ChDPU professor-o‘qituvchilari viloyat maktab bitiruvchilarini sinovdan o‘tkazdi
3-6 aprel kunlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kimyo, biologiya, fizika fan olimpiadalarida qatnashdi.
Mazkur fan bellashuvida viloyatning barcha tuman va shaharlarida joylashgan 886 ta umumta’lim maktablarining 3 ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.
Olimpiadaning maqsadi - yoshlar orasida fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlarni aniqlash, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ko‘p bosqichli olimpiadaning tuman bosqichi bugun o‘z yakuniga yetdi.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

#Referendum_kundaligi
Maktabgacha ta’lim fakulteti yoshlaridan kreativ yondashuv
Chirchiq davlat pedagogika universiteti faollari va tajribali targ‘ibotchilar ishtirokida yoshlarning huquqiy savodxonligi, referendum borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Men befarq emasman” shiori ostida seminarlar, huquqiy targ‘ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Maktabgacha ta'lim fakulteti talaba-yoshlari aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirini tashkil etdi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda mahalla faollari, nuroniy otaxon-u onaxonlar, o‘quvchilar ham faol ishtirok etdi.
Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar, turli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
P.S.: Videorolik fakultet yoshlari tomonidan taqdim etildi.

#xalqaro_hamkorlik
ChDPU va Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati Muxtor Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetining Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti bilan hamkorligi istiqbollari xususida fikr almashildi.
👉 Batafsil va FOTOlar...

#kafedra_tashabbusi
#talimDiplomatiyasi
ChDPU yoshlari uchun Dr. Edward ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi
Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro va milliy sertifikatlarni ega bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan Texas universiteti professori Dr. Edward ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi.

Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi
O'zbekiston tarixi kafedrasi tashabbusi bilan “Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi” nomli ma’naviy –ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Temuriylar davri renessansida ta’lim tizimining tutgan ahamiyatini o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etilgan ma’rifiy anjumanda ChDPU yoshlari va Chirchiq shahrining deyarli barcha harbiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari bilan bir qatorda 15-maktab o’quvchilari ham qatnashdi.
Amir Temurning adolatga yo‘g‘rilgan fikrlari, siyosiy qarashlari, yurtga mehri, elga sadoqati va ma’rifatni ulug‘lash g‘oyalari tadbir kompozitsiyasini tashkil qildi.
Sohibqironning sarkardalik mahorati va harbiy san’ati aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.