzodlar bilan suhbatlashib, munosiblari tavsiya qilinmoqda.

Eslatma: ChDPUda rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chirchiq davlat pedagogika universitetida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda tyutorlar asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, maqsad va vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Nizomga ko‘ra, tyutorlarning asosiy maqsadi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Qadrli talaba Siz kimning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardingiz? Izohlarda fikrlaringizni kutamiz!

@tvchdpi2017